Leonid Ilich Brejnev (1906 - 1982) rahbarligida tayyorlandi va mamlakatda rivojlangan sotsialistik jamiyat qurish nazariyasini ilgari surdi. 70-yillarning oxiri - 80-yillarning boshiga kelib xalq xo'jaligini boshqarishda 200 mingga yaqin har xil buyruqlar va ko'rsatmalar to'planib qolib, xo'jaliklar faoliyatini o'rgimchak singari o'rab, chalkasntirib tashlagan edi
|
Mavzudagi savol va topshiriqlarni bajarish
116-120-betlar.
|
3
|
8.04.
2020
|
O’zbekiston
tarixi
|
“O’zbekistonda yoqilg’i va tog’-kon sanoatining vujudga keltirilishi hamda aholi milliy tarkibidagi o’zgarishlar”
|
Bugungi darsda O’zbekiston qazilma boyliklarining Markaz manfaatlariga xizmat qildirilishi , Buxoro-Xiva geologik mintaqalarda yirik tabiiy gaz konlari ochildi. O’zbekiston 1960-yilda 0,4 mlrd m3 tabiiy gaz ishlab chiqargan bo’lsa 1975-yilda 33,7mlrd m3ga yetdi.Oltin va uran konlari Navoiy,Nurobod,Zarafshon,Uchquduqda ochildi.1958-yil 3.09da Navoiy shahriga asos solindi.O’zSSR oltin va uran qazib olishda dunyoning yetakchi o’rinlaridan birini egalladi.XXasr 60-80-yillarida yevropadan turli xalqlar ko’chib kelgan,natijada O’zbekistonda 127ta millatlar va elatlar yashagan.
|
Mavzuni o’qib, savolla-ga javob yozish
120-123-betlar.
|
4
|
15.04.2020
|
O’zbekiston
tarixi
|
“O’zbekistonda ekologik vaziyatning og’irlanishi va Orol fojiasi”
|
XX asr 60-80-yillariga kelib insonning xo’jalik faoliyati yildan-yilga kuchayib bordi,qo’riq yerlar o’zlashtirildi,elekr stansiyalari va zavod-fabrikalar qurildi,yangi shaharlar soni ko’paydi.Natijada noxush ekologik vaziyatni vujudga keltirdi.Yirik sanoat shaharlaridagi korxonalar atrof-muhitni zaharli gazlar va chiqindilar bilan ifloslantirgan.Qishloq xo’jaligida ham defolyatsiya natijasida odamlar salomatligiga zarar ko’rsatdi.Sug’oriladigan yerlar ko’payishi natijasida Orol dengizida suv sathi pasayib qura boshladi.Bu Markaziy Osiyo mintaqasida salbiy ta’sir ko’rsatdi.
|
Mavzuni o’qib savollarga javob yozish
123-127-betlar.
|
5
|
22.04.2020
|
O’zbekiston
tarixi
|
“O’zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari”
|
1982-85-yillarda mamlakat siyosiy hayotida juda ko’p o’zgarishlar yuz berdi.Bu davrda kelib shuncha boyliklarga qaramasdan O’zbekiston SSSR ichida ancha ortda qola boshladi.Natijada yana qatag’on siyosati boshlandi.Bu qatag’on Markaz tomonidan “paxta ishi” deb ataldi.Markazdan 1983-87-yillar 3000 nafardan ortiq “desantchi”va tergovchilar keldi “yordamga”.”Paxta ishi”bo’yicha uydirma natijasida 40000 kishi tergov qilindi.5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.Xullas O’zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi.
|
Mavzuni o’qib savollarga javob yozish
128-131-betlar.
|
6
|
29.04.
2020
|
O’zbekiston
tarixi
|
“Qayta qurish siyosati va uning inqirozi.Farg’ona fojiasi.”
|
KPSS MK Aprel 1985-yildagi plenumida sovet jamiyati hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo’lini e’lon qildi.”Qayta qurish” ikki bosqichda 1. 1985-86-y 2.1987-89-yillar olib borildi.Natijada bu yo’l ham to’g’ri bo’lmadi.Markaz jilovini qo’ldan bermaslik uchun 1989-yil may-iyunoylarida Quvasoyda yoshlar o’rtasida bo’lgan bezorilik vodiyda millatlararo to’qnashuvni keltirib chiqardi.1989-yil 7-8-iyunda Qo’qon shahrida namoyish bo’ldi va namoyishchilarni harbiy qism askarlari tomonidan o’qqa tutilishi natijasida 50 dan ziyod namoyishchilar halok bo’ldi.1989-yil 3-12-iyunda Farg’ona viloyatida to’qnashuv natijasida 103nafar kishi halok bo’lgan,1011 kishi jarohatlangan va 757 xonadonga o’t qo’yildi.I.Karimov sa’y harakati bilan mustaqillikka ilk qadam qo’yildi.1989-yil 21.10 respublika Oliy Sovetining XI sessiyasi”O’zbekiston SSR davlat tili haqida”Qonunni qabul qilib, o’zbek tiliga davlat tili maqomi berdi. 1990-yil iyunda Farg’ona vodiysining O’sh va O’zgan shaharlarida ham o’zbeklar bilan qirg’izlar o’rtasida etnik mojaro kelib chiqdi.Natijada minglab o’zbeklar halok bo’ldi.
|
Atamalarni yodlash va savollarga javob yozish.
131-134-betlar.
|
7
|
6.05.
2020
|
O’zbekiston
tarixi
|
“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”
|
1989-yil 23-iyunda iqtisodchi va partiya xodimi I.Karimov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari qilib saylandi.Bir qator partiyalar “Birlik”,”Erk”,”To’maris”harakatlana boshladi.Bu partiyalar o’z gazetalarini chop eta boshladilar va muxoliflik siyosatini olib bordilar natijada 1992-yilda bu partiyalar faoliyati to’xtatildi.1990-yil 24.03 da prezidentlik boshqaruvi joriy qilindi va I.Karimov birinchi president etib saylandi.Endi respublika taraqqiyoti 3 ta bosqichda amalga oshirildi.1990-yil 20-iyunda “Mustaqillik Deklaratsiyasi”qabul qilindi. 1991-yil 19-21.08 GKChP tomonidan davlat to’ntarishi bo’lib o’tadi,lekin I.Karimov barqarorlikni saqlab 1991-yil 31-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasida Mustaqillik to’g’risida ma’ruzasi tinglandi.Sessiyada O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida”Qonun qabul qilindi .
1989-yil 23-iyun: Islom Karimov O’zKP MQning birinchi kotibi etib saylandi.
1989-yil 21-oktabr: O’zSSR Oliy Kengashi «O’zbekiston SSRning Davlat tili to’g’risida» Qonun qabul qildi.
1989-yil 1-dekabr: «Qoraqalpog’iston ASSR davlat tili to’g’risida» Qonun qabul qilindi.
1990-yil 24-mart: Islom Karimov Oliy Kengash tomonidan O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1990-yil 20-iyun: Respublika Oliy Kengashi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi.
1990-yil 14-dekabr: Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi «Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risida Deklaratsiya» qabul qildi.
|
Mavzuni o’qib atamalarni yodlang. “Musta-qillik Deklaratsiyasi”
haqida qo’shim-cha ma’lu-mot to’plash
135-140-betlar
|
8
|
13.05.2020
|
O’zbekiston
tarixi
|
Nazorat ishi 2
|
Mavzular bo’yicha test beriladi.
|
Takrorlash
|
9
|
20.05.
2020
|
O’zbekiston
tarixi
|
Takrorlash
|
O’tilgan mavzularni mustahkamlash
|
O’tilgan mavzularni taxlil qilish
|