«Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar» fani (Oziq-ovqat texnologiyasi, kimyoviy texnologiya) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha muhandis-texnolog tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Ushbu fanni o’rganish jarayonida talabalar umummuhandislik fanlaridan olgan bilimlarini aniq texnologik mashina yoki qurilmalar bilan bog’lik bo’lgan muhandislik masalalarini hal etish jarayonida qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shu bilan birga, talabalar sanoat korxonalarida ishlatiladigan asosiy texnologik va yordamchi jihozlarning tuzilishi bilan tanishadilar, ularni loyihalash va ekspluatasiya qilish asoslarini o’rganadilar. Ushbu fandan bajariladigan kurs loyihasi texnologik jihozlarni o’rganishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |