Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
Bank tizimi va uning elementlari
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
5.Bank tizimi va uning elementlari.Bank tizimi-tor ma‘noda bank muassasalari yig‘indisidir. Bank tizimi keng ma‘noda bank muassasalari va ular faoliyatining meyoriy huquqiy asoslari, tashkiliy moddiy-texnik va moliyaviy asoslarining yig‘indisidir. 1996-yil 25-aprelda ―Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida’gi qonun; 1995-yil 25-dekabrda ― O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida’gi qonun. Ikkala qonun ham 2019 yilda yangi tahrirda qabul qilindi. Amerikalik olim Fridrix Mishkin, rus olimi Andrushen va yana ko‘plab olimlar sug’irta kompaniyalarini, pensiya fondlarini va kredit uyishmalarini bank tizimi tarkibiga kiritadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 2 pog‘onali bank tizimi shakllanadi: 1-pog‘onada Makaziy bank ; 2-pog‘onada Tijorat banklari turadi. Lekin 3 pog‘onali bank tizimi ham paydo bo‘ldi. Bunga misol qilib, Yevropa hududiga kirgan mam;lakatlarning bank tizimini ko‘rsatish mumkin: Yevropa Markaziy banki Yevro hudud mamlakatlarining Markaziy banki Yevropa hudud mamlakatlarining tijorat banklari Bank tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi: Bank tizimining huquqiy asoslari . Bank tizimining tashkiliy asoslari. Masalan: AQShda tijorat banklari tashkiliy tuzilishiga ko‘ra 2 ga ajratiladi: Universal banklar-depozit qabul qilish huquqiga ega, kreditlash, hisob- kitoblar va boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. Lekin ular qimmatli qog’ozlar chiqarish yo’li bilan resurs jalb qilish huquqiga ega emas. Universal banklar federal zaxira tizimi tomonidan nazorat qilinadi. Investitsion banklar-depozit qabul qilish huquqiga ega emas. Ular qimmatli qog’ozlarini muomalaga chiqarib, resurslar jalb qiladi va bu resurslardan o’rta va uzoq muddatli kreditlar beradi. Xitoyda 4 ta bank Markaziy bank bilan bir xil bank turadi: Xitoy sanoat banki, Xitoy qishloq-xo‘jalik banki , Xitoy eksport-import banki va Xitoy banki. Bank tizimining iqtisodiy asoslari. Banklar faoliyat yuritish uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan miqdorda ustav kapitalini shakllantirish lozim. Ustov kapitali shakllangandan keyin Markaziy bank tijorat banklarga Bosh litsenziya beradi. Banklar turlari. Tijorat banklari mijozlarning tarkibiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi: ulgurji banklar – bu banklar yirik kompaniyalariga moliyaviy xizmat ko‘rsatish, aholi va kichik biznes sub’yektlari bilan ishlamaydi. chakana banklar – faqat aholiga va kichik mijozlarga moliyaviy xizmat ko‘rsatadi. aralash banklar bu banklarning mijozlari tarkibida aholiga ham , kichik sub’yektlariga ham yirk kompanyalarga xizmat ko‘rsatadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling