Namangan viloyati Pop tumani 16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori I


Download 19 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi19 Kb.
#197660
Bog'liq
Fikrnoma


Namangan viloyati Pop tumani 16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori I.I.Hayitovdan
FIKRNOMA
Bugungi kunda ta’limga e’tibor har qachongidan ham dolzarb masala bo’lib kelmoqda. Ta’lim sifatini oshirish ta’lim sohasida ishlayotgan har bir xodim zimmasidagi asosiy vazifadir. O’quvchilar yaxshi ta’lim olishlari uchun sinfgda o’quvchi soni 25 nafar bo’lishi lozim. Fanlar chuqurlashtirilib, yo’nalishlarga ajratib o’qitish joriy etilishi kerak. Bir stavka dars yuqori sinflarda 18 soat, boshlang’ich sinflarda 16 soat bo’lishi kerak. Informatika fanlari chiqurlashtirilib o’rgatilishi lozim. O’quvchi maktabni tamomlaganda ingliz tilida so’zlasha oladigan, kompyuterda ishlay oladigan bo’lishi kerak. Til o’rganish uchun moddiy texnikani yaxshilash, lingofon sinflari bilan ta’minlash lozim. Darsliklarda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar tuzatilishi lozim. Mening fikrimcha 5-6-sinflarda Ona tili darsining qisqartirilishi noto’g’ri deb o’ylayman. Chunki o’z ona tilini bilmagan inson o’zga tilni ham yaxshi o’zlashtira olmaydi.

Maktab direktori: I.I.Hayitov

Namangan viloyati Pop tumani 16-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining O’IBDO’ I.Inoyatovdan

FIKRNOMA
2020-2021 o’quv yili “O’qitishning zamonaviy shakllari, kriativ fikrlash va xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik yili” bo’lganligi uchun o’quvchilarimizni zamonaviy ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz lozim. Zamonaviy ta’lim bera oladigan o’qituvchilarni tayyorlash lozim. Buning uchun OTMdagi propessorlar bilan hamkorlikda tumanda trening darslar tashkil etilishi kerak. Har bir fandan metodik qo’llamalar yetarli emas. Bir soatlik dars uchun o’qituvchi dars lohiyasi yaratishi lozim. Qayta tayyorlov kurslarini muddatini uzaytirish lozim, chunki qusqa muddatda yaxshi mutaxassis tayyorlanmaydi. O’quvchilar yaxshi ta’lim olishlari uchun sinfgda o’quvchi soni 25 nafar bo’lishi lozim. Bir stavka dars yuqori sinflarda 18 soat, boshlang’ich sinflarda 16 soat bo’lishi kerak. 9-10-11-sinflarni yo’lanishlarga ajartib o’qitish tizimini joriy etish lozim.



O’IBDO’: I.Inoyatov
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling