Namdu «O'zbekiston tarixi» kafedrasi. O'zbekiston tarixi fanidan ma'ruza matnlari kitobi. Ii-kitob
Download 395 Kb.
|
Ўзбекистон тарихи 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
- FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR ROYXATI
TAYANCH IBORALAR:
Paxta tozalash zavodlari - Turkistonda Chorizm istilosidan so'ng dastlabki paxta tozalash zavodlarining qurilishi va undan ko'zlangan asosiy maqsadlar. Zulm - Turkiston o'lkasida chor ma'murlari tomonidan mahalliy aholiga nisbatan o'tkazilgan jabr-zulmlar. Ko'chirish siyosati - Chor Rossiyasi tomonidan Turkiston o'lkasiga rus aholisini ko'chirilishi. Ko'chirish siyosatidan ko'zlangan strategik maqsadlar. Yangi rus qishloqlarining paydo bo'lishi. Temir yo'llar - Turkistonda dastlabki temir yo'llarning qurilishi va undan ko'zlangan asosiy maqsadlar. Mardikorlik - 1916 yil 25 iyundagi podsho Nikolay II ning mardikorlikka olish xaqidagi farmoni. Turkiston o'lkasida mardikorlikka olishga qarshi xalq qo'zg'olonlari. Jadidchilik - Jadidchilik harakatining vujudga kelishi va uning Turkistonga yoyilishi. Jadid maktablari - Turkistonda yangi usul-jadid maktablarining tashkil etilishi va faoliyati. Jadid matbuoti - Turkiston taraqqiyparvarlari matbuot nashrlari («Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg'ona», «Oyna», «Xurshid» va h.k.) ning ma'naviy hayotini yuksaltirishdagi o'rni. NAZORAT SAVOLLARI: Jadidchilik nima sababdan dastlab ma'rifiy oqim sifatida paydo bo'ldi? Turkistonda tashkil etilgan rus-tuzem maktablarining asl maqsadi nimaga qaratilgan edi? Turkistonning yirik jadid namoyandalaridan kimlarni bilasiz? Qanday jadid gazeta va jurnallarini bilasiz? Jadidlarning siyosiy faoliyati haqida nimalarni bilasiz? Jadidchilik harakati g'oyalarining bugungi kun uchun qanday ahamiyati bor? FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO'YXATI: Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat.-T.: O'zbekiston, 1994 y. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.-T.: Sharq, 1998 y. Ziyoyev H. Turkistonda Rossiya tajovvuzi va hukmronligiga qarshi kurash.-T.: Sharq, 1998 Ziyoyev H. Jadidlar harakatining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy zamini(XIX asr oxiri XX asrning boshlari) ((Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash.-T.: Universitet, 1999.-B.9-22. Sodiqov H. Ubaydulla Asadullaxo'jayev ((Inson va Siyosat.-1991.- № 11.-B.69-76. Sodiqov H. Turkiston uch inqilob davrida ((Fan va Turmush.-1990.-№1.-B.13-15; №2.-B.28-20; №3.-B.14-15. Sodiqov H. Shamsuddinov. R. Ravshanov P. Jadidlar va rus demokratlari ((O'zbekiston ovozi.-1997.-18, 20, 23, 25, dek; 1998.-5, 8, 15 yanv. Tojiboyev R. Mustamlakachilar va milliy matbuotimiz ((Jamiyat va Boshqaruv.-1997.-№2.-B.61-62. O'zbekiston tarixi. Oliy o'quv yurtlarining nomutaxassis fakultetlari talabalri uchun darslik R.Murtazayevaningumuiy tahriri ostida.-T.: Yangi asr avlodi, 2003.-676b. O'zbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar.-T.: Eldinur, 1998 y. O'zbekistonning yangi tarixi. Konseptual metodologik muammolar.-T.: Akademiya, 1998 Qozoqov T. Jadidchilik va milliy mafkura ((Fidokor.-1999.- 8 iyul. Qozoqov T. «Taraqqiy» gazetasi haqida ((O'zbekiston tarixi.-2001-№1. B. 63-69. Qosimov B. Ismoilbek Gaspirali.-T.: Adabiyot va san'at,1992 y. Download 395 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling