Namangan viloyati


Download 0.53 Mb.
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#225208
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kvadrat tenglama va uning ildizlari

e) Fanlararo

bog’lanish: Arifmetika, tarix, informatika, geometriya.
Dars turi: Noan’anaviy dars.

Dars usuli: Interfaol.

Dars jihozi: Mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatmalar, test savollari,

kompyuter va darslik.



Dars shiori: Oz-oz o’rganib dono bo’lur,

Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.



A.Navoiy



Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

8 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

22 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5

O’quvchilarni baholash, uyga vazifa berish

3 daqiqa

6

Darsni yakunlash

2 daqiqa


Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

a) Salomlashish;

b) O’quvchilar davomatini aniqlash;

c) Sinfning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Sinf o’quvchilari uchta guruhga ajratiladi va har bir guruhga nom beriladi. Har bir guruh (avvaldan tayyorlab qo’yilgan) kartochkadagi savollardan ikkitadan tortadi. Savolga to’g’ri javob bergan o’quvchiga qizil rangli kartochka, to’ldiruvchi o’quvchiga yashil rangli kartochka, agar o’tirgan o’rnida luqma tashlasa ko’k rangli kartochka beriladi.

O’tilgan mavzular yuzasidan blits – sorab bilish o’tkazish uchun savollar:



  1. Sonning arifmetik kvadrat ildizi deb nimaga aytiladi?

  2. Qanday sonlar irratsional sonlar deyiladi?

  3. Irratsional sonlar qanday vaziyatlarda paydo bo’ladi? Misollar keltiring.

  4. Haqiqiy sonlar deganda qanday sonlar tushuniladi?

  5. Ko’paytmaning kvadrat ildizi qanday hisoblanadi?

O’tilgan mavzu yuzasidan test beriladi va uni bajarish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi hamda javoblar kompyuterda tekshiriladi. Eng ko’p javob topgan guruh rag’bat kartochkasi oladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling