Namangan muxandislik- texnologiya instituti


Download 0.61 Mb.
bet1/18
Sana06.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1332141
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-Amali ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN MUXANDISLIK- TEXNOLOGIYA INSTITUTI


“AVTOMATIKA VA ENERGETIKA” FAKULTETI


“ENERGETIKA” kafedrasi

"ELEKTROTEXNIK MATERIALLAR" FANIDAN


AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN
USLUBIY KO’RSATMA

NAMANGAN–2022


Ushbu uslubiy ko’rsatmada «Energetika» yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun «Elektrtexnik materiallar» fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish namunalari ishlab chiqilgan.
Mazkur uslubiy ko’rsatmalarda keltirilgan tavsiyalar 60710600 - Elektr energetika yo’nalishi talabalari uchun tuzilgan bo’lib, bu tavsiyalardan qisqa tutashuvlarni analizi va hisoblariga oid boshqa muxandislik ishi bilan shug’ullanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.


Tuzuvchilar: Kat.o’qt. X. Mo’minov
Ass. D. Jo’raxonov


Taqrizchi: A.Mamadjanov – NamMQI “Fizika kafedra mudiri” f.m.f.n

Ushbu uslubiy ko’rsatma kafedraning 2022 yil


« » dagi yig’ilishida ( -majlis bayoni) ko’rib chiqildi va ma’qullandi.
Ushbu uslubiy ko’rsatma institut ilmiy-metodik kengashining 2022 yil « » _____ dagi sonli majlisida muhokama qilingan va chop etishga tavsiya etilgan.

(Ro’yxat raqami № .)


Ushbu uslubiy ko‘rsatma institut ilmiy-uslubiy kengashining 2022 yil «___» avgustda bo‘lib o‘tgan _____ - sonli majlisida ko‘rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi.


Kirish
Elektrotexnika sanoatida ishlab chiqariladigan maxsulotlar turlicha fizik, kimiyoviy va elektrik xususiyatiga ega. Har qanday material elektr toki ta’siriga tushganda yoki elektr maydoning turlicha ko‘rinishdagi kuchlari ta’sir etganda uning tarkibidagi elektrga moyil zarrachalar (elektronlar, erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar)ning keskin yoki qisman harakatlanishi sodir bo‘ladi. Bu jarayon materiallarda qutblanish (bog‘langan zaryadlarning qo‘zg‘alishi)ni yuzaga keltirib materiallarda elektr o‘tkazuvchanlikni vujudga keltiradi.
Elektr o‘tkazuvchanlikning izolyatsiyalovchi materiallarda yuz berishi materialda elektr energiyasi isrofiga sabab bo‘lishi bilan nihoyalanadi.
Elektr energiyasining isrofi materialning tarkibiy o‘zgarishiga, haroratining ortishiga va bu jarayon juda uzoq davom etsa uni yaroqsiz holga keltirishi mumkin.
Elektr o‘tkazgich materiallarning ortiqcha yuklama ostida ishlashi haroratning oshishi bilan boshlanib, materialning mexanik mustahkamligi, o‘tkazuvchanligi, tok o‘tkazuvchi yuzaning quyishi va tok pasaygach tashqi ta’sirlar ostida qorayishi, oksidlanishi, qurum va kuyindi bilan qoplanishi yoki yuzasining xiralashishi, sayqalining yo‘kolishi bilan nihoyalanadi.
Elektr o‘tkazgich materallarning uzoq muddatli ishlashini ta’minlash maqsadida ko‘p yillik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ruxsat etilgan ko‘rchsatkichlar aniqlangan. Bularga ruxsat etilgan kuchlanish, tok, quvvat, harort kabilarni misol keltirish mumkin.
Har qanday material ruxsat etilgan qiymatlar doirasida ishlatilsa u uzoq muddatli, avariya holatlarisiz xizmat qildi.
Amaliy mashg‘ulot darslarda yechiladigan masalalarning mohiyati elektr uskunalarning ushbu talablar doirasida ishlatishni aniqlash va hisoblab topilgan qiymatlarning amaliyotdagi talablarga mutanosibligini baholashga qaratilgan.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling