Litsenziya olish uchun takdim etiladigan xujjatlar:
Lombardning faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish to`g`risida ariza;
Yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan o`tganligi t o`g`risida guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Lombardning bir yillik faoliyati uchun biznes reja;
Muassislar ro`yxati va ular haqida to`lik ma‘lumot;
Lombardning boshqaruv organlari tuzilmasi va shaxsiy tarkibi to`grisida ma‘lumotlar;
Naqd pul mablag`lari va garovga olingan mulklarning shaklanishini ta‘minlaydigan, maxsus jihozlangan xonalar mavjudligini tasdiklovchi ma‘lumotlar;
Lombard shtatida baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega va maxsus kasbiy tayyorgarligi bo`lgan malakali mutaxassislar mavjudligi to`grisida ma‘lumot;
57
Litsenziya da‘vogarining arizasini litsenziyalovchi organ tamonidan ko`rib chiqilishi uchun yig`im to`langanligini tasdiqlovchi to`lov topshiriqnomasining nusxasi;
Lombardlar tomonidan hisobot taqdim etish tartibi
Lombardlar, ular tomonidan olib borilayotgan amaliyotlar hisobini xo`jalik subyektlari uchun o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq amalga oshiradilar. Lombardning buxgalteriya hisobi siyosati uning yuqori boshqaruv organi tomonidan belgilanadi. Buxgalteriya hisobi va boshqa hisobotlar ro`yxati va shakli amaldagi qonunchilikka muvofiq o`rnatiladi.
Lombardlar buxgalteriya hisobida va hisobotlar tuzishda foydalaniladigan hujjatlarning qat‘iy hisobini yuritish va saqlanishini ta‘minlashlari, shuningdek, buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq shubhali qarzlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirishlari shart.
Lombardlarning hisobotlari quyidagilardan iborat:
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug`i bilan tasdiqlangan 1- shakldagi buxgalteriya balansi;
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug`i bilan tasdiqlangan 2- shakldagi moliyaviy natijalar to`grisida hisobot;
Belgilangan shaklga muvofiq berilgan kreditlar to`grisida hisobot;
Belgilangan shaklga muvofiq ustav fondining miqdori va tarkibi to`g`risida hisobot;
Do'stlaringiz bilan baham: |