Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar


Federal zaxira tizimining norasmiy tuzilishi


Download 1.58 Mb.
bet45/127
Sana09.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1448543
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127
Bog'liq
pul va banklar

Federal zaxira tizimining norasmiy tuzilishi.


Federal rezerv Qonuni va boshqa qonuniy xujjatldarni urgangan paytda biz FZTning rasmiy tuzilishi va monetar siyosatga tegishli qarorlarni kim qabul qilishini ko‘ramiz. Ammo qonunchilikdagi belgilangan faoliyat qarorlarni qabul qilinish tartibi va xukmronlikni haqiqiy bo‘linmasini to‘liq ko‘rsatmaydi.
FZT yaratuvchilari 1913 yilda bu tizim 12ta alohida o`zaro aloqador markaziy banklarni birlashtiruvchi butunlay nomarkazlashgan tizim bo‘lishi kerakligi haqida fikr berishgan. Boshlangich rejada FZT foiz stavkalarini boshqarib, pul massasini nazoratini olib borishda iqtisodiyotni axvoliga umuman ma’sul emasligi belgilangandi. Keyinchalik FZT iqtisodni barqarorlashishiga javob bera boshladi va u bilan o`zini yagona markaziy bank bo‘lib aylanishiga yordam berdi.
1913 yilda federal zaxira Qonuni mualliflari FZT monetar siyosatni boshqarishda faqat bitta instrument ya’ni FZTga kiruvchi banklarning diskont ssudalarini boshqarish orqali ishlatadi. Ochiq bozordagi operatsiyalarni ishlatilishi oxirgacha tushunasiz edi, chunki zaxira talablari Federal zaxira Qonuni bilan mustahkamlanardi. Diskont ssudalar federal zaxira banklari va Federal zaxira Kengashi qarori bilan birgalikda berilardi, shuningdek ikkalasi ham monetar siyosatni belgilashi mumkin. Ammo, kengashning diskont stavkani «tekshirib tasdiqlash» qarori, shu siyosatni belgilashda viloyat banklari ustidan xukmronlik qilishga huquq berardi.
Buyuk Depressiya davrida qaytadan tiklangan FZT boshqaruv Kengashining markazlashgan hukmi qonuniylashgan edi. Monetar siyosatning 2ta instrumenti tasarrufiga o`tdi, - ochiq bozordagi operatsiyalar va zaxira talablarining o`zgartirilishi. 1933 yildagi Bank tizimi haqidagi Qonun FOMCga ochiq bozorni boshqarish imkonini, 1935 yildagi bank tizimi haqidagi qonun esa boshqaruv kengashiga FOMCdagi ko`proq ovoz berishni va zaxira talablarini o`zgartirishga huquq berdi. 1930 yillardan boshlab FZT boshqaruv kengashi tasarrufiga monetar siyosatning barcha instrumentlari kirdi. So`nggi yillarda uning xukmi o‘sib bordi. Kengash qarori bilan direktorlar federal zaxira banklari prezidentlari tayinlansada, ko`pincha amaliyotda kengash viloyat banklari direktorlariga o‘z nomzodlarini (iqtisodchilarni) bank prezident lavozimiga taklif etadilar va direktorlar ham shu taklif bilan qo`shiladilar. Bank prezidentining okladini belgilaganda vahxar bir bank byudjetini tekshirganda boshqaruv Kengashi qo‘shimcha ravishda viloyat banklari faoliyatiga ham ta’sir qiladi.
Agar boshqaruv Kengashining hukmi shunday bo`lsa u xolda Federal konsultativ kengash va FZB egalari FZT tasarufidagi banklar amaliyotda qanday huquqlarga ega? Umuman xech qanday. FZT ishtirokchi banklari FZB aksiyalari egalari bo`lsa ham ular o‘z mulkidan xech qanday foyda ko`rmaydilar. Birinchidan ular, FZT kancha daromad olganiga qaramasdan yiliga 6%dan ko‘p bo`lmagan dividentga ega. Ikkinchidan ular xususiy korporatsiya aksionerlaridan ko‘ra FZTda mulki qanday ishlatilishiga ta’sir qilmaydilar. Uchinchidan odatda o`ta direktorlik joyiga faqat 1tadan nomzod bank ishtirokchilar tomonidan qo‘yiladi, va shu nomzodni ko`pincha FZB prezidenti tayinlaydi (o‘z navbatda boshqaruv Kengashi bilan tasdiqlangan). Natijada FZT bank ishtirokchilari ko`pincha siyosiy vaziyatdan chetlashtirilib real voqealarga kamdan kam ta’sir ko‘rsatadilar. Turtinchidan, Federal konsultativ kengashi uz nomidan kelib chiqib faqat maslahat berish imkoniga ega va FZT real faoliyatini boshqara ololmaydi. Ammo, FZT bank ishtirokchilari o`z mablag`iga hukmdor bo`la olmasligiga qaramasdan, ular FZTda asosiy ko`rimsizgina bo`lsada o`rin egallaydilar.
Federal zaxira tizimi Bank ishtirokchilarning o`rni.
FZT bank ishtirokchilari FZB aksionerlari bo`lsa ham FZTga to`g`ridan to`g`ri faoliyatiga ta’sir etmay asosiy urini egallaydilar. Direktorlar kengashida ularning 6ta vakolatchilari har bir FZBda nazorat funksiyasini olib boradilar. Qolgan 3ta direktorlar bilan ular FZB audit faoliyatini nazorat qiladilar. Diskont stavkani o`zgarishi bo`yicha takliflarga ovoz berish yo‘li bilan, monetar siyosatni munozarasida ishtirok etishadi va xususiy sektorning vakili sifatida prezident va bank direktorlariga o`z fikrlarini bildirishadi. Shuningdek ular FZBning ishini ichidan ham o‘rganishadi. Shuning uchun ular Federal zaxiradagi vaziyatni xususiy sektor vakillari va siyosatchilarga tushuntirib berishlari mumkin.
Umuman olganda federal zaxira bank egalari ovozga ega bo`lmasa ham, ular Federal zaxirada xususiy sektor talabi va xoxishlari bilan aloqani ushlab turishda muhim o`rin egallaydilar.
FZTni hozirgi vaziyatda Vashingtondagi shtab kvartiraga va 12ta shaharda filialarga ega markaziy bank deb ta‘riflash joiz (Kolumbiya federal okrugi). Agarda FZTni barcha faoliyat turlarini amalda Kengash boshqarsa, Kengashni kim boshqaradi? Boshqaruv Kengash Raisi qonun bo`yicha uning faoliyatini nazorat qilish vazifasi yuklatilmagan bo`lsa ham shu ishni FZT nomidan Kongress eki AQSH prezidentiga taqdim etadi. SHunindek boshqaruv Kengashi va FOMC majlislarini kun tartibini belgilab beradi. Masalan, FOMC majlislarida Kengash raisi monetar siyosat masalasi bo`yicha birinchi bo‘lib so`z boshlashi, unga konkret yo`nalishlariga ko`proq ta’sir ko‘rsatilishi huquqi beriladi. Boshqaruv Kengashi raisining o`rni uni tashki kurinishi va shaxsiy sifatlari ham rol uynaydi. Kengash raislari doimo qo‘yilgan maqsadga erishuvchi kuchli sifatlarga ega shaxslar bo‘lib hisoblanganlar.
Boshqaruv Kengash raisining faoliyati mutaxassis maslaxatchilar va iqtisodchilardan tashkil qilingan katta shtat ushlab qo‘llab quvvatlaydi. Kengash uchun ma’lumot tuplab va uning uz yechimlarini ishlab chikishdagi analitik tadqiqotlarini olib borish bilan birgalikda, olimlar shu bilan birga monetar siyosatga ham ayrim ta’sirni ko‘rsatadilar. Bundan tashqari boshqaruv
Kengashining ayrim ishtirokchilari oldin mutaxassis maslaxatchilardir, shuning uchun raisning ta’siri kuchayadi va 4 yillik muddatdan ko`proqa cho‘zilishi mumkin.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling