Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar


Federal Zaxira Tizimi boshqaruv Kengashi


Download 1.58 Mb.
bet43/127
Sana09.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1448543
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127
Bog'liq
pul va banklar

Federal Zaxira Tizimi boshqaruv Kengashi.


FZT mavjud bo‘lgan yillaridagi boshqaruv kengashining barcha ishtirokchilarining ro`yxati.
FZTni 7ta ishtirokchidan tashkil topgan, Boshqaruv Kengashi boshqaradi Vashingtonda shtab kvartirasi joylashgan. har bitta boshqaruvchi AQSH prezidenti orqali tayinlanib Senat tomonidan tasdiqlanadi. Prezident nazoratini FZTustidan cheklash maqsadida va ularni boshqa siyosiy ta’sirlaridan cheklash uchun, boshqaruvilar 14 yillik uzaytirilmaydigan muddat bilanishlaydilar, shunda har bir boshqaruvchining muddati har yanvarda tugaydi. Boshqaruvchilar (ko`pchiligi iqtisod mutaxassislari) Federal zaxiraniturli xil viloyatlarini taqdim etishlari kerak. Bir viloyat ikkinchisi ustidan nazorat qilolmasligi uchun. Boshqaruv Kengash Raisi 7ta boshqaruvchi ichidan saylanib, keyingi 4yil davomida shu lavozimni egallaydi. yangi Rais tayinlanishi bilan, eski Rais faoliyati tugash muddati kelmagan bo`lsa ham, kengashdan ketishi zarur.
Boshqaruv Kengashi davlatdagi monetar siyosatni olib borishda faol ishtirok etadi. barcha 7ta boshqaruvchi FOMC ishtirokchilari va ovoz berish huquqiga ega. FOMCda 12tagina ishtirokini ovozi inobatga olingani uchun, Boshqaruv Kengashi ko`proq ovoz berish huquqiga ega. Shuningdek boshqaruv Kengashi, zaxira
bo`yicha talablarni belgilaydi (qonun doirasida), diskont stavkani samaradorligini boshqaradi, va federal zaxira banklari belgilagan diskont stavkani tekshirib, tasdiqlaydi. Boshqarma Kengashini Raisi iqtisodiy siyosat bo`yicha AQSH prezidenti kotibi bo‘lib, ommaviy axborot vositalarida FZTnomidan chiqib, Kongressga ma’lumot beradi. Rais va boshqa boshqaruvchilar xalqaro muzokaralarni olib borishda iqtisodiy savollar bo`yicha, AQSHni taqdim qilishlari mumkin. Kengash professional iqtisodchilar shtatiga ega bo‘lib, ular Kengash qarorlarini to`g`riligini isbotlab, analitik tadqiqotlarni olib borishadi.
FZT boshqaruv Kengashi tadqiqot bo`limini roli.
FZT nafaqat AQSHda, balki butun dunyo bo`yicha eng katta iqtisodchilar shtatiga ega. Tadqiqotchi - iqtisodchi shtati 1000ga yaqin odamdan iborat bo‘lib, yarmidan ko`pi iqtisodchilar. Ulardan 500tasi iqtisodchi bo‘lib, 250tasi boshqaruv Kengashida, 100tasi Nyu-York FZBda, qolganlari boshqa FZBlarida ishlaydilar. ularning ishlari nimadan iborat?
FZT iqtisodchilarining asosiy vazifasi-davlat va xususiy tashkilotlarni ma’lumotlarini tahlil qilib, siyosiy arboblarga iqtisodiy siyosatni qanday boshqarishi haqida va harakatlarning ehtimoliy oqibatlari nimalarga olib kelishi haqida tavsiyalar taqdim etish, FOMCning har bir kengashi oldidan har bir FZB ekspertlari bank boshqaruvchilarini batafsil milliy iqtisodiyotni rivojlanishini bashorati to`g`risida, kengashda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan savollarni muhokama qilish haqida ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak.
Shuningdek viloyat bankining tadqiqot markazi FOMC majlisiga bank prezidenti uchun o`z viloyati bo`yicha iqtisodiy siyosat va milliy iqtisodiyotni bashoratlari haqida ma’lumot beradilar. Boshqarma Kengashining iqtisodchilari, milliy iqtisodni bashorat qilishga yordam beradigan katta ekonometrik modeldan foydalanib, uning barcha jihatlari bo`yicha boshqaruvchilarga ko`rsatmalar beradilar.
Bundan tashqari FZT ekspertlari bank nazorati guruhiga yordam sifatida banklarning rivojlanish tendensiyasini va boshqa moliya muassasalari va bozorlarni o`rganib chiqishadi. Boshqarma Kengashi banklarning birikmasi haqida qaror qabul qilishi kerak bo‘lgani sababli, boshqarma Kengashi kabi tadqiqot markazlari va shu viloyat banklari birikish bo`lishi kerak bo‘lgan joyda, raqobatli muxitga ta’sir qiluvchi birikish haqidagi ma’lumotlarni yigishadi.
AQSH iqtisodiyotiga ta’sir qiluvchi boshqa mamlakatlarning iqtisodiyotini nazarga olib, FZT ekspertlari boshqa mamlakatlar iqtisodiy rrivojlanishi ma’lumotini, va monetar siyosatga ta’sir qiluvchi valyuta bozorlarini tendensiyalarini urganib chikadilar. Bundan tashqari, ekspertlar zaxira darajasi va monetar agregatlarni darajasini bashoratlab, ochiq bozordagi operatsiyalarni olib borishda yordam beradilar.
FZT ekspertlari shuningdek asosiy tadqiqotlarni ya’ni monetar siyosatni Inflatsiya darajasi va ishlab chiqarishga ta’siri, mehnat bozori rivoji, xalqaro savdo, xalqaro fond bozorlari, banklar va boshqa moliya muassasalari, viloyat iqtisodiyotini tadqiqoti bilan shug’ullanishadi. Bu tadqiqotlarning natijalari akademik jurnallarda va FZT nashriyotlarida keng ko‘rsatiladi. (oxirgisi talabalar uchun yaxshi ma’lumot negizi bo‘lib xizmat qiladi.)
Ekspertlarning yana bir muhim faoliyat turi bu viloyat banklarining ta‘limi. Iqtisodchilar ko`pincha axoli uchun yoki bank boshqaruv kengashi uchun taqdimotlar o‘tkazib berishadi.
Qonunchilik bo`yicha boshqarma kengashi ko`pincha monetar siyosat bilan bog’liq bo`lmagan masalalarni hal qilishiga to`gri keladi. Masalan, oldin Kengash ko‘rsatmalari bo`yicha qaysidir depozitlarga foiz stavkani maksimal xajmini belgilardi. (1986 yildan so`ng muddatli depozitlar bo`yicha maksimum foiz stavka bekor qilindi, ammo, talab qilib olguncha bo‘lgan depozitlar foizlar to‘lanishi me’yori qoldirildi). Qonun bo`yicha 1982 yilgacha faoliyat qilgan, 1969 yil kredit berilishi nazorati bo`yicha, Kengash prezident tomonidan sanksiyalangan kreditlarni nazorat va boshqarish huquqiga ega bo‘lgan. Shuningdek Kengash qimmatli qog‘ozlarning narxini yarmini belgilab, zayom mablag‘lardan hisobidan emas, balkim naqd pul bilan tulanishi lozim. Bundan tashqari prezident va federal zaxira banklarining barcha ma‘muriyatlarining okladini belgilaydi va barcha banklarning byudjet daromadini nazorat qiladi. Nixoyat Kengash bank boshqaruvi bilan shug’ullanadi: ya’ni yangi banklarning tuzilmasi va o`zaro qo‘shilishini, bank xolding kompaniyalarining majburiyatlarini belgilaydi, AQSHdagi chet el banklarini nazorat qiladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling