Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar


Litsenziya olish uchun takdim etiladigan xujjatlar


Download 1.58 Mb.
bet76/127
Sana09.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1448543
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127
Bog'liq
pul va banklar

Litsenziya olish uchun takdim etiladigan xujjatlar:


  1. Lombardning faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish to`g`risida ariza;

  2. Yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan o`tganligi t o`g`risida guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;

  3. Lombardning bir yillik faoliyati uchun biznes reja;

  4. Muassislar ro`yxati va ular haqida to`lik ma‘lumot;

  5. Lombardning boshqaruv organlari tuzilmasi va shaxsiy tarkibi to`grisida ma‘lumotlar;

  6. Naqd pul mablag`lari va garovga olingan mulklarning shaklanishini ta‘minlaydigan, maxsus jihozlangan xonalar mavjudligini tasdiklovchi ma‘lumotlar;

  7. Lombard shtatida baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega va maxsus kasbiy tayyorgarligi bo`lgan malakali mutaxassislar mavjudligi to`grisida ma‘lumot;

57

  1. Litsenziya da‘vogarining arizasini litsenziyalovchi organ tamonidan ko`rib chiqilishi uchun yig`im to`langanligini tasdiqlovchi to`lov topshiriqnomasining nusxasi;

Lombardlar tomonidan hisobot taqdim etish tartibi

  1. Lombardlar, ular tomonidan olib borilayotgan amaliyotlar hisobini xo`jalik subyektlari uchun o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq amalga oshiradilar. Lombardning buxgalteriya hisobi siyosati uning yuqori boshqaruv organi tomonidan belgilanadi. Buxgalteriya hisobi va boshqa hisobotlar ro`yxati va shakli amaldagi qonunchilikka muvofiq o`rnatiladi.

  2. Lombardlar buxgalteriya hisobida va hisobotlar tuzishda foydalaniladigan hujjatlarning qat‘iy hisobini yuritish va saqlanishini ta‘minlashlari, shuningdek, buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq shubhali qarzlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirishlari shart.

Lombardlarning hisobotlari quyidagilardan iborat:


O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug`i bilan tasdiqlangan 1- shakldagi buxgalteriya balansi;
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug`i bilan tasdiqlangan 2- shakldagi moliyaviy natijalar to`grisida hisobot;
Belgilangan shaklga muvofiq berilgan kreditlar to`grisida hisobot;
Belgilangan shaklga muvofiq ustav fondining miqdori va tarkibi to`g`risida hisobot;



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling