Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Metallarning suvga ta’siri
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallar 1U-20 S.Yo'ldashbayeva
Metallarning suvga ta’siri. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari suv bilan ta’sirlashib, asoslar va vodorod hosil qiladi, masalan: 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 Ayrim metallar (Al, Zn, Cr va boshqalar) suv bilan o`zaro ta’sir etganda oksid yoki gidroksid parda bilan qoplanadi va metallarning suv bilan keyingi ta’sirlashishiga to`sqinlik qiladi. Bunday metallar suv ta’sirida passivlashuvchi metallar jumlasiga kiradi. Masalan: 2Al + 6H2O = 2Al(OH)3 + 3H2 Zn + H2O = ZnO + H2 ko`pgina, ayniqsa vodoroddan o`ngda joylashgan metallar esa suv bilan ta’sirlashmaydi. Metallarning kislotalarning suyultirilgan eritmasiga munosabati. Vodoroddan oldin joylashgan metallar kislotalarning (HNO3 dan tashqari) suyultirilgan eritmasidan vodorodni siqib chiqaradi. Masalan: Fe + H2SO4 = FeSO4 + H2 Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2
Bunda metall valent elektronini vodorod ioniga berishi natijasida oksidlanadi. Elektronni biriktirib olgan vodorod ioni esa qaytariladi va erkin holda ajralib chiqadi.
ADABIYOTLAR 1.Ibrohimov Yu.I. Umumiy va noorganik ximiyadan praktikum. -T.: O`qituvchi, 1985. - 288 b. 2.Qodirov E., Muftaxov A., Norov Sh. Anorganik kimyodan amaliy mashg`ulotlar. -T.: O`zbekiston, 1996. -247 b. 3.Modixonov N., Yoqubova M., Abdug`afurov I. Umumiy va anorganik kimyodan amaliy ishlar. -T.: Mehnat, 1997. - 184 b. 4.To`xtashev X., Ismoilov A. Anorganik kimyodan amaliy va laboratoriya ishlari. - T.: O`qituvchi, 1984. 5.Захаров Л.Н. Техника безопасности в химических лаборатори- ях. - Л.: Химия, 1991. - 336 с. 6.Ibrohimov Yu.I., To`xtashev X., Jo`raev X. Ximiyadan masala va ularni yechish usullari. - T.: O`qituvchi, 1989. - 244 b. 7.Гольбрайх З.Е. Сборник задач и упражнений по химии. -М.: Высшая школа, 1984. 8.Глинка Н.Л. Задачи и упражнения по общей химии. -Л.: Химия, 1985. - 263 с. 9.G`afurov Q., Shamshidinov I. Noorganik kimyodan laboratoriya ishlari- ga oid metodik ko`rsatmalar to`plami. – T.: OO`MTV Respublika o`quv- uslub idorasi, 1993. – 43 b.
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling