Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar


Download 1.58 Mb.
bet8/127
Sana09.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1448543
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127
Bog'liq
pul va banklar

Kredit ob’ekti bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan va qarz oluvchidan kreditor (qarz beruvchi)ga qaytib beriladigan qiymatdir.
Bunda qarzga berilgan mablag‘ o‘z qiymatini saqlab qolishi kreditning asosiy sifati hisoblanadi.
Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi.
Kreditning harakat bosqichlari ham uning muhim belgisi hisoblanadi. Qarzga beriluvchi qiymat harakatini quyidagi sxemada ifodalash mumkin:

Bk Okz Ik ... Vr ... Qk Fks


Bk – kreditning berilishi;


Okz– kreditning qarz oluvchi tomonidan vaqtinchalik ehtiyojlarini qondirish uchun olinishi;
Ik – kreditning ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olganligi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi;
Vr – qarz oluvchining xo‘jaligida qarzga olingan qiymat aylanmasi tugallanishini resurslarning aylanmadan chiqarilishini ifodalaydi;
Qkkreditni qaytarish;
Fks – vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo‘liga qaytib kelishi (% bilan).
Kreditning mohiyatini malum vaqtdan keyin qaytarib berish va foiz bilan qaytarish sharti yanada kengroq ochib beradi. Bu har ikkala shartdan tashqari, kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida harakat qilishini asoslash uchun iqtisodiy munosabatlarning chuqur ijtimoiy iqtisodiy belgilarini hisobga olish zarur.
Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Tahlil jarayonida yangidan yangi belgilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin.
Har qanday iqtisodiy kategoriya o‘zining funksiyalariga ega bo‘lgani kabi kredit ham o‘zining bir qator funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o‘rni va ahamiyati bajarayotgan funksiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning funksiyasi – bu kreditning iqtisodiyotdagi faoliyati konkret ravishda namoyon bo‘lishidir.
Kreditni tahlil qilishda, funksiya, uning mohiyati va ahamiyati o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in sifatida ko‘rib chiqiladi.
Kreditning funksiyalari haqida olimlar o‘rtasida yagona izchillik yo‘q.
I. Lavrushinning fikricha, kreditning funksiyalarini tahlil qilishda ikkita echilmagan muammo mavjud:
1. Funksiyani tushunishning uslubiy asoslari.
2. Funksiyalarning tarkibi va strukturasi.
Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi munosabatlarga xos funksiyalar taalluqli:
a) kreditorning qarz oluvchi va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati orqali;
b) qarz oluvchining kreditor va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati orqali;
v) qarzga beriluvchi qiymat bilan kreditor va qarz oluvchining munosabati orqali.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling