Namangan viloyati Norin tumani


Download 23.86 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi23.86 Kb.
#1606019
Bog'liq
Manzura aya



Namangan viloyati


Norin tumani
26-umumiy o`rta ta`lim maktabining
Boshlang’ich sinf o`qituvchisi
Karimova Manzuraning
Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan
“O’zbek xalq ertaklari”
mavzusida yozgan
namunali dars ishlanmasi
Mavzu: O’zbek xalq ertaklari
Darsning maqsadi: Badiiy matnni tinglab tushinish ko’nikmasini rivojlantirish.
So’zlarni mustahkamlaymiz 5 daqiqa

1)zavqli 2) sehrli 3) changli 4)odobsiz 5) nursiz


M-O’: Yuqorida berilgan so’zlarni birga talaffuz qiling.
M:O’tgan darslardan o’rganilgan so’zlar yuzasidan ularning imlosini tekshirish uchun diktant o’tkazing . Bir –birlarini tekshirishlarini ayting . birgalikda tekshiring .
O’ : Diktant yozadi va birgalikda tekshiradi .
Bilimlarni mustahkamlaymiz
M: Nuqtalar o’rniga – li va –siz qo’shimchalaridan mosini qo’yib , gaplarni ko’chirishlarini ayting.
Shu so’zlarni bilasizmi? 5 daqiqa

  1. Yalang 2) o’tkinchi 3) zilday

M: O’quvchilar e’tiborini yangi so’zlarga qarating .
M-O’: So’zlarni o’quvchilar bilan birgalikda o’qing va ularning so’rang . Sozlaning matnda o’zgarishini eslating.

  1. Yalang – ochiq

  2. O’tkinchi –yolg’onchi

  3. Zilday- og’ir

M: o’quvchilarga yangi so’zlar ishtirokida so’z birikmasi tuzishini ayting.
Namuna : O’tkinchi odam , Zilday qop
Tinglash vaqti 15 –daqiqa
M: Sarlavhani o’qing . Rasmda nima tasvirlanganini ayting.
O’: Topishga harakat qilib ko’radi. Ertak — xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. E. Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi. E. hayot haqiqatining hayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibgʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. E.larda uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt yechimini taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiy estetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, E.ni 2 guruhga — xayoliy uydirmalar asos boʻlgan E., hayotiy uydirmalar asos boʻlgan E.larga boʻlish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi E. syujeti mo'jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan E. syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. E.da, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va gʻayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aqlidroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.

E. janri obrazlar talqini, gʻoyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning oʻrni va vazifasi, tili va uslubiga koʻra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi E.lar, sehrli E.lar, maishiy E.lar, hajviy E.larga boʻlinadi.

Hayvonlar haqidagi E.larning bir turi majoziy E.lardir. Majoziy E.larning ("Susambil", "Boʻri bilan tulki", "Tulkining taqsimoti", "Ikki boyqush" va boshqalar) syujeti asosida koʻchma maʼno, allegorik obrazlar yotadi. Masalan, laqmalik va qonxoʻrlik boʻri orqali, ayyorlik va tilyogʻlamachilik tulki orqali ifodalangan.

Sehrli E.larda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan boʻladi. Bularda pahlavonlik va qahramonlik madh etiladi ("Yalmogʻiz", "Semurgʻ", "Devbachcha", "Kenja botir" va boshqalar). "Quloqboy", "Handalak polvon", "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon" va boshqalar E.lar komik, baʼzilari hatto hajviy xarakterga ega. Masalan, "Uch yolgʻonda qirq yolgʻon"da bosh qahramon xalq orasida shuhrat topgan kal boʻlib, bu komik qahramonning "yolgʻon toʻqishi"dan zulm va jaholat, adolatsizlik kabi mavjud tuzumga xos illatlar qoralanadi, kishilardagi donishmandlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulugʻlanadi.



Maishiy E.larda koʻproq zulm va adolatsizlik qoralanadi ("Uch ogʻaini botirlar", "Oygul bilan Baxtiyor", "Tohir va Zuhra", "Farhod va Shirin", "Zolim podsho" va boshqalar). Masalan, "Uch ogʻa-ini botirlar" ertagi odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda ota kambagʻal, lekin hayot tajribalariga boy boʻlgan shaxs, boshqa variantlarida esa shoh boʻlib, oʻgʻillari shahzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi, odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar koʻrinsa, shahzodalar qiyofasida molmulk toʻplash yoʻlida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolgʻonchi, johil kishilar obrazi gavdalangan.
M: Matnni ifodali o’qing.
O’tgan zamonda bir donishmand chol yashagan ekan. Uning uch o’g’li bo’lgan ekan. O’g’illari voyaga yetgach, chol ularga shunday debdi:
Bolalarim, men sizni yeyish-ichishdan kamsitmay o’stirdim. Endi otlaninglar, turli shaharlarga borib, qo’rg’on solib kelinglar!
To’ng’ich o’g’li otasi topgan oltin-kumushlardan olibdi. Farg’ona vodiysining hamma shaharlariga boribdi. U yerlarga bittadan kattakon uy solibdi. O’rtancha o’g’il bo’lsa, Buxoro, Samarqand tomonlarga borib, qo’rg’onlar qurdiribdi. Kenja o’g’il oqil, dono ekan. U o’zicha : «Dadam turli shaharlarda qo’rg’on solinglar, deyish bilan har bir shahardan do’st, yor-birodar orttiringlar, demoqchi. Men boshqa shaharlarga borib, uy solib yurmayman! » debdi. Kenja o’g’il safarga chiqib ketipdi.
U qayerga borsa, u yerda eng yaxshi, vafodor kishilarni topib, ular bilan do’stlashibdi. U o’z safari davomida o’rtoqlari orasida mashhur bo’lib ketipdi. U akalaridan avval uyga qaytibdi.
Chol bir kuni:
— Qani, kim qaysi shaharga qanday qo’rg’on qurdi? Yuringlar, bir aylanib ko’rib kelamiz, — debdi.
U o’g’illari bilan birga katta o’g’li qurgan qo’rg’onga boribdi. Qarasa, uy-joyning o’zi so’ppayib odamsiz turgan emish. Chol indamapti. So’ngra o’rtancha o’g’ilning qilgan ishini ko’zdan kechiribdi. Uniki ham xuddi akasiniga o’xshar ekan.
— Bu qo’rg’onlarning odamlari qani? — deb so’rabdi chol. To’ng’ich va o’rtancha o’g’il unga javob bera olmabdi. Hammalari kenja o’g’ilning yor-birodarlari yashaydigan joylarga borishibdi. Ularni kenja o’g’ilning yor-u do’stlari izzat-hurmat bilan kutib olibdilar, ketma-ket ziyofatdan bo’shamay qolibdilar, shunda chol o’g’illariga qarab bunday debdi:
— Har bir shahardan orttirilgan do’st u yerga bir qo’rg’on qurish bilan teng. Mening maqsadimni faqat kenja o’g’lim tushunibdi. Mening ismim, bilim-tajribam unga meros bo’lib qolsin.
Mana , endi ayting-chi… 15-daqiqa.
M: Savollar yordamida suhbat uyushtiring . Ayrim savollarning javoblarini matndan va ayrimlarining javoblarini fikrlab topishlarini kerakligini eslating .

  1. Ertakdagi sehrgarning qo’lidan qanday ishlar kelar ekan?

  2. U nimani aniqlamoqchi bo’libdi?

  3. Sehrgar yo’lida yelkasiga og’ir qop ortmoqlagan o’tkinchiga nimani taklif qilibdi.

  4. Sehrgarlik orqali baxtga erishib bo’ladimi?

  5. Ertakdan baxt haqida nimalarni bilib oldingiz?

Buni uddalaysiz!
M:Quyidagi savollarga javob yozib yozib kelishlarini ayting .

  1. Sevimli ertaklaringizni sanab bering .

  2. Ertakdagi qahramonlardan qaysi birining o’rnida bo’lishni xohlar edingiz?Nima uchun?

Download 23.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling