Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)
3 KIRISH Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019 yilda Sirdaryo hamda Namangan viloyatlariga qilgan amaliy tashrifining asosiy maqsadidan biri ―Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5 ta muhim tashabbus‖iga bag`ishlangan bo`lib, ular tamonidan tuman va shahar kutubxonalariga bir necha yuz ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. ―Ma`rifat karvoni‖ tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Mazkur 5 tashabbus keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Endilikda ushbu tajribani yurtimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi. Oliy va o`rta maxsus ta`lim hamda Xalq ta`limi vazirliklariga muayyan mavzular bo`yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlar sayyor o`tkazilishini tashkil qilish topshirildi. Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda g`olib bo`lgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o`quv yurtlarining maxsus sirtqi bo`limlarida maqsadli o`qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o`smirlar sport maktablari sonini ko`paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi [1]. 2017-2021 yillarda to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, yaqin besh yilda yuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni ko`paytirish bo`yicha umumiy qiymati 2 milliard 247 million dollar bo`lgan 140 ta investisiya loyihasi amalga oshirildi. Ana shu loyihalar hayotga tadbiq etilishi natijasida mamlakatimizda to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2,2 marta ko`paydi. Keyingi besh yilda Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsuloti 1,7 barobar oshib, unda sanoat sohasining ulushi 16,7 foizga yetdi. Shuningdek, Namangan viloyatida yaqin besh yil davomida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, 4 mavjudlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jiqatdan yangilash bo`yicha umumiy qiymati 2,4 trillion so`mlik 828 ta investisiya loyihasini amalga oshirish mo`ljallanmoqda. Bundan tashqari, kelgusi besh yilda yengil sanoat, charm-poyabzal va farmasevtika tarmoqlarida 1 trillion 565 milliard so`m sarmoya o`zlashtirilib, jami 353 ta investisiya loyihasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda [2]. Ushbu darslik "Tikuv buyumlari texnologiyasi" fanidan yangi fan dastur asosida yozilgan bolib unda, kiyim ishlab chiqarishda tayyorlov-bichish texnologik jarayon bosqichlari, kiyim tikishning texnologik jarayonlari, tikuv buyumlariga ishlov berish bosqichlari, yelka kiyimlarini yig`ish bosqichlari, bel kiyimlariga ishlov berish, yengil kiyim va tikuv-trikotaj buyum detallari, uzellariga ishlov berish jarayonlari bo`yicha ma`lumotlar yoritib berilgan. Darslikni yozishda F.U.Nigmatova, M.Sh.Shomansurova, Sh.G Madjidova, M.K Rasulova, G.Q.Qulijanova, S.S.Musayev va boshqa mualliflarning adabiyotlaridan va internet sahifalaridan foydalanilgan. Mualliflar Namangan viloyatida faoliyat ko`rsatayotgan ―Ideal Textil Orzu‖ MChJ, "Istiqlol dizayn markazi", "Imron Textil Group" va boshqa tikuv va tikuv- trikotaj ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari, shuningdek ma`muriyatiga darslik bo`yicha bergan taklif-mulohazalari, amaliy yordamlari uchun o`z minnatdorchiligini bildiradi. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling