Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Kredit qonunlarining zarurligi va ob’ektivligi.
- xarakteri bo‘yicha - davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga;
- shakli bo‘yicha - davlat, bank, tijorat; - tashqi savdo tizimida tutgan o‘rni bo‘yicha - eksportni kredit, importni kreditga; - muddati bo‘yicha - qisqa muddatli-1 yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga; - ob’ekti bo‘yicha - tovar va valyuta; - ta’minlanganligi bo‘yicha - tovar-moddiy boyliklar bilan yoki xujjatlar bilan taminlangan kreditlarga bo‘linadi. Eksportni kreditda davlat tomonidan subsidiya ajratilganligi uchun firma kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari odatda foiz stavkalarining bozor baxosidan past bo‘ladi. Xalqaro bank kreditlarining bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit), evrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan evrovalyuta bozori resurslari xisobidan evrovalyutada, 2 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatga, o‘zgaruvchan foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud. 6. Kredit qonunlarining zarurligi va ob’ektivligi. Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha olib kelish xato hisoblanadi. Alohida olingan bir omilning o‘zi kredit berilishi uchun u yoki bu darajada etarli bo‘lmasligi mumkin. Masalan, aytaylik korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishi jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug‘iladi. SHunga asosan kredit takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi, degan shartga asoslangan holda kredit berilishi kerak. Ammo bunda qo‘shimcha resurslarga muhtojlik o‘z o‘zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini ifodalamaydi. Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar ham mavjud bo‘lishi kerak. Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur. Tijorat kreditida kreditor va qarzdorlar bo‘lib faoliyat kursatuvchilar (ishlab chikaruvchilar) xisoblanadilar. Tijorat kreditining cheklanishlari mavjud bo‘lib ular: - faoliyat ko‘rsatuvchilarning zaxira kapitallari xajmi bilan cheklanganligi, ya’ni unga xozirgi davrda oborot (muomala) uchun zarur bo‘lmagan kapital bilan cheklanganligi; - yo‘nalishiga ko‘ra, uni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qiluvchilarga berishi mumkin, ammo teskarisi bo‘lishi mumkin emas. Tijorat kreditidan farkli ularoq bank krediti nafaqat tovarlar muomalasiga xizmat kursatadi, balki yanada kengrok muxitda faoliyat ko‘rsatadi. Bank krediti - pul egalari, banklar va boshka kredit institutlari tomonida ishlab chikaruvchilarga, xamda boshka qarz oluvchilarga pul shaklida beriladigan ssudalardir. Bank kreditining ob’ekti- pul kapitalidir. Bank kreditida ishlab chikaruvchi shaxslar (faoliyat kursatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar bo‘lib esa ssuda kapitali egalari xisoblanadilar. Bank krediti jamiyat barcha sinflarini pul daromadlari va jamg‘armalarini kapitalga aylantirib kapitalni jamg‘arilishiga sababchi bo‘ladi. Tijorat krediti veksel bilan xujjatlashtiriladi. Tijorat kreditining foizi, tovarlar pagonasiga va veksel summasiga qo‘shiladi va u bank krediti foizidan past bo‘ladi. Bank kredit foizining maksadi ssudalar xisobiga daromad (foyda) olishdir. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling