1924-yil 31-oktabr Fayzulla Xo’jayev boshchiligida
O’zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti tashkil
topdi
1924-yil 18-noyabr Turkiston ASSR, Buxoro SSR va
Xorazm SSR MIKlari maxsus qo’shma qaror qabul
qildilar va shu qarorga binoan o’z vakolatlarini
O’zbekiston SSR Sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar
ish ko’ruvchi O’zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy
komitetiga topshirdilar
1924-yil oxiriga kelib qo’rboshilar Turkistondagi
iqtisodiy inqiroz va qashshoqlik, dahshatli ocharchilik,
xalqning og’ir turmushini ko’rmasliklari mumkin emas
edi
1924-yil oxiri Abdulqahhor qo’rboshi Qizilqumda qizil
askarlarga qarshi bo’lgan janglardan birida halok bo’ladi
1924-yil oxiri Turkiston mintaqasida istiqlolchilik
harakatining birinchi davri yakunlandi
1924-yil oxiri Markaz tomonidan XXSR va BXSR
tugatilib, mintaqada o’zbek xalqi davlatchiligi
shakllangan ikki tarixiy markaz yo’qotildi
1924-yil oxiri O’rta Osiyo respublikalari aholisi 8 131
062 kishini tashkil etgan
1925-yil shu yilgi ma’lumotlarga ko’ra ‘’Qo’shchi’’
ittifoqi 200 ming kishini o’ziga birlashtirgan
1925-yil 29-yanvar O’zbekiston SSRda ilk bor
ma’muriy-hududiy bo’linish o’tkazildi
1925-yil 6-12-fevral eski Buxoro shahrida O’zbekiston
kommunistik partiyasining I ta’sis syezdi bo’ldi
1925-yil 12-19-fevral To’rtko’lda dehqon, batrak, va
qizil askar deputatlari Qoraqalpoq avtonom viloyati
Sovetlarining ta’sis syezdi bo’lib o’tdi
1925-yil 13-fevral Buxoroda maxsus qurilgan Xalq
uyida Butuno’zbek Sovetlarining I ta’sis qurultoyi
ochildi
1925-yil 17-fevral ‘’O’zbekiston Sovet Sotsialistik
Respublikasini tashkil etish to’g’risidagi Deklaratsiya’’
qabul qilindi
1925-yil 25-fevral O’zbekiston SSRning tuzilgan sanasi
Do'stlaringiz bilan baham: |