Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani 1-idum ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Zaripova Nigora Abdurashidovna Adabiyot fanidan


Download 0.95 Mb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1050292
1   2   3
Bog'liq
Zaripova Nigora metodik tavsiya

Svetofor usuli
Ma’lum mavzuni o`rganish vaqtida o`qituvchi u bo`yicha tezislarni tayyorlaydi (5-7ta, mavzuning murakkabligiga qarab). Tezislar navbatma-navbat doskaga yoziladi (tasviri tushiriladi yoki oldindan tayyorlangan plakatlar shaklida ilib qo`yiladi). O`quvchilarga o`ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. So`ng tezis bilan rozi bo`lgan har bir o`quvchi yashil kartochkani ko`taradi; rozi bo`lmagan – qizil kartochkani; ikkilanayotgan yoki qaror qabul qilishda betaraf bo`lishni xohlayotgan – sariq kartochkani yuqoriga ko`taradi. Agar ishtirokchilar fikri asosan bir-biriga mos keladigan bo`lsa, o`qituvchi navbatdagi tezisga o`tadi. Agar tezis muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o`z qarorlarini asoslab berish iltimos qilinadi.
O'yin texnologiyasi: Har bir ishtirokchi biror-bir mavzu yuzasidan bittadan muammoli savol tuza olishi kerak. Savollar yozilgan qog'ozlarni o'qituvchiga topshiradilar, sinf o'quvchilari ikki guruhga bo'linadi. Boshqaruvchi qo'llarni sanab, har biriga 1 balldan qo'yadi. Har bir savolga bir o'quvchidan javob so'raladi. Agar javob noto'g'ri bo'lsa o'sha guruhdan bir ball olib tashlanadi, qaysi guruh ko'p ball to'plasa, o'sha guruh g'olib bo'ladi.

Insert” grafik organayzeri ham talabalarning ma’ruza jarayonida mavzuni o`rganishda mas’uliyatli bo`lishlarida zamin hozirlaydi. Insert grafik oragayzer metodi yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash, ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko`nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.


Insert – samarali o`qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o`qib-o`rganishga ham yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar oldindan vazifa qilib beriladi. Talabalar berilgan vazifani o`qib chiqib, “V, +, - , ?” belgilari orqali o`z fikrlarini ifodalaydilar.
Matnni belgilash tizimi quyidagicha:
(V) – men bilgan narsani tasdiqlaydi;
(+) – yangi ma’lumot;
(-) – men bilgan narsaga zid;
(?) – Meni o`ylantirdi. Bu borada menga qo`shimcha ma’lumot zarur.
Alisher Navoiy lirikasi” modelining ma’ruza mashg`ulotida darsning tashkiliy qismi o`tkazilgandan so`ng talabalarning har biriga quyida ko`rsatilgan tartibda jadval beriladi. O`qituvchi mashg`ulot yakunida unda namuna sifatida quyida ko`rsatilgan talabalarning o`tilgan mavzuga oid ularning munosabatlari ifodalangan jadvalga ega bo`ladi:

Tushunchalar

V

+

-

?

Badoye’ ul-bidoya” devonida “Ilk devon” haqida muallif tomonidan keltirilgan ma’lumotlar




+







Xazoyin ul-maoniy”da lirik turning 16 janriga oid nazm namunalarining mavjudligi

V










Rindi Sheroz” ifodasi bilan Hofiz Sheroziyning nazarda tutilishi










?

G`aroyib us-sig`ar”da “shabob”, “vasad”, “kibar” davrida yozilgan g`azllarning va boshqa janrda yozilgan she’rlarning kiritilganligi







-




Mashg`ulot oxirida talabalar tomonidan mana shunday tahliliy fikrlarning berilishi o`qituvchining bularga munosbatini bildirihiga bois bo`ladi, ayni choqda bu mulohazalar keyingi amaliy, seminar mashg`ulotlarini tashkil etish, ularning qiziqarli va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan mulohazalar ularning qiziqishlarini ham o`zida ifodalagan bo`lib, o`qituvchi mulohazalardan kelib chiqib, ularga shu modul bilan aloqador mustaqil ta’lim mavzu va topshiriqlarini tavsiya etishi mumkin bo`ladi.

Klaster” organayzeri metodidan ma’ruza jarayonida foydalanishni quyidagi misol bilan dalillashga harakat qilamiz:


O`qituvchi: - Hurmatli talabalar! Siz maktab, kollej va litseyda o`qish jarayonida ulug`o`zbek shoiri Alisher Navoiyning lirik merosi bilan imkon qadar tanishishga muvaffaq bo`ldingiz. Salohiyatli ijoodkor lirik turning 16 janrida ijod qilganini bilasiz, albatta. Oralaringizda shoiqning qaysi 16 janrda ijod qilganini to`liq biladiganlar, bu haqda qisman ma’lumotga ega bo`lganlar bo`lishi tabiiy. Keling, hozir sizlar mana shu lirik janrlarning zudlik bilan menga aytishga kirishasiz, men esa yozuv taxtasida ularni ifodalab boraman.
Talabalar zudlik bilan “g`azal”, “ruboiy”, “qit’a”, “tuyuq” deya tushunchalarni sanay boshlaydi, ular orasida Alisher Navoiy ijodida uchramaydigan lirik tur janrlari hambo`lishi mumkin. Biroq o`qituvchi bu holatga e’tiroz bildirmay, ular aytgan janrlarni yozishda davom etadi. Natijada Navoiy tomonidan ijod etilgan lirik tur janrlari biz ko`zlaganchalik 16 ta yoki undan kam yoki ko`p bo`lishi mumkin. Agar ular soni 16 ta bo’lsa-yu, ammao talabalar tomonidan aytilgan “murabba’” janri ham yozuv taxtasida ifodasiini topgan bo’lib, bu janr Navoiy ijodida uchramasligi o`qituvchiga sezilib qolsa, unda u buni o`quvchilarga ma`lum qilishi va bu janr nomini yozuv taxtasidan o`chirib, yana ularni o`ylab ko`rishga da’vat etishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Agar talabalar aytgan janrlar 16 tadan ko`p bo`lsa, unda qaysi janrlarni chiqarish kerakligini talabalarga o`ylab ko`rishni tavsiya etish lozim. Ehtimolki, bu vazifa o`qituvchi ko`magida bajarilgach, yana Navoiy ijodiga mansub janrlar miqdori 16 tadan kamayib qolishi mumkin. Ana shunday vaziyatda o`qituvchi ko`magida bunga aniqlik kiritiladi. Natijada yozuv taxtasida quyidagi shakldagi klaster namunasi vujudga keladi:



O`qituvchi klasterning bunday namunasini slaytda tayyorlab kelib, talabalar bilan hamkorlikda u yozuv taxtasida ishlab bo`lingunga qadar ko`rsatilmay, bu ish nihoyasiga yetkazilgandan so`ng AKT vositasida namoyish etilsa, bu janrlar talabalar xotirasida uzoq saqlanshiga sababchi bo`ladi. Ayni choqda qo`yilgan muammoning yechimi tugatilmay, yechimga borishga nihoyatda yaqin qolingan-u, biroq ularning qiynalayotgani sezilib turganida yuqoridagi klaster organayzer namunasi AKT vositasida o`quvchilar ko`z o`ngida namoyish etilsa, uning ta’siri yanada salmoqliroq bo`ladi.
Impuls – plakat

Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo`ladi.
Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo`yilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan ko`proq ..... qiziqtiradi», «Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni .... qo`llayman», «Ushbu mavzuni o`rganish jarayonida men.... erishdim», «Men ..... to`g`risida ko`proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab bo`ldi», «Menga .....yoqdi».
Iloji bo`lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.
Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko`rib chiqib, boshlab qo`yilgan fikrlar ustida o`ylab ko`rish va shu plakatlarning o`zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.
Taxminan 15 daqiqadan so`ng plakatlar ilib ko`yiladi. Fikrlar eshittirib o`qiladi, kerak bo`lsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar o`z fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim bo`lib qolishni o`zlari hal qiladilar.

QISMNI TOP MASHQI


O‘quvchilar guruhlarga bo‘linsdi. Bu guruhlarga mavzu matni qismlarga bo‘lib beriladi. Har bir guruh a’zolari berilgan qismlarni to‘g‘ri topib, ifodali qilib o‘qishadi va hikoya qilinadi. Darslikdagi savollarga javob topiladi.
Alisher Navoiy lirikasi, xususan, ulug` shoir g`azaliyotidagi ma’no-mohiyatni teran anglash talabadan chuqur bilim, timsollarning ramziy –majoziy xususiyatlaridan xabardor bo`lishni talab etadi. Shunday ko`nikmaga ega bo`lgan talaba ham ayrim baytlardagi mazmunni tushunishga ikkilanishi tabiiy. Shunday hollarda “Aqliy hujum” metodi ularni faollikka chorlaydi. Ayni choqda “Blits so`rov” metodi ularni sergaklikka undab tursa, testlar bilan ishlash nazariy ma’lumotlarni eslab qolish, masalaga mantiqan yondashish malakasini shakllantiradi. Bunday metodlardan o`rinli foydalanish samaradorlikning asosi sanaladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling