Namangan muxandislik texnologiya institute
Download 487.33 Kb. Pdf ko'rish
|
ПТК курс иши
x
b C B C K Bunda C x -jindagi ta’minlovchi tarnovdan tushayotgan paxtaning iflosligi ,foizda, C b -jinlashdan so’ng toladagi iflos aralashmalar miqdori, foizda, B- rejalashtirilgan tola chiqish,foizda. Chigitli paxtadan tola chiqish miqdori quyidagicha aniqlanqdi, foizda. [%] 100 m m B fs fv Bunda mf.v - paxta tolasining fizik massasi, kg. mf.s- chigitli paxtaning fizik massasi, kg. Paxta tolasi tozalagichlardan keyin pnevmo transport orqali tolani presslash sexiga jo’natiladi. Shu davrda, presslashdan oldin tola namlash qurulmalari yordamida namlanadi. Bu qurilmalarning samaradorligi 2-22 foizgacha bo’lib, toy vazni 10-12kg ga oshishi mumkin. Chigitda qolgan kalta (momiq) tolalarni ajratish linterlash sexida amalga oshiriladi.Chigitdagi momiqni ajratib olishda 5LP va PMP-160M rusumli hamda xozirgi kunda 6LP rusumli linterlar korxonalarda keng joriy etilmoqda. Talab qilingan tukdorlikda linterlangan chigitlar, chigit valigidan ajraladi, kolosnik sirtidan sirg’anib, tarnov orqali chigit vintli yig’ish konveyeriga tushadi hamda chigit saqlash omborlariga jo’natiladi. Jinlangan va linterlangan tolalar presslash sexida toylanadi. Paxta tozalash zavodlarida D8237 (1968y), DA8237 (1973y) va DB8237(1987y) modelidagi revol’ver konstruktsyali gidropress qurilmalaridan keng foydalaniladi. D8237 pressining texnik tavsifi quyidagicha. Unumdorligi, toyG’soat - 20. Toyning massasi (vazni), kg - 215 ±15 Toyning o’lchamlari (mm): uzunligi -9600; kengligi -595; balandligi-735 Tayyorlov punktlarida paxtani qabul qilish va jamlash. Xo’jalik tomonidan sotiladigan paxtani qabul qilish paxta tozalash zavodlarining tayyorlov punktlari (zavod qoshidagi va tashqarisida joylashgan) tomonidan amalga oshiriladi. Har kun paxtani qabul qilishdan oldin klassifikator tayyorlov punktining mudiri va xo’jaliklar topshiruvchilari ishtirokida avtomobil torozilarni tekshirish lozim. Xamda maxsus daftarda bu xaqida yozuvlari bo’lishi shart. Tayyorlov punkitlarida paxtani qabul qilish va jamlash O’zRSt 615-94 “Paxta.Texnik sharoitlar” va O’zRSt 642-95 “Urug’li paxta.Texnik sharoitlar respublika standartlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Paxtani qabul qilish tayyorlov maskanlarida to’dalar shaklida amalga oshiriladi. Bitta nav, turi va sinfga tegishli sifat to’g’risidagi xujjat bilan rasmiylashtirilgan paxta keltirilgan to’da hisoblanadi. Har bir paxta turi rangi, tashqi ko’rinishi va pishib yetilganligi koeffitsientiga binoan beshta navga bo’linadi. Paxta ifloslanganlik va namlik miqdoriga qarab uchta, 1(qo’lda), 2(mashinada), 3(to’kilgan paxta) sinflariga bo’linadi. Paxta to’dasini jamlanishi, saqlanishi va qayta ishlanishi “Paxta terish va tayyorlash bo’yicha yo’riqnoma”ga binoan uning turiga va sifat ko’rsatkichlariga qarab har bir xo’jalik bo’yicha alohida amalga oshiriladi. Paxta tayyorlov punkitida paxtani ikki yoki uch zonali tizim bo’yicha qabul qilish amalga oshirish mumkin. Birinchi zonada keltirilgan paxtaning sifati aniqlanadi. Ikkinchi zonada torozida tortiladi. Uchinchi zonada qobul qilingan paxtalarni tushirish va g’aramlash ishlari bajariladi. Ikki zonali qabul qilishda qabul qilinadigan paxtaning sifatini aniqlash va tortish birinchi zonada amalga oshiriladi. Paxtani tushurish, g’aramlash va uning sifatini qo’shimcha tekshirish ikkinchi zona klassifikatori tomonidan amalga oshiriladi. Chigitli paxtani qabul qilishda har bir keltirilgan to’da nuqtalaridan namunalarni tayyorlov punkitining klassifikatori paxta topshiruvchi ishtirokida paxta tortilguncha qo’lda tanlab olinadi. Nuqtalardan namunalar tanlashga paxta tushirilgan joylarda ham ruxsat etiladi. Keltirilgan paxta to’dasining har ikki tonnasidan turli chuqurlikdagi kamida uch joydan, har biri 100-150g miqdorda namuna tanlab olinadi (O’zRSt 643-95 Namuna tanlash usullsri). Umumiy tanlangan namuna 800g dan kam bo’lmasligi lozim. Paxtaning iflosligi va namligi tayyorlov punkti labaratoriyasida har bir xo’jalik bo’yich o’rtacha kunlik namunalari tayyorlanadi. Paxtaning iflasligini aniqlash O’zRSt592-92 “Paxta. Iflosilgini aniqlash usullari” bo’yicha amalga oshiriladi. Namligini aniqlash esa O’zRSt 644-95 “Paxta. Namligini aniqlash uskunalari“ bo’yicha bajariladi. Paxtani ifloslanishi va namligi sanoat navlari uchun keltirilgan konditsion massa bo’yicha qabul qilinadi,u quyidagicha xisoblanadi. Download 487.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling