Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Chust tumani xalq ta’limi bo`limiga qarashli 52-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining matematika va informatika fani o’qituvchisi Xamidova Shoiraning


Download 0.54 Mb.
bet3/6
Sana13.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356076
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Informatika-9 ochiq dars ishlanma

III. Yangi mavzuni o`rgansih.
Avval ko’rdikki, nuqtalar yordamida ham, oson bo’lmasada, turli shakllar hosil qilish mumkin. Ammo Paskalning tayyor shakllar hosil qiluvchi operatorlari ham bor. Mazkur operatorlar yordamida oldindan tanlangan biror rang bilan turli shakllar chizish mumkin.
Paskalda chiziq rangini tanlash uchun SetColor(rang), fon rangini tanlash uchun esa SetBkColor(rang) operatorlaridan foydalaniladi. Bu yerda rang – butun sonli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas bo‘lib, u tanlangan rang kodini yoki unga mos konstanta nomini ifodalaydi. Tanlangan rang joriy rang deyiladi. Agar avvaldan biror rang tanlanmagan bo‘lsa, u holda oq rang joriy hisoblanadi.
Line(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranning (X1,Y1) koordinatali nuqtasi bilan (X2,Y2) koordinatali nuqtasini birlashtiruvchi joriy rangli kesma chizadi.
Circle(X,Y,R) operatori markazi (X,Y) nuqtada va radiusi R ga teng aylana chizadi. Endi aylanalar bilan bog’liq masalalarni osongina hal etish mumkin.
1–misol. Uchlarining koordinatalari (10,200) va (630,200) bo‘lgan ko‘k rangli kesma va markazi (300,200) koordinatali nuqtada va radiusi 100 bo‘lgan yashil rangli chizing. Fon sariq rangda bo‘lsin.
U ses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin Gd:=Detect; InitGraph(gd, gm,‘‘);
SetBkColor(Yellow);
Setcolor(Blue); Line(10,10,630,200);
Setcolor(Green); Circle(300,200,100);
Readln; CloseGraph;
End.
Ellipse(X,Y,BB,OB,XR,YR) operatori markazi (X,Y) nuqtada, x va y o‘qlari bo‘yicha radiuslari mos ravishda XR va YR ga teng ellipsning BB burchagidan OB burchagigacha bo’lgan yoyini chizadi. Burchak gradus o‘lchov birligida beriladi. XR=YR bo‘lsa, aylananing yoyi chizi
Rectangle(X1,Y1,X2,Y2) operatori ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) koordinatali va quyi o‘ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtada bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak chizadi.
2 –misol. Markazi (300,200) koordinatali nuqtada, x o‘qi bo‘yicha radiusi 100, y o‘qi bo‘yicha radiusi 50, boshlang‘ich burchagi 0o, oxirgi burchagi 135o bo‘lgan qizil rangli yoy va chap yuqori va o‘ng pastki uchlari mos ravishda (10,220) va (300,400) koordinatali nuqtalarda bo‘lgan ko‘k rangli to‘g‘ri to‘rtburchak chizing.
Uses Graph;
Var gd, gm : Integer;
Begin
Gd:=Detect; InitGraph(gd,gm, ‘‘); Setcolor(4);
Ellipse(300,200,0,135,100,50);
Setcolor(1); Rectangle(10,220,300,400);
Readln; CloseGraph;
End.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling