Namangan viloyati Yangiq`o`rg`on tumani
5-umumiy oʻrta ta’lim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
Boyatova Dilafruzning
4-sinf uchun
matematika fanidan
bir soatlik ochiq
DARS ISHLANMASI
Sana: «____»_________________2023 yil Sinf: 4-sinf
Fan: Matematika
Mavzu: Vaqt bilan bog`liq masalalar yechish
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga rim raqamlari haqida ma’lumot berish va rim raqamlarida amallar bajarishni o’rgatish;
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni erkin fikrlarini rivojlantirish
Tayanch kompetensiya: o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish va qismlarga ajrata olish;
Fanga oid kompetensiya: kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar (masalan teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi;
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars usuli: Yakka tarribda ishlash
Dars jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari, 3-sinf matematika darsligi
Darsda vaqt taqsimoti:
- O’quvchilar bilan salomlashish;
- Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini tekshirish;
- Navbatchi axborotini tinglash
- Darsda siyosiy daqiqa o’tkazish
- Darsda o’quvchilarni ruhiyatini ko’tarish (psixologik o’yin)
Matematika qo‘yni to‘la sir bo‘ladi,
Birga birni ko‘paytirsa — bir bo‘ladi.
Derazadan mo‘ralaydi olma shoxi,
Ufqda bulut — ertaga yomg‘ir bo‘ladi…
Matematika, yomg‘irlarda chopgum kelur,
Jumbog‘ingga men xam javob topgum kelur
Derazadan mo‘ralaydi bodom shoxi,
Boqqa chiqib qo‘ng‘izlarni o‘pgum kelur.
Matematika, men ham o‘yga botgum kelur,
O‘ylab-o‘ylab… o‘zingga tosh otgum kelur.
Sen samolyot kashf etasan, mening esa
Yalpiz bilan achomlashib yotgim kelur.
Matematika — oy bo‘ladi, yil bo‘ladi,
Tankni tankka ko‘paytirsa — kul bo‘ladi..
Dunyo kachon bo‘ston bo‘lar, gul bo‘ladio‘
Adabiyot o‘ylayverib sil bo‘ladi!
Matematika — lov-lov yonib turgan cho‘g‘san,
Sendan nima yasashlarin bilgan yo‘qsan.
Derazadan mo‘ralaydi gilos shoxi,
U qo‘ndog‘ing, o‘zing miltiq, o‘zing o‘qsan…
Matematika, qo‘yning to‘la sir bo‘ladi.
Birga birni ko‘paytirsa — bir bo‘ladi.
Qovurg‘amning tagida bir qumri yig‘lar,
Doskadan meni ayirsang — SHE’R bo‘ladi!
Muhammad Yusuf
O’quvchilar kichik guruhlarga ajratilinadi, uy vazifalari tekshirilib, o’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob o’tkaziladi.
380 – 160=220 560 – 340=220 740 – 630=110
450 – 230=220 670 – 420=250 990 – 870=120
Qopdagi un 10 ta 3 kg li va 8 ta 5 kg li xaltachalarga solindi. Qopda necha kilogramm un bo‘lgan?
Yurtdoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy arab imlosida yozgan asarida 10 ta raqamdan foydalanib istalgan sonni yozish mumkinligini ko‘rsatib bergan. Masalan:
3, 10, 38, 100, 124, 209, 457, 680, 869, 999, 1000.
Shuning uchun bu raqamlar arab raqamlari deb ataladi.
Qadimgi Rimliklar hozirgi kunda ham Rim raqamlari nomi bilan saqlanib kelayotgan raqamlash tizimidan foydalanishgan.Biz bu tizimda, asrlarni ifodalashda, konferensiyalar, libos o’lchamlari, kitob boblari kabilarni belgilashda hali hanuz foydalanamiz. Masalan, XIX asr, XXL o’lchamli kiyim, kitobning XXII bobi, yoki, qirolicha Yelizaveta II kabi so’zlarda rim raqamlarini qo’llaymiz. Rim raqamlarining eng keyingi shakllari quyidagicha:
I=1, V=5, X=10, L=50, C=100, D=1000, M=10000
Quyidagi sonlarni rim raqamlaridan foydalanib yozing:
Berilgan: 23, 37, 148, 285, 692, 893, 968.
Yechish: 23=XXIII 37=XXXVII
148= CXLVIII 285= CCLXXXV
692=DCXCII 893= DCCCXCIII
968= CMLXVIII
140 + 250=? 300 + 440=? 430 + 370=?
430 – 360=? 740 – 570=? 540 – 260=?
Yechish:
140 + 250=390 300 + 440=740
430 + 370=800 430 – 360=70
740 – 570=170 540 – 260=280
3, 0, 7 raqamlaridan foydalanib, mumkin bo‘lgan barcha 2 xonali sonlarni yozing.
Yechish:
307; 370; 703; 730:
492-mashq.
2 ta cho‘pning joylashishini o‘zgartirib, tenglikni tuzating.Mashqni ikki usulda bajaring.
VII –II = II
O’quvchilar ishini nazorat qilish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
O’quvchilarni o’zlashtirishlariga va darsdagi faoliyatiga qarab 5,4,3 baholar qo’yish. Darsda faol qatnashmagan o’quvchiga keying darsda faol bo’lishini so’rash.Uyga vazifalar berish
120 + 150=270 400 + 320=720 340 + 160=500
240 – 120=120 370 – 280=110 420 – 380=40
494 Yilning har bir oyini tartib bo‘yicha rim raqami bilan ifodalang.
Namuna:Yanvar – I.
Yechish: Yanvar–I
Fevral–II
Mart–III
Aprel–IV
May–V
Iyun–VI
Iyul–VII
Avgust–VIII
Sentabr–IX
Oktabr–X
Noyabr–XI
Dejabr–XII
Do'stlaringiz bilan baham: |