Namangan Muxandislik Qurilish instituti 17-iat-19 gurux talabasi G`aniyev Alisherning


Download 35.95 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi35.95 Kb.
#201710
  1   2   3   4
Bog'liq
17-iat-19 G`aniyev Alisher


Namangan Muxandislik Qurilish instituti

17-IAT-19 gurux talabasi G`aniyev Alisherning

Elektronika va Sxematexnika fanidan 1-oraliq nazorat ishi

Variant № 17

1) «Elektronika va sxemotexnika» yo`nalishining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

2) Ilmiy ľ texnikaviy taraqqiyot va sxemotexnika rivoji.

3) Raqamli avtomat nima va u qanday kattaliklar bilan tavsiflanadi?

4) Matematik mantiqni ahamiyati nimadan iborat.



5) Mantiqiy elementlar nima?

1. Elektronika – elektronlarni elektr maydoni bilan ta‘sirini va axborot uzatish, qayta ishlash va saqlashda qollaniladigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini organish bilan shugullanadigan fan. Elektronika, avvalambor inson jamiyatining axborotga bolgan talablarini qondirishga moljallangan. Ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi texnika va texnologiyaning yangi turlarini yaratishga asoslangan va axborot vositalarining rivojlanishi bilan kuchli ravishda bogliq. Insonlar ortasidagi axborot almashish qurilmalarining rivojlanish tarixi bir necha bosqichlardan iborat: harakat va mimika, tovush, yozuv, kitob bosmasi, elektronika. Hozirgi kunda axborot uzatish, qayta ishlash va saqlash qurilmalarining barchasi inson jamiyati tomonidan ishlatilmoqda. Axborot uzatishning yangi usuliga otish doim jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarini keskin osishiga olib kelgan. Elektronika uzoq masofalarga uzatilayotgan axborotning uzatish tezligi va hajmini keskin orttirdi. Elektronika rivojlanish jaaryonida tort bosqichni bosib otdi. Birinchi bosqich 1895 yilda A.S. Popov tomonidan simsiz telegraf – radio ixtiro qilinishi bilan boshlandi. Bu davrdagi aloqa qurilmalari passiv elementlardan: simlar, induktivlik g‗altaklari, magnitlar, rezistorlar, kondensatorlar, elektromexanik qurilmalar (almashlab ulagichlar, rele va boshqalar) dan iborat edi. Ikkinchi bosqich 1906 yili L.de Forest tomonidan birinchi aktiv elektron asbob - triod lampasining yaratilishi bilan boshlandi. Triod – elektr signallarini turli ozgartirish usullariga ega bolgan, asosan – quvvat kuchaytirish xossasiga ega bolgan birinchi aktiv elektron asbob boldi. Kuchsiz signallarni elektron lampalari yordamida kuchaytirish hisobiga telefon orqali suhbatlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati yuzaga keldi. Elektron lampalari radio orqali tovush, musiqa, keyinchalik esa televidenie orqali tasvirlarni ham uzatishga otishga imkon yaratdi. Ikkinchi bosqich elektronika apparaturalari elementlariga – elektron lampalar, rezistorlar, kondensatorlar, transformatorlar kiradi. Uchinchi bosqich 1948 yili Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan qattiq jismli (yarim otkazgichli) elektronikaning asosiy aktiv (kuchaytirgich) elementi bolgan - bipolyar tranzistorning kashf etilishi bilan boshlandi. Tranzistor elektron lampaning barcha funksiyalarini bajarishga qodir. Tranzistor yaratilishi bilan, uning almashlab ulagich vazifasini bajara olish xossasi, kichik olchamlari va yuqori ishonchliliga kora bir necha ming elektr radioelementlardan (ERE) tashkil topgan murakkab elektron qurilma va tizimlarni yaratish imkoniyati tugildi. Bunday qurilmalarni loyihalash juda oson, lekin xatosiz yigish va ishlashini ta‘minlash esa deyarli mumkin emas edi. Gap shundaki, har bir ERE alohida yaratilgan edi (diskret elementlar) va boshqa elementlar bilan individual boglanishni (montajni) talab qilar edi. Hatto juda aniq 4 4 montajda ham uzilish, qisqa tutashuv kabi xatoliklar yuzaga kelar va tizimni darxol ishga tushishini ta‘minlamas edi. Masalan, 50 yillar sngida yaratilayotgan EHMlar onlab rezistor va kondensatorlarni hisobga olmaganda, 100 mingga yaqin diodlar va 25 mingtacha tranzistorlardan iborat edi. Diskret elementlar quyidagi xossalarga ega: ortacha quvvati 15 mVt, olchamlari (boglanishlari bilan) 1 sm3 , ortacha ogirligi 1 g va buzilish ehtimolligi 10-5 s -1 . Natijada diskret elementlardan tuzilgan EHMning sochilish quvvati 3 kVt, olchamlari 0,2 m3 , ogirligi 200 kg bo‗lib, har bir soatda ishdan chiqar edi. Bu albatta EHM ish qobiliyatini kichikligidan dalolat beradi. Bunday diskret tranzistorli texnika yordamida murakkab elektron qurilmalarni yaratish imkoni mavjud emas. Demak, buzilishlar ehtimoli, olchamlari va ogirligi, tannarxi va boshqalar bir necha darajaga kichik bolgan sifatli yangi element baza yaratish talab qilinar edi. Integral mikrosxemalar xuddi shunday element baza talabalariga javob berdi. To‘rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida qurilma va tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataladi. Mikroelektronikaning birinchi mahsulotlari – integral mikrosxemalar 60 yillar songida paydo boldi. Hozirgi kunda IMSlar uch xil konstruktiv – texnologik usullarda yaratiladi: qalin pardali va yupqa pardali gibrid integral mikrosxemalar (GIS) va yarim otkazichli integral mikrosxemalar. Integral mikrosxemalar radio elektron apparaturalarda elementlararo ulanishlarni ta‘minlash bilan birgalikda, ularning kichik olchamlarini, energiya ta‘minotini, massa va material hajmini ta‘minlaydilar. Kop sonli chiqishlar va qobiqlarning yoqligi radio elektron apparaturalarning hajmi va massasini kichraytiradi.

2. Fan va texnika taraqqiyoti – fan bilan texnikaning o`zaro bog`liq, yagona, ilgarilab boruvchi tarqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti o`rtasidagoi yaqinlashuv 16-18- asrlarda manufaktura ihlab chiqarilishi bilan bog`liq holda sodir bo`ldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarishi bilan bog`liq holda sodir bo`ldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika ta`siridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga xech qanday salbiy ta`sir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan. Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yo`nalishi sifatida yuksala borgan.

16-asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub o`zgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksprimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uyg`onish davri g`oyalari tasirida sxolastika an`analarini parchalab, amaliyotga murojat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiy-texnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot bo`ldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishda qo`llanishi ba`zi mehanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak g`ildiragi, charpalak harakati nazariyasi, qarshilik va ishqalanish ta`limotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2-bosqichi mashina ishlab chiqarishning 18-asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bog`liq bo`lib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga ta`sir ko`rsatdi. Bu davrda i.t. faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga da`vat etuvchi fanning maxsus bo`g`inlar paydo bo`ldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k. Fan- texnika taraqqiyoting 3 bosqichi fantexnika inqilobi bilan bog`liq. Uning ta`sirida taxnika tarqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni xal etishda biologlar, fiziologlar, psixologiklar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Fan –texnika taraqqiyoti, shuningdek ijtimoiy fanlar yo`nalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bevosita ta`sir qiladi.

Raqamli elektron aftomatlarining ishlashi mantiqiy algebra asosida tuzulib, 2 ta tushunchaga tayanadi: xaqiqiy (mantiliy 1) va xaqiqiy emas (mantiliy 0). Shuning uchun foydali axborot siganalini ko`rsatuvchi funksiya xar qanday vaqt momentida ikkita <<1>> va <<0>>ni qabul qiladi. Avtomatning kirishiga ta`sir etuvchi kirish buyrug`ini o`zgartrish, chiqishda chiqish buyrug`ini olish uchun ular ustidan mantiqiy operatsiyalar bajariladi. Electron qurilmalarining asosiy mantiliy operatsiyalari mantiqan ko`paytirish yoki yoki konyuksiya, mantiqan qo`shish yoki dizyuksiya va mantiqan ayirish yoki inversiya xisoblanadi. Integral mikrosxemalardan tashkil topgan raqamli texnika va raqamli usullar, shu jumladan, mikroprosessor sistemalari, television, radiouzatish va aloqa apparaturalarida axborot tashkil etishda keng tadbiq etilgan.

3. Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi qurilma triggerli qurilma yoki raqamli


Download 35.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling