Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
Bank inqirozini belgilovchi mezonlar
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
2.Bank inqirozini belgilovchi mezonlarInqiroz xususidagi adabiyotlarning aksariyatida inqirozning iqtisodiy sikllar bilan bog`lanishini kuzatish mumkin. Biroq ta‘kidlash joizki, sikllarga asoslanib inqirozni oldindan aniq bashorat qilish hech kimga nasib qilmadi. Bundan ko`rinadiki, inqirozni bashorat qilib bo`lmaydi, ammo uni barcha kutadigan bo`lsa, ertagayoq ro`y beradi. Global moliyaviy inqiroz hozirgi kunda hammani hayratga solayotgan bo`lsada, XX asrning 70-yillaridan buyon inqirozli holatlarning yuz berishi oddiy hodisaga aylanib qoldi. Qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida 1970 – 2002- yillar davomida 117 ta tizimli bank inqirozi, 1980- 2002- yillar mobaynida esa 77 ta tizimli inqirozlar yuzaga kelganligi tadqiq qilingan. Bank inqirozi quyidagi holatlarda sodir bo`ladi, agar: ishlamaydigan aktivlarning bank tizimi yalpi aktivlaridagi ulushi 10 % dan ortiq bo`lsa; bank tizimini qutqarish uchun sarflanadigan xarajatlar qiymatining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi ikki foizdan oshiq bo`lsa; banklarning bankrotlashuvi yoki milliylashuvi kuzatilsa; hukumat moliya bozorlari va moliya institutlarini qutqarish uchun ekstraordinar choratadbirlarni qo`llasa; hamma iqtisodiy va moliya inqirozlarning chuqurlashuvi, moliyaviy va makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning pasayishining davomiyligi xalqaro va milliy doirada sodir bo`lsa. Bu o`rinda moliyaviy inqiroz tushunchasining shakllanishiga nisbatan qarashlarni tadqiq qilishni lozim topdik. Dastlab davriy iqtisodiy inqirozlar to`satdan boshlanganligi uchun ham «vahima» tushunchasi bilan ifodalanar edi. Birmuncha muddat o`tgach esa, vahima «depressiya» deb atala boshlandi. Albatta, 63
«retsessiya» tushunchasini muomalaga kiritishdi. Ammo qisqa mudsatda «retsessiya» so`zi ham nozik hissiyotli amerika ommasi uchun birmuncha qo`poldek tuyuldi. So`nggi retsessiya 1957-1958 yillarda yuz bergani e‘tiborga olinsa, shu paytdan buyon moliyaviy inqiroz ko`rinishida iqtisodiy pasayish, «orqaga ketish», «chetlashish» kabi tushunchalar foydalanila boshlandi. Global moliyaviy inqiroz hozirgi kunda hammani hayratga solayotgan bo`lsada, XX asrning 70-yillaridan buyon inqirozli holatlarning yuz berishi oddiy hodisaga aylanib qoldi. Qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida 1970- 2002 yillar davomida 117 ta tizimli bank inqirozi, 1980-2002 yillar mobaynida esa 77 ta tizimli inqirozlar yuzaga kelganligi tadqiq qilingan. Shuningdek, ayrim iqtisodchilar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (OESO) a‘zo bo`lgan rivojlangan davlatlarda 1980-2000 yillar mobaynida 7 ta tizimli inqiroz, xususan, AQSH, Portugaliya va Italiyada kichik ko`lamdagi inqirozlar, YAponiya, Norvegiya, SHvetsiya va Finlyandiyada esa keng ko`lamli inqirozlarning yuzaga kelishini asoslashga harakat qiladi. Norvegiya va Finlyandiyadagi inqirozlar moliyavii tartibga solish tizimidagi nuqsonlarning natijasi bo`lib, iste‘mol va ko`chmas mulk uchun olingan tijorat kreditlari miqsorining keragidan ortiq darajada oshishiga va uyjoy hamda molmulk bozorida ―ko`pik’larning avj olishiga sabab bo`ldi. Pirovardida bu inqiroz mamlakatlarning ishlab chiqarish salohiyatiga keskin salbiy ta‘sir ko`rsatdi. 1991 -1993 yillar davomida Finlyandiyada real uyjoy baholari 30 foizga pasaydi, SHvetsiyada esa mazkur davrda baholarning pasayishi 25 foizni tashkil qildi. Har ikki davlatda ham bank tizimini milliylashtirish choralari ko`rildi.(1- jadval) Yaponiyadagi inqiroz jarayonlari sezilarli darajada uzoq muddat davom etgani bois yalpi yo`qotishlar hajmi ham shunga mos ravishda yuqoridir. Ayni paytda, Yaponiya iqtisodiyoti ―likvidlilik tuzog`i’ga tushib qolgan bo`lib, nol darajadagi foiz stavkalar monetar siyosat samarasini haqiqatda yo`qqa chiqarar edi. Zero, J.M.Keynsning ―likvidlilik tuzog`i’ konsepsiyasiga ko`ra, likvidlilik tuzog`i yuzaga kelganda foiz stavkasining amaldagi holatida aholi har qanday miqdordagi pul mablag`ini ham o`zida saqlashga harakat qiladi. 15.1-jadval Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling