Namangan muxandislik- texnologiya instituti
Download 0.61 Mb.
|
2-Amali ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-AMALIY MASHG’ULOT Suyuq dielektriklar hisobi Q isqacha nazariy malumotlar
Keyslar to’plami
Qattiq dielektriklarning solishtirma sirt elektr o'tkazuvchanliklarini aniqlashning algaritmini tuzing. Qattiq dielektriklarning hajm elektr o'tkazuvchanliklarini aniqlashning algaritmini ishlab chiqing. Qattiq dielektriklarning solishtirma sirt elektr o'tkazuvchanliklarining qiymati yuqori bo’lishi mumkin bo’lgan holatlarni tahlil jadvalini tuzing. Qattiq dielektriklarning hajm elektr o'tkazuvchanliklarini qiymati yuqori bo’lishi mumkin bo’lgan holatlarni tahlil jadvalini tuzing. Adabiyotlar T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 26-29 bet 3-AMALIY MASHG’ULOT Suyuq dielektriklar hisobi Q isqacha nazariy ma'lumotlar: elektrotexnikaga oid konstruksiya va uskunalarni ishlatish sharoitlaridan kelib chiqib, suyuq dielektriklarga yuqori elektr mustahkamlik va solishtirma hajmiy qarshilik, kichik miqdorli dielektrik singdiruvchanlik, elektr va issiqlik maydonlariga bo'lgan bardoshlilik, ish mobaynida xossalarining barqarorligi, yong'inga bardoshlik kabi talablar qo'yiladi. Neft mahsulotidan olinadigan transformator moyi elektrotexnikada eng ko'p ishlatiladigan suyuq dielektriklardan hisoblanib, u quvvatli transformatorlarda, asosan, elektr izolyasiya va sovitkich vazifasini bajaradi. Bir xil qalinlikdagi turli elektr izolyasion materiallar teshilish kuchlanishi har xil bo'ladi. Shuning uchun dielektriklarning teshilishga chidamlilik qiymatini aniqlash juda muhim. Bu qiymat dielektriklarning elektr mustahkamligi deyiladi. Oddiy holatda (bir tekis maydon) elekt mustahkamligi quyidagi ko'rinishda ifodalanadi: bu yerda, - teshilish kuchlanishi; - dielektrikning qalinligi. Dielektrikka berilgan kuchlanish oshirib borilganda, undan o'tayotgan tok ortib boradi va kuchlanishning ma'lum qiymatida dielektrikda teshilish sodir bo'ladi. Teshilish paytida dielektrikda paydo bo'ladigan o'ta o'tkazuvchan kanal elektrodlarning qisqa tutashuviga olib keladi. Bunday holatda dielektrik izolyasion xususiyatini yo'qotadi. Dielektrikning teshilish lahzasidagi kuchlanish teshilish kuchlanishi deb ataladi. Transformator moyining kuchlanishga nisbatan elektr mustahkamligi 5.1 - jadvalda keltirilgan. Tajriba tekshirilayotgan transformator moyi bilan to'ldirilgan chinni idishda o'tkaziladi. Elektrodlar diametri 25 mm va qalinligi 5-8 mm da tayyorlanadi. Disk chetlari 2 mm li aylanaga ega. Elektrodlar orasidagi masofa klyuch va kalibr bilan o'rnatiladi. Tekshirish vaqtida masofa 5.1-jadval
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling