Namangan viloyati uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Download 4.62 Kb.
|
Oila jamiyatning birlamchi, asosiy bo‘g‘inidir. Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib etishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir.
Darhaqiqat har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki, insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tab
Jamiyatning ma’naviy qiyofasi ham oilaning qandayligiga, uning ma’rifatiga, oilada tarbiyalanib, voyaga etkazilgan har tomonlama etuk va barkamol avlodga bog‘liqligi tarixda o‘z isbotini topgan haqiqatdir. Chunki, aynan oila zamirida, sog‘lom oila muhitida xalqimiz va millatimizning buguni va kelajagi bunyod etiladi.
Oila qancha mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shuncha barqaror bo‘ladi.Oila bu jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushu- nish mumkin va lozim. Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo֥‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab- ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi.
Download 4.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling