Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
Valyuta inqirozi to`liq masshtabli moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
Valyuta inqirozi to`liq masshtabli moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi.2002 -yilning iyunigacha 1,00$ qiymatdan 0,30$dan pastroqgachapesoning kursi erkin ravishda pasaydi va keyinchalik 0,33$ atrofida barqarorlashdi. Boshqa inqiroz yuz berayotgan davlatlarga qaraganda Argentinada AQSH dollarida ifodalangan yuqori foizli qarz mavjudligi boispesoning qadrini tushishining ta‘siriayniqsa banklar balansiga juda xalokatli edi.Inqirozdan oldin pesoqadrini uchdan bir martagapasayishi, dollarda ifodalangan barcha qarzlarning pesoda uch barobarga oshib ketishiga olib keldi. Argentinasavdo sektori kichik bo`lganligi bois, ko`plab tijoratchilarning ishlab chiqarishi pesoda baholangan edi. Agarda ular barcha dollardagi qarzlarini qaytarishga to`g`ri kelib qolsa, deyarli barcha firmalar to`lovga layoqatsiz bo`lib qolar edi. CHunki sof qiymat tanlovning yomonlashishi hamda psixologik risk muammosini yumshata olmasligi sababliyaratilgan shunday muhitda moliyaviy bozorlar faoliyat ko`rsata olishmaydi.(12-rasm) Defoltga uchragan xukumat qarzidan yo`qotishlar va kreditdan yo`qotishlarning oshishi Argentina banklarining balansini juda yomon ahvolga olib keldi. Keyinchalik, banklarlan depozitlarni talab qilinib olinishiyirik hajmda depozitlarni oqib chiqib ketishiga olib keldi.YAngidan kreditlar ajratish uchun resurslarni etishmasligi banklar tomonidan tanlovning yomonlashuvi va psixologik risk muammosini xal qila olmasligiga olib keldi. Xukumat obligatsiyalarining defolti va Argentina moliya bozorlaridagiholat xorijliklarning ortiq kredit berishini xoxlamasligini va xaqiqatda o`zlarining pullarini mamlakatdan olib chiqib ketayotganliklarini anglatar edi. Moliyaviy tizim xavfda turganligi bois, moliyaviy oqimni sekinlik bilan to`xtashiga olib keldi. Kreditlashning pirovard qisqarishi keyinchalik iqtisodiyotni pasayishiga etakladi. Corralito iqtisodiyotni pasayishida muhim rol o`ynadi. Naqd pul olishning qiyinlashishi Argentinada yirik bo`lgan va asosan naqd pulda faoliyat yurituvchiyashirin iqtisodiyotning keskin pasayishiga sabab bo`ldi. (13- rasm) Janubiy Koreyada bo`lgani kabi valyutaga muvaffaqiyatli spekulyativ xujumdan so`ng Argentina valyutasi kursining pasayishi bevosita inflyasiyani keltirib chiqarib, Argentina markaziy bankining inflyasiyani nazoratda ushlab turish ishonchliligini kuchsizlandi va import narxlari o`sdi. Haqiqatda, Argentinaning yuqori darajadagi inflyasiyaga ega tarixiy o`tmishi Janubiy Koreyaga nisbatan Argentinada kutilayotgan inflyasiyani yuqori bo`lishini anglatar edi. Bu holat nafaqat ishlab chiqarishning pasayishini, balki inflyasiyaning Janubiy Koreyada sodir bo`lgan moliyaviy inqiroz sharoitidagiga nisbatan ancha yuqori darajada o`sishini ko`rsatar edi. Argentinada yillik inflyasiya 40% atrofida o`sdi. Haqiqatdagi inflyasiyaning o`sishi kutilayotgan inflyasion o`sish bilan birgalikda sodir bo`lishi foiz stavkalarning yanada yuqoriroq darajaga ko`tarilishiga olib keldi. YUqori foizli to`lovlar uy xo`jaliklari va firmalarning naqd pul oqimini pasayishiga olib keldi. Natijada uy xo`jaliklari va firmalar o`zlarining investitsiyalarini moliyalashtirish uchun tashqi fondlar izlashga majbur bo`lishdi. Moliya bozorlaridagi noaniqliklar va assimetrik ma‘lumotlar muammosi juda chuqurligi investitsiyalarni moliyalashtirishning iloji yo`qligini anglatar edi.Uy xo`jaliklari va tijoriy faoliyat vakillari qo`shimcha xarajatlarni kamaytirishdi.Bizning yalpi talab va taklifimiz bashorat qilganidek, Argentina iqtisodiyoti keskin pasaydi. 2002 -yilning birinchi choragida ishlab chiqarish yillik 15%dan yuqori miqdorda pasayganligi ifodalangan. Kambag`allik darajasi dramatik ravishda o`sib, 2002- yilda Argentina axolisining kambag`allik darajasi salkam 50%dan oshganligini ko`rishimiz mumkin. Argentina o`z tarixida kuchli iqtisodiy depressiyani boshdan kechirayotgan edi – xar bir daqiqa juda yomon bo`lib, balki Buyuk Depressiya davriga nisbatan yomon edi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling