Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
Kredit – ijara (lizing)Iqtisodiy nuqtai nazardan, kredit – ijara (lizing) murakkab savdo – moliya – kredit operatsiyalarining bir shakli hisoblanadi. Kredit – ijaraning asosiy xususiyatlari sifatida lizing muddati davomida ijaraga berilgan vositalarga nisbatan egalik huquqini saqlab qolishdir. Uning asosiy shakllaridan biri mashina va jihozlarni ijaraga berish, asosiy usullaridan biri investitsiyalarni moliyalashtirish va ta‘minotni faollashtirish hisoblanadi. Kredit – ijara (lizing) operatsiyasida odatda 3 tomon ishtirok etadi: ishlab chiqaruvchi (tovar sotuvchi), bo‘lajak lizing beruvchiga tegishli mashina va jihozlarni sotuvchi yuridik shaxs; lizing beruvchi, tovar sotuvchidan mashina va jihozlarni sotib oluvchi, mulkning egasi sifatida lizing shartnomasiga asosan ma’lum muddatga va to‘lov evaziga mashina va jihozlarni lizing oluvchiga beruvchi. Odatda, lizing beruvchi sifatida yetarli darajada moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan banklar, ixtisoslashgan lizing kompaniyalari, korxonalar maydonga chiqadi; lizing oluvchi, lizing shartnomasiga ma’lum muddat va to‘lovga asosan mashina va jihozlarni oluvchi shaxs. Odatda, lizing oluvchi sifatida asosan yuridik shaxslar maydonga chiqadi. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o’rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, lizinga olingan mashina va jihozlarning shartnoma muddati tugagandan so’ng lizing beruvchiga qaytariladi yoki lizing oluvchining ixtiyorida qoladi. Lizing o‘ziga xos bo‘lgan shartnoma hisoblanadi, unda ijara elementlari va kredit elementlari mujassamlashadi. SHu bois, lizing so‘zi ‘kredit – ijara’ tarzida talqin etiladi. Lizing iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, kredit munosabatlariga xos bo‘lib, kreditning iqtisodiy mohiyati va elementlarini o‘zida aks ettirsada, kredit sifatida to‘liq e‘tirof etilmaydi. Chunki, kreditor va qarzdor kapital sifatida pul mablag‘i bilan emas, balki ishlab chiqaruvchi jihozlar vositasida o‘zaro munosabatga kirishadi. SHu bilan birga, lizing kredit hisoblanib, unda kreditning barcha tamoyillari o‘z aksini topadi, shu jihatdan lizing qiymat shaklidagi kredit ko‘rinishida emas, balki tovar shaklidagi kredit sifatida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiyotda lizingning qator ijobiy jihatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: lizing oluvchi korxona va tashkilotlarda mashina va jihozlarni sotib olish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar etishmovchiligi yoki mavjud emasligi bilan bog’liq muammolarni bartaraf etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘z faoliyatini yangidan boshlayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga qimmat va zamonaviy mashina va jihozlarni sotib olish bilan bog’liq muammolarni echishga yordam beradi. Bu iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil etishga va boshqa qator ijtimoiy – iqtisodiy ziddiyatlarni oldini olishda muhim rol o’ynaydi; ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mashina va jihozlarni sotish bilan bog’liq muammolar bartaraf etilishi natijasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi ta‘minlanadi; lizing beruvchining ixtiyoridagi pul mablag‘lari samarali manbalarga joylashtiriladi va buning natijasida ma’lum darajada foyda olish imkoniyati vujudga keladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling