- Tabiatjon sen onamiz,
- Chiroyingga parvonamiz.
- Chiroyingga chiroy qo`shib,
- Har dam, har on quvonamiz.
- Tabiatni asrang, avaylang
- Mavzu: Yomg`ir
- O`roq Saidov
- 2-sinf
- O`roq Saidov
- O`roq Saidov-bolalar shoiri.U asosan ona tabiat, uning go`zalliklarini namoyon eta oladigan she’rlari bilan o`zbek adabiyotini boyitdi.Uning “Varrak”, “Chevar qiz”, “Onamga” kabi she’r va she’riy to`plamlari bolajonlar uchun katta sovg`a bo`ldi.
- “ Yomg`ir” she’rini ifodali o`qish va mazmunini tushuntirish.
- Lug`at ishi:
- Behisob – hisobsiz, sanoqsiz
- Nishon – belgi
- Enaman – bu yerda tushaman ma’nosida
- Savol bersam, o`ylab boq.
- javobini to`g`ri top.
- 1. She’r nima haqida?
- 2. She’r kimning nomidan aytilgan?
- 3. Yomg`ir tabiatga qanday ta’sir qilar ekan?
- 4. She`rning oxirgi bandini o`qib, mazmunini tushuntiring.
- Hosilning otasi- suv,
- Onasi- yer.
- Yomg’ir bilan yer ko’karar,
- Mehnat bilan el ko’karar.
- Tez aytish ,tez aytish,
- Orqada yo`q hech qaytish
- Men bo’laman topishmoq,
- Har bir so’zni o’ylab top.
- Oq samanim osmonga chopar,
- Yag`rinlari quyoshni yopar.
- (bulut)
- Yorug`i bor, dovrug`i bor,
- Izi yo`q, ovozi bor.
- ( momaqaldiroq)
- Tunukani chertadi,
- Kesaklarni kertadi.
- Biroz sho`xlik qilgach u,
- Yerga singib ketadi.
- ( do`l)
- Oqib kelar shildirab,
- Oynadayin yiltirab.
- ( suv)
- Ko`kda ko`rdim ko`prik,
- Rangi yetti turlik.
- ( kamalak)
- Uyga vazifa:
- “Yomg`ir” she’rini yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |