Namangan viloyati Pop tumani Xalq ta’limiga qarashli 16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Download 29.47 Kb.
|
2 sinf ona tili fanidan dars ishlanm
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARS ISHLANMASI
- Rivojlantiruvchi
Namangan viloyati Pop tumani Xalq ta’limiga qarashli 16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Najmiddinova Muyassarning 2- sinf uchun ona tili va o’qish savodxonligi fanidan”Shaxs va narsa nomini bildiradigan so’zlar “ deb nomlangan bir soatlik DARS ISHLANMASI Darsning mavzusi: Shaxs va narsa nomini bildiradigan so’zlar. Darsning maqsadi: Talimiy : Shaxsa va narsa nomini bildirgan so’zlar, ularga so’roq berish, berilgan gapdan saxs va narsa nomini bildiruvchi so’zlarni aniqlash , DTS talablari asosida bilim berish , og’zak va yozma nutqini o’stirish. Tarbiyaviy: O’quvchilarni mehnatsevarlikka o’rgatish , sinf jihozlari va maktab jihozlarini asrashga o’rgatish , berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga o’rgatish . Rivojlantiruvchi: Yangi pedagogik texnologiyalar orqali o’quvchilarning bilim salohiyatini shakllantirish. Uslub: Suhbat, savol-javob, tushuntirish , ko’rsatmalilik, Interfaol usullardan foydalanish , “Zanjir”, “Tez javob” o’yini Jihoz: dars ishlanma , ko’rgazmalar , kitob , rag’batlantiruvchi qurollar,multimediya ilovalar. Darsning borishi. I.Tashkiliy qism : a) salomlashish b) davomatni aniqlash d) ma’naviy daqiqa Ma’naviy daqiqada she’riyat mulkini sultoni A.Navoiy hikmatli so’zlaridan oq’uvchilar bayon qildilar. Bizning shior: Bo’sh vaqting zinhor o’tmasin bekor. O’qituvch: Darsimiz ona tili darsi O’quvchilar: Ona tili, tillar ichida Eng go’zali boyi o’zingsan Maqtamayman tilim uchida Eng g’ozali boyi o’zigsan Sen borsan men buyukman Men se bilan tirikman II. O’tgan mavzuni so’rash O’quvchilarni o’tgan mavzu bo’yicha bilimlarini tekshirish uchun 3 guruhga ajratamiz. Darsda har bir o’quvchi ishtirok etish uchun aytilshi va yozishida farq qiladigan undoshlar bo’yicha so’zlarni bajaradilar. 1-guruh 2-guruh 3-guruh Xursan… oma… ziyo…. Balan… savo… maqsa… Toshken… savo… rubo…. Poytax…. Ozo… makta… Ros…. Hiso…. Ah… Farza…. Daroma… Umi…. Har bir guruh vazifani bajaradilar va eng tog’ri bajargan guruh aniqlanadi. Hato va kamchiliklar aniqlanadi. II. O’tgan mavzuni baholash va mustahkamlash. Guruhlarni bajargan ishlari ko’rib baholanadi . Har bir to’gri javob uchun rag’bat kartochkalari beriladi . Yo’l qo’yilgan kamchiliklar o’quvchlar bilan birgalikda bo’shliqni to’ldirib , yangi mavzuga bog’lanadi. IV.Yangi mavzu bayoni. 159-mashq O’quvchiarga tayyorlangan rasmlarni ko’rsatiladi . O’quvchilar savolga javob beradilar . Magnit doskaga rasmlarni savollar asosida joylaydiladilar. Kim? Nima? Ota qor qush Ona mashina uy Bolalar daraxt Chana Kuchuk Chelak O’quvchilar bahor fasli asosida gaplar tuzadilar Tuzgan gaplararini ketma-ketligini jamlab matn yaratadilar. 160-mashq. Bog’ yashnaydi Uy yashnaydi Bog’bon bilan Bola bilan Dala yashnar Tog’ yashnar Dehqon bilan Lola bilan Matnni husnihat asosida daftarga yozadilar Kim?bog’bon Dehqon , bola, Nima? Bog’, dala, lola, tog’ 161-mashq. Bu mashqni bajarishda “Zanjir” o’yinidan fo’ydalanib og’zaki nutqni shakllantiriladi. Ikki o’quvchi ishtirok etadi. Sinf jihozlari: (nima?) parta ,stol , stul , doska , , shkaf, bo’q , doska artgich. Navbatma-navbat o’quvchilar so’zlarni aytib xonadagi sinchkovlik sifatini oshiradilar. O’quv qurollari:(nima?)kitob, daftar, qalam, ruchka , panel , o’chirg’ich, chizg’ich. Go’lib o’quvchi aniqlanadi rag’bat kartochkasi beriladi. Bu payt doskaga ikki o’quvchi klaster to’ldiradi. d Sinf jihozi O’quv qurollari oska stol Sumka qalam parta panel kitob shkaf bo’r O’quvchilar bajargan ishlari baholanadi .Husnixat asosida yozgan o’quvchi aniqlanadi. O’quvgilar daftarga bajaradilar. 162-mashq. Bu mashqni bajarish jarayonida slaydlardan foydalaniladi “Afrosiyob tez yurar poyezdi” haqidagi ko’rsatuv qisqacha namoish etiladi . Afrosiyob – nima? Poyezd – nima? Yo’lovchi – kimlar? Qulayliklar – nima? Sayohat – nima? Televior – nima? V. Yangi mavzuni mastahkamlash . “Kim tez javob beradi?” o’yini . Gul – nima? , daftar – nima? O’quvchi – kim? Oqituvchi – kim? Quruvchi – kim? Bola – kim? So’zlar aytib , o’quvchilar savol beradi va uning aksini bajarib yangi mavzu mustahkamlanadi yangi mavzu bo’yicha eng faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantirilib uyga vazifa beriladi. VI. Uyga vaziga 163-mashq. Download 29.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling