XX asr 50-yillar boshlari O’zbekistonning tabiiy gaz
mavjud bo’lgan tumanlarda faol geolik-qidiruv ishlari
olib borishga kirishildi
1950-yil O’zbekistonda 2222000 tonna paxta
yetishtirildi
1951-yil ijodkor ziyolilardan Said Ahmad, Shukrullo,
Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Maqsud Shayxzoda,
Mirkarim Osim, Ne’mat Toshpo’lat, Yong’in Mirzo,
Hamid Sulaymonov, Muhiddin Qoriyoqubov va
boshqalar (12 kishi) ‘’sovetlarga qarshi millatchilik
faoliyati’’ olib borganlikda ayblanib, qamoqqa olindi va
25 yilga ozodlikdan mahrum etildi
1951-1955-yillar Urushdan keying 5-besh yillik reja
amalga oshirilgan davr
1952-yil fevral O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining mafkuraviy masalalarga bag’ishlangan X
plenumi bo’lib o’tdi
1953-yil ushbu yildan keyin ham boshqacha
fikrlovchilar ta’qib ostiga olindi va ularning ‘’eng
o’tkirlari’’ doimiy ravishda qatag’on qilib borildi
1953-yil 5-mart KPSS MK Bosh sekretari va SSSR
Ministrlar Sovetining raisi Iosif Stalin vafot etdi
1954-yil Nikita Xrushchev Usmon Yusupovni asossiz
tarzda respublika hukumati raisligidan olib tashlab,
Mirzacho’ldagi ‘’4-Boyovut’’ sovxoziga direktor qilib
jo’natdi
1955-yil Stalin davrida ozodlikdan mahrum etilgan
odamlar Stalin vafotidan keyin sovet rejimi tomonidan
oqlanib, qamoqdan ozod qilindi va O’zbekistonga
qaytishdi
XX asr 50-yillari o’rtalari shu vaqtdan boshlab
O’zbekiston havo yo’llarida yuksak tezliklar va
parvozlar davrini ochib bergan TU-104 rusumli
yo’lovchi tashuvchi samolyotlar paydo bo’ldi
1955-1959-yillar O’zbekistonda 160 ming gektardan
ziyodroq yangi yer o’zlashtirildi
1956-yil Buxoro viloyatida dunyodagi eng yirik va ulkan
Gazli neft-gaz koni topildi
1956-yil O’zbekistonda paxta xarid narxlarini oshirish,
ustama mukofatlar to’lashning yangi tartibi, MTSning
to’lanadigan natura haqi stavkalarini 40 % kamaytirish,
suv uchun to’lanadigan haqni bekor qilish, mineral
o’g’itlar narxini pasaytirish joriy qilindi
Do'stlaringiz bilan baham: |