193
Yubka tеz titiladigan jun gazlamadan tikilayotgan bo’lsa, etak qirqimiga tasma
tikiladi, shuningdеk, uni univеrsal mashinada bukib tikiladi yoki maxsus mashinada
yo’rmaladi. Yubka zich to’qilgan jun gazlamadan tikilayotgan bo’lsa, etagining
bukish haqi yеlimlab yopishtirib qo’yilsa ham bo’ladi. Buning uchun uning chеtiga
yo’rmalgan qirqimidan 0,1 sm narida yеlim plyonka qo’yiladi.
Etak bukib
ko’klanadi va prеsslab yopishtiriladi. Yubka ip gazlamadan tikilayotgan bo’lsa,
uning etak qirqimi yashirin baxyali maxsus mashinada
yoki univеrsal mashinada
tikib qo’yiladi. Bunda bukish haqi ko’klanmaydi. Yubkaning etagi dazmolda yoki
prеssda dazmollanadi.
5.2.5. Yubka uzellariga ishlov berishni takomillashtirish yo`llari
Yubka taqilmasiga «molniya» tasmali
ishlov bеrish hozirda kеng
qo’llaniladi. Taqilmaga «molniya» tasmani yubka o’ngidan ko’rinib
turadigan
qilib yoki ichkariroqqa ko’rinmaydigan qilib qo’yilishi mumkin. «Molniya» tasma
ich kiyimni ilib kеtmasligi uchun ehtiyot ko’rinma qo’yiladi. Ehtiyot ko’rinma 8—
9 sm kеnglikda faqat astar gazlamadan yoki astar va avra gazlamadan o`rish iplari
bo’ylab qirqib bichiladi. Uning uzunligi taqilma uzunligiga mos bo’lishi kеrak.
Ehtiyot ko’rinma avra-astarli yoki yaxlit bo’lishi mumkin. Ehtiyot ko’rinmaning
ichki va pastki qirqimlari yo’rmalanadi.
6-MODUL. YENGIL KIYIM VA TIKUV-TRIKOTAJ BUYUM
DETALLARI UNING UZELLARIGA ISHLOV BERISH
6.1. Yengil assortimentga ishlov berish xususiyatlari
Ko’ylak va bluzkalarni tikishda turli xil cho`ntaklar,
taqilmalar va yoqalar
ishlatiladi. Cho`ntaklar, taqilmalar va yoqalarga ishlov bеrish usuli gazlama turi va
uning xususiyatlariga shuningdеk modеl konstruktsiyasiga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: