Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Metallarni kislorod suv ishqor metallmaslar bilan oʻzaro taʼsirlanish


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#215699
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Metallar 1U-20 S.Yo'ldashbayeva

Metallarni kislorod suv ishqor metallmaslar bilan oʻzaro taʼsirlanish 

tenglamalari 

      Ishqoriy 

metallar - Mendeleyev 

davriy 


sistemasining birinchi  

guruhi 


asosiy 

guruhchasini 

tashkil 

etadigan   elementlar: litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy.  Ular  S-

elementlardir. 

Atomlarining 

tashki 

energetik 

pogonasida  

bittadan elektron boʻladi. Kimyoviy birikmalarda oksidlanish darajasi +1 ga 

teng.  Barcha  I.m.  — asl  metallar,  kuchli qaytaruvchilar.  Ular  kimyoviy 

jihatdan  faol  boʻlib,  deyarli  barcha metallmaslar bilan  bevosita  birikadi. 

Birikmalarda,  asosan, ionli  bogʻlanish hosil  boʻladi.  Tartib  raqamining 

ortishi  va ionlanish  energiyasining kamayib  borishi  bilan  I.m.ning  metallik 

xossalari  maʼlum  qonuniyat  asosida  kuchayadi.  Davriy  sistemaning  har 

qaysi  davri  (birinchidan  tashkari)  shu  elementlardan  boshlanadi.  Bu 

elementlar kislorod bilan birikib, 

R2O oksidlarni hosil 

qiladi. 

Oksidlari suv bilan  shiddatli  reaksiyaga  kirishib,  ROH asoslarini beradi. 

I.m.ning vodorodli birikmalari gidridlar boʻlib,  RH  formulaga  mu-vofiq 

keladi.  Barcha  gidridlar  ok, kristall moddalardir.  Gidridlarda  vodorodning 

oksidlanish darajasi — 1 ga teng.

  



       

Kislorod rangsiz, hidsiz va taʼmsiz gaz: — 182,9° da zichligi 1,14 g/sm³ 

boʻlgan havorang suyuqlikka aylanadi,  — 218,7° temperaturada esa qotib, 

koʻk  kristall  hosil  qiladi.  Kristall  holdagi  Kislorod  bir  nechta 

modifikatsiyaga  (a,  fS,  u  —  shakl  oʻzgarishiga)  ega.  Gaz  holatidagi 

Kislorodning  zichligi  (0°  va  normal  bosimda)  1,42897  g/l.  Kislorod  1  m³ 

suvda  (20°  va  1atm.da)  0,031  m\  0°  da  esa  0,049  m³, etanolda  0,2201  m³, 

atsetonda 0,2313 m³ eriydi. 

Kimyoviy  qossalari.  Kislorod  eng  faol  (ftordan  keyin)  metallmas  element, 

yengil inert gazlardan boshqa hamma elementlar bilan kimyoviy birikmalar 

hosil qiladi. Koʻp elementlar bilan bevosita reaksiyaga kirishadi; ogʻir inert 

gazlar,  galogenlar,  oltin  va  platina  bundan  mustasno.  Kislorod  boshqa 

moddalar bilan reaksiyaga kirishganda — oksidlanish reaksiyalarida issiqlik 

ajraladi  (ekzotermik  reaksiya).  Odatdagi  temperaturada  Kislorod  vodorod 

bilan  nihoyatda  sekin  reaksiyaga  kirishadi,  550°  da  esa  reaksiya  portlash 

bilan davom etadi: 2N2+O2=2N2O. Oltingugurt, uglerod, azot, fosfor bilan 

normal  sharoitda  juda  sekin  reaksiyaga  kirishadi. temperatura  oshirilganda 

reaksiya  tezlashadi,  element  qizigach,  yona  boshlaydi.  Kislorodning  azot 

bilan  reaksiyasi  endotermik  (issiqlik  yutilishi  bilan  boradigan)  reaksiya 

boʻlib, faqat 1200° da amalga oshadi. Kislorod deyarli hamma  metallarni, 

ayniqsa, ishqoriy va ishqoriy-yer metallarini oson oksidlaydi. Kislorodning 

moddalar bilan reaksiyaga kirishishida suv muhim rol oʻynaydi. Mac, kaliy 

oʻta faol metall boʻlishiga qaramay, suvsiz sharoitda (quruq) Kislorod bilan 

reaksiyaga  kirishmaydi,  lekin  ozgina  suv  bugʻlari  taʼsirida  odatdagi 

temperaturada  kaliy  Kislorodda  yona  boshlaydi.  Kislorod  metallarni 

oksidlab,  korroziyaga  sabab  boʻladi.  Baʼzi  metall  oksidlari  Kislorod  bilan 

birikib,  peroksid  birikmalarni  beradi.  Katalizator  ishtirokida  ammiakning 

Kislorod  bilan  oksidlanishidan  azot  (P)-oksid  (NO2)  hosil  boʻladi  (nitrat 

kislota  ishlab  chiqarishda  shu  jarayondan  foydalaniladi).  Muhim  issiqlik 

manbai  —  uglevodorodlar  (tabiiy  gaz,  benzin,  kerosin)  ning  Kislorodda 

yonishi  sanoat  va  turmushda  katta  ahamiyatga  ega.  Hujayralarda  oziq 

moddalarning Kislorod bilan oksidlanishi tirik organizmlar uchun energiya 

manbaidir. 

      Kislorod  olishda:  kimyoviy,  elektroliz  va  fizik  (havoni  parchalash) 

usullaridan foydalaniladi. Kimyoviy usul ancha ilgari kashf qilingan. Bunda 

Bertole  toʻzi  (KSGO3)  qizdirilganda  parchalanib,  toza  kislorod  O2  (1 kg 

toʻzdan 0,27 m³) ajralib chiqadi. Bu usulda olingan Kislorodning tannarxi 



qimmat  va  kam  samarali  boʻlgani  uchun  faqat  lab.  da  qoʻllaniladi. 

Elektroliz  usulida  suvdan  oʻzgarmas  elektr  toki  oʻtkaziladi.  Elektr 

oʻtkazuvchanlikni  oshirish  uchun  suvga  oʻyuvchi  natriy  (NaOH)  eritmasi 

qoʻshiladi. Bunda suv kislorod va vodorodga parchalanadi. Fizikaviy usul. 

Kislorod  hozirgi  vaqtda,  asosan,  havoni  parchalash  yoʻli  bilan  olinadi. 

Gazsimon havoni parchalash juda qiyin, shuning uchun uni oʻta sovitib (—

180°)  suyultirish,  soʻngra  tarkibiy  qismlarga  ajratish  kerak.  Dastlab  azot, 

keyin  Kislorod  bugʻlanib  chiqadi.  Havoni  membrana  —  toʻsiqdan 

saralaboʻtkazish (diffuziya) usuli bilan ham lab.da Kislorod olish mumkin. 

Sanoatda texnologik (92—98% O2), texnik (1-nav 99,7% O2, 2-nav 99,5% 

O2  va  3-nav  99,2%  O,)  va  suyuq  (99,7%  O2)  Kislorod  ishlab  chiqariladi. 

Bundan  tashqari,  davo  muolajalari  uchun  (tibbiy  Kislorod  99,5%  O,) 

maxsus  Kislorod  ishlab  chiqariladi.  Gazsimon  Kislorod  poʻlat  ballon  va 

ressiverlarda  150  yoki  420  atm.  bosim  ostida,  suyuq  Kislorod  metalldan 

yasalgan  Dyuar  idishlari  yoki  maxsus  sisterna-tanklarda  tashiladi  va 

saqlanadi. 

     

Metallurgiyada  (qarang Konverter, Kislorod  bilan  kesish  va  b.)  va 



metallarni  gaz  alangasi  bilan  ishlash  jarayonida  payvandlash,  sirt  (yuza)ni 

toblash,  shuningdek,  aviatsiya,  suv  osti  kemalarida  texnik  Kislorod 

ishlatiladi. Texnologik Kislorod esa kimyo sanoatida sunʼiy suyuq yoqilgʻi, 

surkov  moylari,  nitrat  va  sulfat  kislota,  metanol,  ammiak  va  ammiakli 

oʻgʻitlar, metall peroksidlari olishda qoʻllaniladi. Suyuq Kislorod portlatish 

ishlarida,  reaktiv  dvigatellarda  va  sovituvchi  vosita  sifatida  lab.larda 

ishlatiladi.  Sof  Kislorod  katta  balandliklarda,  kosmik  parvoz  paytida,  suv 

ostida nafas olish uchun va tibbiyotda davolash maqsadida (qarang Kislorod 

bilan davolash) qoʻlaniladi. Oʻrmonlarni kesishni toʻxtataylik,yashil zonani 

koʻpaytiraylik. Kislrod taʼminotini oshirgan boʻlamiz shunda. 

       

Metallmaslar —  metallarning  xossalariga  ega  boʻlmagan  kimyoviy 

elementlar.  M.  metallar  kabi  yaltiroqlikka,  choʻziluvchanlikka  va 

yassillanuvchanlikka  ega  emas,  issiklik  va  elektr  tokini  yomon  oʻtkazadi, 

aksariyat hollarda kimyoviy reaksiyalar jarayonida elektronlarni qabul qilib 

oladi. M.ga 22 element kiradi: bor B, uglerod C, kremniy Si, azot N, fosfor 

P, mishyak As, kislorod O, oltingugurt S, selen Se, tellur Te, ftor F, xlor S1, 

yod I, brom Vg , astat At, vodorod H, inert gazlar  — argon Ag , geliy Ne, 

kripton Kg , ksenon Xe, neon Ne, radon Rn. M. davriy sistemada elementlar 

guruhlarining oʻng tomonida joylashgan. Elementlarning metallar va M.ga 




boʻlinishi  maʼlum  darajada  shartlidir.  Metallar  guruhi  bilan  M.  guruhi 

orasiga  keskin  chegara  qoʻyib  boʻlmaydi.  Yarim  metallik  va  yarim 

metallmaslik  xossalarini  namoyon  qiladigan  elementlar  (germaniy,  qalay, 

koʻrgʻoshin,  vismut,  poloniy)  ham  bor.  M.  atomlarining  sirtqi  elektron 

qavatidagi elektronlar  soni oʻsha  element  joylashgan guruh  raqamiga  teng 

boʻladi.  M.  atomlari  elektronlarni  biriktirib  olishga  moyil,  shuning  uchun 

ularning  ionlanish  potensiali

 

yuqori.  M.dan  vodorod,  azot,  kislorod,  ftor, 



xlor va inert gazlar xona haroratida gaz holatida boʻladi; brom suyuq, bor, 

uglerod,  kremniy,  fosfor,  oltingugurt,  margimush,  selen,  tellur,  yod  va  as-

ma/iqattiq  moddalardir.  Metallardan  farqli  ravishda  M.  kislorod  bilan 

kislotali  oksidlar  —  kislota  angidridlari  hosil  qiladi  (mas,  fosfat  angidrid 

R2O5,  sulfat  angidrid  SO3,  peroxlorat  angidrid  S12O7  va  boshqalar) 

M.ning  baʼzi  oksidlari  (mas,  SO,  N0)  betaraf  oksidlar  deyiladi.  M.ning 

kislorod  bilan  birikishida  oksidlanish  darajasi  qancha  yuqori  boʻlsa,  hosil 

boʻlgan  oksidning  kislotaligi  ham  shuncha  yuqori,  shunga  koʻra,  unga 

toʻgʻri  keladigan  kislota  ham  kuchli  boʻladi  (mas,  H2SO3  ga  qaraganda 

H2SO4,  HNO2  ga  qaraganda  HN03  kuchli).  M.  vodorod  bilan  uchuvchan 

birikmalar  hosil  qiladi.  Koʻpchilik  M.  vodorodli  birikmalarning  suvdagi 

eritmasi  kislotalardir.  Inert gazlardan  boshqa  M. yuqori  elektr manfiylikka 

ega.  M.ning  xalq  xoʻjaligida  ahamiyati  katta  (M.  haqida  toʻliq  maʼlumot 

olish uchun ularga tegishli har bir element toʻgʻrisidagi maqolalarga q.)

 


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling