Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
Xalqaro Valyuta Fondi va uning xalqaro valyuta-kredit munosabatlaridagi faoliyati
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
2.Xalqaro Valyuta Fondi va uning xalqaro valyuta-kredit munosabatlaridagi faoliyatiXalqaro Valyuta Fondi – bu davlatlarga kredit beruvchi, jahon valyuta tizimining faoliyat yuritishi uchun tamoyillar ishlab chiqaruvchi, xalqaro valyuta - kredit va moliyaviy munosabatlarni xalqaro boshqarishni amalga oshiruvchi xalqaro institutdir. Xalqaro Valyuta Fondiga a‘zo bo‘lgan mamlakatlar boshqa a‘zolarni boshqa davlatlarning valyutalariga nisbatan milliy valyutasining qiymatini aniqlashda qo‘llayotgan mexanizmi haqida ma‘lumot berishi, milliy valyutasini chet el valyutasiga ayirboshlashda cheklovlar qo‘llashdan saqlashi hamda Xalqaro Valyuta Fondiga kiruvchi barcha davlatlar hamjamiyatining milliy boyligi va holatining o‘sishiga asoslangan iqtisodiy siyosatni o‘tkazishi lozim. Oldin aytilganidek, Xalqaro Valyuta Fondi o‘z a‘zolarini bu qoidalarga rioya etmasliklariga majburlay olmaydi, ammo tashkilot a‘zo-davlatlari ixtiyoriy ravishda rozi bo‘lgan qonun-qoidalarga rioya etishlariga erishish uchun, ularga ma‘naviy bosim o‘tkazishi mumkin. Bunda, Xalqaro Valyuta Fondi, so‘zsiz, undan kredit olgan mamlakatga kuchli ta‘sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar davlat doimiy ravishda Xalqaro Valyuta Fondi oldidagi majburiyatlarini bajarmasa, qolgan a‘zo-davlatlar Xalqaro Valyuta Fondi orqali jinoyatchi- davlatdan kredit olish huquqini olib tashlashlari, yoki eng so‘ngi chora sifatida davlatga tashkilotdan chiqib ketish taklifi bilan chiqishlari mumkin. Ammo, odatda, davlat Xalqaro Valyuta Fondining umumiy muammolarini birgalikda echishga intiladi (aks holda u tashkilotga a‘zo bo‘lmagan bo‘lar edi) va har qanday bajarilmagan majburiyat a‘zo-davlat tomonidan bartaraf qila olmagan omillar bilan tushuntiriladi. 138 Turli davrlarda a‘zo mamlakatlar Xalqaro Valyuta Fondi oldiga jahonda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiquvchi turli masalalarni qo‘yishgan va tashkilot o‘z huquqlari doirasida bu muammolarni echishda mahorat ko‘rsatgan. Hozirgi davrda a‘zo mamlakatlar Xalqaro Valyuta Fondi oldiga bir qator majburiyatlarni qo‘yganlar: milliy valyutalarning ayirboshlanishining umumiy tizimi ustidan nazorat olib borish, a‘zo-davlatlarga tizim doirasida yanada chuqurroq hamkorlik qilish imkoniyatlarni yaratish uchun iqtisodiyotni qaytadan qurishga kredit berish, shuningdek, boshqa xizmatlar: texnik yordam ko‘rsatish, kadrlardan haqiqiy professionallarni tayyorlashda ko‘maklashish va boshqalar. Xalqaro Valyuta Fondi quyidagi maqsadlar amalga oshirish yo‘lida faoliyat olib boradi: valyuta siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish; valyuta siyosati sohasida balanslashtirilgan o‘sishga ko‘maklashish; yuqori darajadagi bandlik va real daromadlarni qo‘lla-quvvatlash va stimullashtirish uchun jahon savdosining balanslashtirilgan o‘sishini mustahkamlash, iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a‘zo- davlatlarning ishlab chiqarish potentsialini rivojlantirish; valyutalar barqarorligini ushlab turish va a‘zo-davlatlar o‘rtasidagi valyuta munosabatlarini tartiblashtirish, shuningdek, valyutalar devalvatsiyasiga to‘sqinlik qilish; ko‘p tomonlamali to‘lov tizimini yaratishda qatnashish, shuningdek, valyutalar transfertidagi chegaralarni olib tashlash; a‘zo-davlatlarning balanslashtirilmagan to‘lov balanslarining likvidatsiyasi uchun mablag‘ taklif qilish. Bu masalalarni echish uchun Xalqaro Valyuta Fondi tamoyil va funktsiyalar ishlab chiqdi: boshqarishdan bosh tortish maqsadida xalqaro valyuta tizimi yoki valyuta kursi bilan manipulyatsiyani ta‘qiqlash; valyuta inqirozini tugatish uchun valyuta bozorlarida interventsiya o‘tkazishning majburiyligi; har bir mamlakat uchun o‘z siyosatida hamkorining manfaatlari interventsiyasini hisobga olish majburiyligi. Xalqaro Valyuta Fondining quyidagi funktsiyalari mavjud: kelishilgan tartib qoidalar kodeksiga amal qilish (xalqaro valyuta siyosati va davlatlararo to‘lov oboroti sohalaridagi hamkorlik); to‘lov balansi taqchilligini bartaraf etish uchun moliyaviy yordam berish; maslahatlar berish va hamkorlik qilish. Xalqaro Valyuta Fondi faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga a‘zo bo‘lib ular to‘lov balanslarini hamda tashqi qarularni nazorat qilish ham kira. Xalqaro Valyuta Fondining MBRR, PROON, Parij va London klublari ular bilan o‘zaro munosabati kengaymoqda. To‘lov balansi va tashqi qarzlarni nazorat qilish sohasida Xalqaro Valyuta Fondi a‘zo bo‘lib ularga o‘z iqtisodiyot siyosatlarida ma‘lum o‘zgartirishlar kiritish sharti bilan kreditlar ajratadi. Kredit olishdan oldin qarzdor davlat Fond bilan moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish dasturini kelishadi, valyuta mablag‘larini berish shu dasturning bajarilishiga bog‘liq holda qoladi. 139 Xalqaro Valyuta Fondi bilan bunday dastur va shartnomalarning mavjudligiga odatda davlatlarning to‘lovga qobiliyati to‘g‘risidagi halqaro guvohnom sifatida qaraladi. Xalqaro Valyuta Fondi qarzlarni nazorat qilish sohasida Jahon Banki bilan o‘zaro faol hamkorlik qilmoqda. Xalqaro Valyuta Fondi ning boshqaruvi shartnoma moddalariga mos holda amalga oishriladi. Xalqaro Valyuta Fondining boshqaruv strukturasiga Boshqaruv Kengashi, Vaqtinchalik Komitet, Rivojlantirish Komiteti, Ijro etuvchi Kengash, Boshqaruvchi hamda xodimlar kiradi. Boshqaruv Kengashi – Xalqaro Valyuta Fondining oliy boshqaruv organi hisoblanib, unga har bir davlatdan bittadan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchi va ularning o‘rinbosarlari kiradi. Odatda boshqaruvchi va ularning o‘rinbosarlari moliya vazirlari yoki Markaziy banklarning boshqaruvchilari bo‘lgani uchun, ular o‘z hukumatlari nomidan ish yurita oladilar. Boshqaruv Kengashi yilda bir marta sessiya o‘tkazadi, ammo pochta orqali ovoz berish yo‘li bilan qarorlar qabul qilish ham mumkin. Vaqtinchalik Komitet Boshqaruv Kengashi a‘zolariga xalqaro valyuta tizimini shakllantirish bo‘yicha masalalar borasida maslahatlar bersa, Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon bankining qo‘shma komiteti kambag‘al davlatlarning ehtiyojlari to‘g‘risida ularga ma‘lumot beradi. Vaqtinchalik Komitet – Ijro etuvchi kengashning qarorlarini bajaradi. Xalqaro Valyuta Fondi ning boshqaruvchilari, vazirlari yoki boshqa rasmiy shaxslardan tashkil topadi (24 kishidan). Vaqtinchalik Komitet yilda ikki marta yiqiladi va Boshqaruv Kengashi oldida xalqaro valyuta tizimining shakllantirilishi va boshqarilishi to‘g‘risida hisobot beradi, shuningdek, shartnoma moddalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar bilan chiqadi. Rivojlantirish Komiteti ham 24 kishidan: Xalqaro Valyuta Fondi boshqaruvchilari, vazirlari yoki rasmiy shaxslardan tashkil topadi, Xalqaro Valyuta Fondining Boshqaruv Kengashi oldida hisobotlar beradi va yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi. Ijro etuvchi kengash – Xalqaro Valyuta Fondining muhim bo‘qini bo‘lib, kengash operatsion va administrativ xarakterdagi masalalarni ko‘radi, shuningdek, a‘zo-davlatlarga nisbatan Fondning siyosatiga doir masalalar bilan shug‘ullanadi. Ijro etuvchi kengash tarkibiga 24 direktor kiradi, ularning haftada kamida 3 marta rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Kengash direktorlari Boshqaruv kengashi orqali a‘zo-davlatlar tomonidan oilb borilayotgan siyosatni kuzatib boradilar. Hozirgi kunda ijroiya direktorlaridan 8 tasi 1tadan davlat nomidan ish olib boradi: Germaniya, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, qo‘shma qirollik, qo‘shma shtatlar, Frantsiya va Yaponiya. qolgan 16 ta ijroiya direktorlari mamlakatlar guruhi nomidan ish yuritadi. Ijro etuvchi kengash kamdan-kam hollarda qarorlarni rasmiy ovoz berish yo‘li bilan qabul qiladi, buning o‘rniga a‘zolar pozitsiyasining to‘liq roziligini ta‘minlashga harakat qilinadi, bunda muhim masalalar bo‘yicha fikrlar to‘qnashuvining minimal darajasiga hamda qabul qilib bo‘lingan qarorlarga umumiy tarzda rozi bo‘lishga erishiladi. Boshqaruvchi – Ijro etuvchi kengash tomonidan saylanadi hamda Ijro etuvchi kengashni boshqaradi va tashkilotning bosh personali hisoblanadi. Ijro etuvchi kengash boshqaruvi ostida boshqaruvchi Xalqaro Valyuta Fondining kundalik 140 faoliyatiga javob beradi. Boshqaruvchi 5 yilga tayinlanadi va keyingi muddatga yana qayta saylanishi mumkin. Haftasiga kamida 3 marta 24 ijro direktorlari ning rasmiy Boshqaruv Kengashi orqali qabul qilingan siyosatining olib borilishini nazorat qiladilar. Hozirgi kunda 8 ijro direktori 1 tadan davlatga ma‘sul: Germaniya, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabiston, Qo‘shma Qirollik, AQSh, Frantsiya va Yaponiya. Boshqa 16 ijro direktori esa qolgan davlatlardan tuzilgan guruhlarga ma‘sul. Xalqaro Valyuta Fondi ―Bretton Woods’ shartnomasiga kora davlatlar to‘lov balansidagi muamolarni yechishga yordam berish va qatiy o‘rnatilgan davlatlar o‘rtasidagi foiz siyosatini belgilashga yordam berish maqsadida tuzilgan. 1971 yilda Bretton Woods ning qatiy o‘rnatilgan almashinuv kursi tugatilgandan keyin XVF yangi qonunlarni qabul qildi. XVF ga azo mamlakatlar bir birlari uchun malumot yig‘uvchi hamda texnik yordam beruvchi mamlakatlar bo‘lgan. Shunga qaramay XVF o‘zining qatiy belgilangan almashinuv kursini oshirishga uzoq vaqt mobaynida harakat qilmadi, uning xalqaro qarz beruvchi sifatidagi o‘rni ko‘proq muhim bo‘lib boraverdi. Ayniqsa uchinchi Jahon qarz inqirozi davrida yani 1980 yillarda XVF ning qarz beruvchi sifatidagi roli birinchi bo‘lib paydo bo‘lgan va XVF rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzlarini qaytarishga ko‘maklashgan. Mexicodagi 1994-1995 va sharqiy Osiyodagi 1997-1998 yillardagi moliyaviy inqiroz bu davlatlarni moliyaviy inqirozdan chiqish maqsadida XVF dan katta miqdorda qarz olishga sabab bo‘ldi. Buning natijasida ular inqirozni boshqa mamlakatlarga yuyilshini oldini olib qoldilar. Shundan keyin 2010 yilda boshlangan inqiroz Gretsiya, Irlandiya va Portugaliya mamlakatlari uchun o‘z davlat qarzlaridan qutilish maqsadida katta miqdorda XVF didqan qarz olishni taqazao qildi. Va nihoyat XVFning Xalqaro qarz beruvchi sifatidagi oxirgi va muhim roli bu mamlakatlarni inqirozdan saqlab qolish. Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarning markaziy banklari shuning uchun ham oxirgi qarz beruvchi vazifasini muvofaqiyatli bajarishi uchun har doim kam imkoniyati bo‘ladi. Biroqbuni taminlashning yagona yo‘li sifatida likvidlilikni keltirish mumkin, va millity valyutani barqarorligiga yordam beruvchi omillar va to‘lov balansini mustahkamlashni kiritishimiz mumkin, qolaversa Xalqaro qarz beruvchi sifatidagi yana bir vazifa bu bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar milliy valyutasini keng mamlakat bo‘ylab yoyilishiga va uni barqarorligini taminlashga yo0rdam beradi chunki buni mamlakat ichida yakka tartibda moliyaviy qo‘llab quvvatlashlarsiz hakl etib bo‘lmaydi, Chunki Meksikadagi 1994 yilgi inqirozda XVF va boshqa moliya institutlari oxirgi qarz beruvchi vazifasini bajarib mamlakat iqtisodiyotini yo‘qotishlardan saqlab qolib barqarorligini taminlagan. Xalqaro tashkilotlar uchun vujudga kelayotgan muammolardan biri XMT oxirgi kreditor vazifasini bajarmoqda . Agar u kredit olayotgan davlatga yordam bera olmasa bu mamlakatda riskning kuchayishi va siyosiy niobarqarorlikka ham olib kelishi mumkin. Inqiroz bo‘layotgan davlatdagi siyosat bu muammolarni amalga oshirishi mumkin. Shuningdek bunda xalqaro kredit beruvchilar oxirgi boshqichdagi hisoblanadi. Ular XMTning saqlab qolishiga umid qiladilar. Bunday 141
Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling