1941-yil 19-iyul I.V.Stalin SSSR Mudofaa xalq
komissari lavozimini egalladi
1941-yil 8-avgust SSSR Qurolli kuchlari Oliy Bosh
qo’mondoni lavozimini egalladi
1941-yil yozi Samarqandda 19-O’zbek tog’-otliq
diviziyasi qayta tuzilib, uning asosida 221-
motorlashtirilgan diviziya tashkil qilindi
1941-yil sentabr-dekabr respublika hukumati xalq
xo’jaligini harbiy izga solish, qaysi korxona qachon
ishga tushirishi to’g’risida, ichki resurslarni to’la
safarbar etish to’g’risida aniq vazifalarni belgilab berdi
1941-yil oktabr Moskva viloyati Ximki shahridan
ko’chirib keltirilgan zavod asosida Toshkent aviatsiya
zavodi barpo etildi
1941-yil 13-noyabr Davlat Mudofaa Komitetining
‘’Milliy harbiy qo’shilmalar tashkil etish to’g’risida’’gi
qarori chiqib, unda O’zbekistonda 5 ta kavaleriya
diviziyasi va 9 ta alohida o’qchilar brigadasi tashkil
qilish zarurligi, diviziyalar tarkibi mahalliy xalqlarga
mansub 40 yoshdan katta bo’lmagan sog’lom kishilar
bilan to’ldirilshi, imkoniyat doirasida rahbariyat tarkibi
ham mahalliy millat vakillaridan bo’lishi ta’kidlandi
1941-yil dekabr shu paytga kelib Toshkentdagi 63 ta,
respublika hududidagi 230 ta sanoat korxonalari
mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi
1941-yil 14-dekabr harbiy korxonalar xodimlari
urushga safarbar qilinganlar qatoriga qo’shildi va shu
korxonalarga biriktirildi
1941-yil shu yil oxirigacha ko’chirib keltirilgan
korxonalardan (100 dan ortiq keltirilgan) 50 tasi ishga
tushirildi
1941-1942-yillar urushning dastlabki yillarida milliy
harbiy qismlarda, xususan, o’zbek diviziyalari va
brigadalarida qurol-yarog’ va o’q-dori miqdori mutlaqo
yetishmagan
1941-yil yoz – 1942-yil bahor namanganlik tarixchi
Boymirza Hayitning yozishicha, shu vaqt oralig’ida 1,7
mln turkistonlik jangchilar nemislarga asirlika tushdilar
Do'stlaringiz bilan baham: |