Namda ivuvchan. L. tarkibida suvda tez eriydigan tuz koʻp
Download 67.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Lyoss - Vikipediya
Lyoss Lyoss (nem. Loss — yumshoq), soz tuproq — kontinental iqlimda hosil boʻlgan mayda zarrali gʻovaksimon, choʻkindi togʻ jinsi. Rangi sargʻish yoki och kulrang, gʻovakligi 40—60%. Kalsiy va magniy karbonat tuzlari L. miqdorining 5% dan koʻprogʻini tash-kil qiladi. L. qatlamida mayda tosh va qum boʻlmaydi. L.ning 60%dan ortiqrogʻi 0,05—0,001 mm keladigan changsimon zarralardan, 10% chasi 0,001 mm dan kichik gil zarralaridan iborat. Suv oʻtkazuvchanligi bir xil emas. Tarkibidagi tuzlar sementlash xususiyatiga ega boʻlgani uchun quruq holda qattiq, namda ivuvchan. L. tarkibida suvda tez eriydigan tuz koʻp. L.ning mineralogik tarkibi kvars, bir oz dala shpatlari, gil minerallari (kaolinit, montmorillonit), kalsiy, slyudalar va boshqa dan tashkil topgan. L.ning paydo boʻlishi haqida bir qancha fikrlar mavjud. V. A. Obruchev, F. O. Mavlonov va A. R. Pavlovlar Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan L.larni oʻrganish natijasida prolyuvial yoʻl bilan, yaʼni togʻ jinslarining nurashidan paydo boʻlgan mayda (0,05— 0,001 mm va undan kichik) zarralarning oqar suvlar (yomgʻir suvlari) taʼsirida yuvilib, togʻ etaklarining pastki tekislik qismlariga oqib kelib yotishidan, shamol vositasida olib ke-lingan zarralarning yigʻindisidan paydo boʻladi deb tushuntiradilar. Ch. Layel va Yu. A. Skvorsovlar L. allyuvial yoʻl bilan, yaʼni mayda jins zarralarining oqar suvlar (soy, dare) yorda-mida dare qirgʻoqlariga yotqizilishidan, L. S. Berg va boshqa L.lar tuproq paydo boʻlish jarayonlari natijasida turli mayda zarrali jinslarning yigʻilishidan, yana bir guruh olimlar esa L. mikroorganizmlar yordamida hosil boʻladi deb yozadilar. L. Xitoy, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir, Shimoliy Kavkaz,. Shimoliy Qozogʻiston, Ukraina va Shimoliy Amerikada koʻp tapqalgan. Shahar va qishloq xoʻjaliklarida, ekinzorlarning meliorativ holatini yaxshilashda, metropoliten, irrigatsiya va energetika inshootlari va h.k.ni qurishda, temir yoʻl va avtomobil yoʻllarini oʻtkazishda muayyan hududdagi mavjud L. qatlamlarining muhandislik- geologik xususiyatlarini mukammal oʻrganish muhimdir. L.ning qalinligi bir necha m dan bir necha yuz m gacha yetadi. Eng kalin L. Xitoy va Oʻrta Osiyoda tarqalgan (150– 200 m atrofida). Oʻzbekistonda L. qalinligi Bobotogʻning shim.- gʻarbiy yon bagʻrida 150 m, Qarshi va Mirzachoʻlda 130 m, Chirchiq vodiysida 60– 100 m, Zarafshon va Sangzor daryolari oraligidagi maydonlarda 60–80 m, Toshkent, Piskent massivlarida 40– 80 m, Samarqand atrofida 80–100 m, Tojikistonning Yovon vodiysida 160 m ga yetadi. L. jinslari togʻ yon bagʻrida, togʻ oraligʻi botigʻi, togʻ oldi egilmalari va pasttekisliklarida uchraydi. Maye, Alp, Karpat toglarida 4000–5000 m balandlikda, Pomirda 3000–3200 m, Gʻarbiy Pomirda 4400–4500 m, Shimoliy Kavkazda 1300–1500 m., Chatqol-Qurama togʻlarida 1000–1800 m, Bobotogʻda 1200–1900 m, Fargʻona togʻlarining jan.-gʻarbida 1700–2200 m da uchraydi. [1] 1. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.p hp?title=Lyoss&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php?title=Lyoss&oldid=2533304 " dan olindi Manbalar Download 67.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling