Namangan muhandislik-texnologiya instituti nabidjanova n. N., Rizametova m. A., Raimberdiyava d., Ergasheva r
"Tikuv buyumlari texnologiyasi" fanining maqsadi va mazmuni
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.2. Kiyim to`g`risida qisqacha ma`lumot
1.1. "Tikuv buyumlari texnologiyasi" fanining maqsadi va mazmuni "Tikuv buyumlari texnologiyasi" fanini o`qitishdan maqsad-tikuvchilik sanoatida ilmiy-texnik rivojlanish yo`llari va ularni rivojlantirishdagi asosiy qoidalarni o`rgatishdan iborat. "Tikuv buyumlari texnologiyasi" fanining vazifasi-talabalarni ushbu fan bo`yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini real sharoitga qo`llash bo`yicha ko`nikmalar hosil qilishdir. 6 1.1.2. Kiyim to`g`risida qisqacha ma`lumot Kiyim - odam tanasini tashqi nomaqbul ta'sirlardan muhofaza qiluvchi va estetik funksiyalarni bajaruvchi buyum va buyumlar yig`indisidir. Kiyim odam tashqi qiyofasini o`zgartirishda katta rol o`ynaydi. U qiyofani 60% gacha o`zgartiradi. Kiyim kishining badiiy didini ifodalaydi, madaniy saviyasini belgilaydi, shaxsni xarakterlaydi. Kiyim kishiga nisbatan turli his-tuyg`ular uyg`otadi. Masalan: jiddiylik, vazminlik, jo`shqinlik, sovuqlik, oddiylik va boshqalar. Hozirgi zamon kiyimlari jamiyatimiz talabiga mos kelishi kerak, ya'ni chiroyli zamonaviy modada, gigienik va qulay bo`lishi lozim. "K o s t yu m" - chuqur va keng ma'noga ega bo`lib, u kiyim qismlari, poyafzal, bosh kiyim, bezaklar va ularni kiyilish tarzi hamda bardoshlilik tamoyili asosida tashkil etilgan aniq badiiy obraz tizimidir. "K o s t yu m" so`zi fransuzcha sostume - kiyinish ma'nosini anglatib, kiyimning mazkur xalq, tabaqa, davr uchun turg`un, tipik, umumiy bo`lgan shaklini shu termin bilan ataladi. Kostyum turli mamlakatlar xalqlarining o`ziga xos milliy qiyofasini aks ettiradi. Kostyum inson barkamolligi bosqichlari bilan uzviy bog`liq. Inson kamolotining har bir bosqichi uning kostyumida, materialida hamda tayyorlash usullarida o`z aksini topadi. Aynan kostyum insonning ijtimoiy va alohida xususiyatlarini, uning yoshi, jinsi, xarakteri, badiiy didini ifodalaydi. Kostyum inson madaniyatini bildirish bilan bir vaqtda odam yashaydigan muhitni ham aks ettiradi. Kostyum shaklining o`zgarishi atrof-muhitning yangilanishiga qarab, odam ehtiyojiga bog`liq bo`ladi. Hozirgi vaqtda kostyumning bir qismi sifatida kiyim modellarini alohida ko`rinishda yoki badiiy tizim (komplekt va ansambl) tarzida modellashtirish ishlari bajarilmoqda. K o m p l ye k t - bu bir necha kiyimlar yig`indisidir. U bir xil yoki har xil gazlamadan tayyorlanadigan, biror maqsadga mo`ljallanadigan bo`lib, qo`shimcha kiyimlar ham unga kiradi, ya'ni bosh, oyoq kiyimlar, sumka, soyabon, qo`lqop va 7 boshqalar. Komplektlar qanday maqsadga mo`ljallanganligiga qarab quyidagi turlarga bo`linadi: sport uchun, yo`l uchun, cho`milish uchun va hokazo. Masalan, yo`l kiyimlari komplekti: ustki kiyim (palto yoki kurtka), shim, bo`yin o`yindisi yopiq jemferdan, to`qilgan bosh kiyimdan, past poshnali oyoq kiyimdan va yo`l sumkasidan iborat. Komplekt ochiq tizim hisoblanadi. Uning tarkibidagi biror kiyimni olish, qo`shish yoki almashtirish bilan komplekt vazifasini o`zgartirish mumkin. A n s a m b l - bir necha kiyimlar yig`indisi bo`lib, u yuqori badiiy did bilan tayyorlanadi. Tarkibidagi kiyimlar hammasi bir xil uslubda tayyorlangan bo`lib, ular bir-biriga rangi, gazlamasi va bezaklari jihatidan chambarchas bog`langan bo`ladi va bir butunlikni tashkil qiladi, bir mazmunni anglatadi. Kiyim so`nggi moda yo`nalishlarida, murakkab fasonda tayyorlanadi. Uni qo`shimcha kiyimlar va zebu ziynatlar to`ldirib mustaxkamlaydi. Shuning uchun ansambl yopiq tizim deyiladi. Undagi biror kiyimni olish, qo`shish, almashtirish mumkin emas. Bu holda kiyim mazmuni buziladi. Ansambl eng so`nggi moda elementlarini targ`ib qiladi. G a r n i t u r - bu kiyim to`plami aynan bir xil gazlamadan tayyorlanadi va ma'lum bir maqsadga mo`ljallanadi. F a s o n - bir nomli kiyim guruhidagi shakl, bichiq va boshqa xususiyatlar farqiga aytiladi. Fason - kiyim modelining o`ziga xos xususiyatlari yig`indisini bildiradi. M o d ye l so`zi - kiyimning ko`rinishi, shakli, materiali, bezagi yoki boshqa sifatlari yangicha bo`lgan na`munasini bildiradi. M o d a - atrofdagi voqelikni yangilanib turishida doimiy ehtiyoj bilan bog`liq bo`lgan kostyum muayyan shakllarning qisqa davr ichida hukmronligini anglatadi [3]. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling