Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r


Standartlash va unifikasiyalash ko`rsatkichlari


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/104
Sana26.10.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1724908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104
Bog'liq
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)

Standartlash va unifikasiyalash ko`rsatkichlari modellarning konstruktiv 
va texnologik jihatdan bir-biri bilan bog`lanish darajasini ko`rsatadi. 


10 
Standartlashning asosiy vazifalaridan biri - barcha yechimlar sonini minimal 
oqilona yechimlarga keltirishdir. Shu bilan birga mahsulotni loyihalash muddatini 
qisqartirishda hamda ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarish uchun sarf-
harajatlarni kamaytirishda ko`rinadi. 
Unifikasiyalash ham standartlashning usullaridan biri hisoblanadi. Uning 
vazifasi mahsulotning keng miqyosda tarqalgan tur, xil va o`lcham tiplarini 
kamaytirishga qaratilgan. 
Konstruksiyaning ishlov berishga qulaylik ko`rsatkichi mahsulotni 
yaratish, ishlab chiqish va foydalanish bosqichlarida barcha mehnat, vaqt hamda 
boshqa vositalarning sarf - harajatlarini kamaytirishga qaratilgan, ya'ni ishlov 
berishga qulay bo`lgan konstruksiya shakli sodda, ishlov berishda kam mehnat 
talab qiladigan, zamonaviy texnologik jarayonlarni qo`llashga imkon beradigan va 
bichishda rejali bo`lishi kerak. 
Iqtisodiy ko`rsatkichlar iste'molchiga va ishlab chiqarishga oid talablarni 
o`zaro bog`lab, mahsulotni konstruksiyalash, ishlab chiqarishda texnologik ishlarni 
tayyorlash va ishlov berish hamda foydalanish jarayonlaridagi sarf-harajatlarni 
bildiradi [4]. 
1.2. Model yaratish va ishlab chiqarishga tayyorlash 
Model deb - keyinchalik yangi buyum yaratishda qo`llaniladigan to`liq 
andozalar komplektiga aytiladi.
Kiyim turlari doimo va uzluksiz yangilanib turadi. Har yili yеngil sanoatda 
bichig’i va fasoni xilma-xil bo’lgan yangi modеllar ishlab chiqarishga joriy 
qilinadi. Kiyimning asosiy boshlang’ich matеriali bo’lgan gazlamalar faqat 
struktura, tashqi ko’rinish va rang-baranglik jihatidangina emas, balki xususiyat va 
tola jihatidan ham to’xtovsiz o’zgarib turadi.
"ASSYST" dasturda model o`zida barcha razmerdagi detallar shakli 
haqidagi, shuningdek boshqa muhim ma'lumotlarni saqlovchi faylni ifodalaydi 
(buyum kartasi, o`lcham jadvali, material (gazlama) turlari, razmerlar jadvali va 
h.k.). Bu fayllar diskda *.gem. kengaytmasi bilan saqlanadi. 


11 
Detal. Detal- ma'lum shakl va texnik tarkibiy qismlardan tashkil topgan 
modelning bo`lagi (bir qismi) bo`lib, o`z ichiga kertimlar, tanda ipi yo`nalishi, 
simmetriya o`qi, chok haqi qiymati, detal nomi va boshqa detalga tegishli bo`lgan 
ma'lumotlarni oladi.
Detal sirti ma'lum koordinatali nuqtalar, to`qri va egri chiziqlarning o`zaro 
bog`lanishidan tashkil topgan. Detal turlari: sodda, simmetrik bo`lak, chok qiymati 
bo`yicha ishlab chiqilgan detal, qirqim bo`yicha ishlab chiqilgan detal, yordamchi 
detal. Bichiqda detallar sonini modelga muvofiq berish mumkin. 
Tanlangan tartibda detallardan foydalanishga qarab, yakuniy maxsulotni 
tuzish uchun detallar quyidagi turda bo`lishi mumkin:
1. Sodda detal- bu detal to`shamada bir marta chop etiladi va aynan ekranda 
qanday bo`lsa, shundek ko`rinishda bo`ladi. 
2. Simmetrik bo`lak- bichishdan avval simmetriya chizig`iga nisbatan 
oynasimon aks ettiriladigan detal; bu detalda simmetriya chizig`i, uning atrofida 
simmetrik bo`lak quriladgan kontur bo`lagi ko`rinishida, ko`rsatilgan detalning 
simmetriya chizig`iga kursor yo`naltirilganda, bu detal "simmetrik bo`lak" deb 
hisoblanadi, bordiyu simmetriya chizig`i o`chirib yuborilsa, detal "oddiy, sodda, 
murakkab bo`lmagan" detalga aylanadai. 
3."S" ga karrali -detal to`shamada bir necha marta, takror- takror uchraydi, 
usiz ham detal dublikati oynasimon aks ettiriladi. 
4. Simmetrik "Fy", "Fx", "Fxy" - detal to`shamada bir necha marta, takror- 
takror uchraydi va asl nusxaning oynasimon aksidir. Aks ettirishni X, Y o`qlari 
bo`yicha yoki har ikkala o`q bo`yicha ham bajarish mumkin. 
5. Chok chizig`i bo`ylab ishlab chiqilgan detal- detalning tashqi qirqimi 
o`zidan chok haqi qiymatini ifodalaydi; bu detalga bichishdan oldin dastur 
avtomatik ravishda chok haqi qiymatii qo`shib ketadi. 
6. Qirqim chizig`i bo`ylab ishlab chiqilgan detal- detalning tashqi qirqimi 
o`zidan qirqim chizig`ini ifodalaydi; chok haqi qiymati talab etilmaydi; umuman, 
barcha raqamlangan detallar "qirqim chizig`i bo`ylab ishlab chiqilgan detal" 
ko`rinishiga ega. 


12 
7. Yordamchi detal - bu detal faqatgina loyihalash jarayonida qo`llaniladi. 
Detal ko`rinishini "Detali" rejimida o`rnatish mumkin. 
Nuqtalar. Detal sirtqi ko`rinishi ko`p miqdordagi to`g`ri va egri chiziqlarni 
o`zaro bog`lagan nuqtalardan iborat. Nuqtalar burchak hosil qiluvchi yoki 
chiziqlarda joylashgan bo`lishi mumkin. Har bir nuqta bazaviy nuqtaga nisbatan 
ikkita vertikal va gorizontal koordinata bilan aniqlanadi.
Detal sirtidagi istalgan nuqtani, uni sirtini o`zgartirmasdan surish mumkin 
bo`lgan nuqta bazaviy nuqta bo`lishi mumkin. Detal shaklini o`zgartirish nuqtalar 
turi va holatini o`zgartirish, ba'zi nuqtalarni qo`shish va olib tashlash orqali, 
shuningdek egri chiziqlar shaklini o`zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bu 
operasiyalarni "Redaktirovanie formi" rejimida amalga oshirish mumkin. 
Kiyimni ishlab chiqarish bir nеchta bosqichlarda amalga oshiriladi: 
1. Modеl yaratish va konstruksiyasini tuzish. Bu bosqich tikuv korxonasining 
tajriba sehida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish korxonasining tajriba sehda 
tanlangan model eskizini dastur yordamida o`lcham kattaliklari asosida 
kompyuterda konstruksiyasini ishlab chiqariladi, model konstruksiyasi yordamida 
tanlangan model eskizini modellashtirish ishlari amalga oshiriladi. Tanlangan 
model eskizini namunasini tayyorlash uchun tajriba sehda 2D dasturi asosida 
model namunasini ishlab chiqiladi. 
2. Gazlamalarni bichishga tayyorlash. Tayyorlov sehida amalga oshiriladi. 
Tayyorloy sehda gazlaalarni quyidagi ishlar bajariladi; 
-gazlamani qabul qilish, o`rovini ochish, vaqtinch saqlash; 
- gazlama sifatini tekshirish, gazlama uzunligi va enini o`lchash, sifatini 
tekshirilgan gazlamani saqlash;
- gazlama to`plarini hisoblash, o`shama uchun gazlamani saralash; 
- tekshirilgan va tayyorlangan gazlamani bichuv sehga yuborish; 
Tayyorlov sehda tekshirilgan gazlamalarni quyosh nurlaridan, pasr 
haroratdan, namlikdan, turli xil kemiruvchilardan himoya qilishi kerak.
3. Gazlamalarni bichish. Bichish sehida bajariladi.
4. Buyum tikish. Tikuv sеhida tikiladi. 


13 
5. Buyumni pardozlash. Pardozlash yoki tikuv sеhida bajariladi. 
Namangan shahrida faoliyat ko`rsatayotgan ―Ideal Textil Orzu‖ ma`sulyati 
cheklangan jamiyatining ochilish ma`rosimi 2018 yil 27-avgustda bo`lib o`tdi va 3-
sentyabrdan ish faoliyatini boshladi.
1-rasm. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot na`munalari 
Korxonada asosan harbiylar ust kiyimlarining to`plamlari ishlab chiqariladi 
(1-rasm). 
Ushbu korxona o`zining ishlab chiqarayotgan tikuvchilik mahsulotlarini 
buyurtma yoki na`muna asosida Rossiya, Ukraina, Turkiya, Qozog`iston, 
Qirg`iziston va Tojikiston Davlatlariga eksport qilmoqda. Ko`p xollarda 
dizaynerlar tomonidan buyurtmachilar talabi o`rganib chiqilib, kiyim eskiz dizayn 
loyihasi ishlab chiqiladi.
Mavsumdan kelib chiqib korxonada kuzgi mavsum uchun erkaklar va 
ayollarning klassik uslubdagi ayrim ust kiyim kollektsiyasini yaratish ishlari olib 
borilmoqda. 
Shuningdek Respublikamizning Toshkent va Namangan viloyatlarining 
ayrim xususiy maktablariga buyurtma asosida o`g`il bolalar uchun 30 dan 44-
o`lchamgacha, kollej va akademik litsey o`quvchilariga 44 dan 54-o`lchamgacha, 


14 
qiz bolalar uchun esa 26 va 28-o`lchamdagi maktab formalari ishlab 
chiqarilmoqda.
Korxona oxirgi 2 yil mobaynida klassik uslubdagi mahsulotlarni ishlab 
chiqarmoqda. Hozirgi kunda katta va keng kostyum yoqali, ikki bortli, ort bo`lak 
ikki yon detalining etagiga kesim (щлица) berilgan holda ishlab chiqarilmoqda. 
Erkaklar pidjagining yeng tirsak qismiga (estetikaviyligini oshirish maqsadida) 
xishtak qo`yib tayyorlanmoqda. 

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling