Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar


Pul islohotlarini amalga oshirish usullari


Download 1.58 Mb.
bet2/127
Sana09.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1448543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
pul va banklar

2. Pul islohotlarini amalga oshirish usullari.
Agar inflyasiya suratlari yukori bulsa, denominatsiya o‘tkazish xech kanday samara bermasligi mumkin. Fakat pul isloxotini o‘tkazish yuli bilan pul tizimini barkarorlashtirish mumkin bo‘ladi.
Pul isloxotini o‘tkazish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi lumkin:
- muomaladagi pul massasini kamaytirish maksadida, deflyasiya kursi bo‘yicha pullarni yangi pullarga almashtirish:
- axoli va korxonalarning banklardagi jamg‘armalarini vaqtincha (to‘lik yoki qisman ) xarakatsiz ushlab turish ( qotirib qo‘yish):
- ikkala usulni birgalikda qo‘llash yo‘li orqali pul isloxotini o‘tkazish: bu usul xalqaro amaliyotda “shok yuli” bilan davolash nomi bilan mashxurdir.
Bu usul 1948 yilda G‘arbiy Germaniyada xarbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o‘tishda qo‘llanilgan. “SHok yuli” bilan davolashda ish xaqini to‘lashni to‘xtatib qo‘yish, ishlab chikarishni qiskartirish, pul isloxatini o‘tkazish, ish o‘rinlarini qisqartirish kabi qattiq choralar qo‘llanilishi mumkin. Masalan, G‘arbiy Germaniyada 1948 yilning iyun oyida o‘tkazilgan pul islohatida axolining nakd pullari va jamg‘garmalari 6,5 yangi nemets markasiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi. Aholining pul jamg‘armalarini to‘lash vaqtincha to‘xtatilgan, keyinchalik faqat 30 foiz atrofida to‘langan va xar bir kishiga 60 nemets markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning reyx markasidagi qarzi, mamlakatda bo‘lgan disbalans tugatilgan va shu yo‘l bilan inflyasiyaning o‘sish sur’atlari tuxtatilgan. “SHok yuli” bilan davolash YAponiyada 1949-50 yillarda o‘tkazilgan va u “Dodj rejasi” degan nomini olgan.Bu rejaga asosan YAponiyada inflyasiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar amalga oshirilgan.Erkin baxoga o‘tish bilan bir vaqtning o‘zida er islohati o‘tkazildi, byudjet kamomadini yo‘kotish yo‘llari ishlab chiqildi. YAponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi korxonalarga davlat tomonidan beriladigan subsidiya bekor qilindi, korxona, tashkilotlarga kredit berish shartlari mukammallashtirildi, axoli jamg‘armalari ishlatilmasdan qotirib qo‘yildi. Iqtisodni “shok yuli” bilan davolash SHarqiy Evropa mamlakatlari -YUgoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda ham qo‘llanilgan.



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling