Намду “Табиий фанлар ва география” факультети кимё бакалавр йўналиши битирувчиси Мirzakarimova Xurshida Nurmuxammaеовнанинг “Сополимерланиш константасининг аниқлаш усуллари таҳлили” мавзусидаги бажарган битирув малакавий ишига илмий раҳбар


Download 52 Kb.
bet1/3
Sana05.04.2023
Hajmi52 Kb.
#1275608
  1   2   3
Bog'liq
Taqrizlar-M.X.


NamDU “Tabiiy fanlar va geografiya” fakulteti kimyo bakalavr yo`nalishi bitiruvchisi Rahimova Barno Soyibjon qizining “Metiloakrilamidning polimerlanish reaksiyasi natijalaridan foydalanib reaksiya tezligini monomer bo’yicha tartibini aniqlash” mavzusidagi bajargan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar k.f.n., dots. R.Dehqonovning
X U L O S A S I
Sopolimerlanish reaktsiyasi istalgan talablarga javob bera oluvchi polimerlar sintez qilib olishda eng asosiy usul xisoblanadi, chunki bunda monomerlarning son va xillarini, miqdoriy nisbatlarini o`zgartirish orqali turli xossalarga ega bo`lgan polimer olish mumkin.

Sopolimer makromolekulalarining kimyoviy tarkibini va xossalarini aniqlash uchun sopolimerlanish konstantalari qiymatlarini bilish zarurdir. Sopolimerlanish konstantalarini aniqlash usullari turlicha bo’lib, har bir usul o’z qiyinchiliklariga va aniqliklariga egadir. Shuning uchun ularni tahlil qilish va eng sodda hamda qulay usulini aniqlash dolzarb masalalardan biridir. Shuning uchun sopolimerlanish konstantalarini aniqlash ham nazariy ham amaliy jixatdan katta axamiyatga ega bo`lib, maqsadga muvofiqdir.


SHu nuqtai nazardan ushbu bitiruv malakaviy ishi sopolimerlanish konstantalarini aniqlash usullarini tahliliga bag’ishlangan.
Mirzakarimova X. tomonidan bajarilgan bitiruv malakaviy ish 6 qismdan iborat bo`lib, kirish, nazariy qism, amaliy qism, olingan natijalar va ularning taxlili, akrilamid xosilalarini sopolimerlanish konstantasini turli usullarda aniqlash va natijalarni tahlil qilish, fundamental tadqiqotlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlardan iboratdir.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati yoritilgan va ishning maqsad hamda vazifalari belgilangan.
Nazariy qismida sopolimerlanish reaktsiyasining nazariyasi, sopolimerlanish reaktsiyasining kinetik qonuniyatlari, sopolimerlanish konstantalari va ularning aniqlash usullari, sopolimer mikrostrukturasi xilma-xilligi va uni aniqlash kabi ma`lumotlar taxlil qilingan va yoritilgan.
Amaliy qismida sopolimerlanish konstantasini aniqlashning bir necha usullarining metodikalari yoritilgan va tahlil qilingan.
Olingan natijalar va ularning sharxida akrilamid xosilasi bo’lgan metilolakrilamidning vinilpirrolidon bilan sopolimerlanish jarayoni va tajriba natijalaridan foydalanilgan xolda sopolimerlanish konstantalarini turli usullarda aniqlangan. Olingan natijalarni taqqoslangan hamda kerakli tavsiyalar berilgan.
Bajarilgan ishning amaliy axamiyati shundaki sopolimerlanish konstantalarini aniqlash orqali sopolimer tarkibi to’g’risida oldindan xulosalar qilish mumkin hamda kerakli nisbatdagi yoki kerakli xossali sopolimer sintez qilishni oldindan bilish mumkin bo’ladi. Bundan tashqari bitiruv malaraviy ishning materiallaridan ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanish hamda yuqorimolekulyar birikmalar kimyosi kursini talabalarga o`qitishda yangi ma`lumotlar sifatida foydalanish mumkin.
Bitiruvchi Mirzakarimova X. bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida to`plagan bilim va tajribalaridan foydalanib tavsiyalar bergan va chiqargan xulosalari bevosita o`ziga tegishlidir.
Bitiruvchi Mirzakarimova X. bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida o`zini mehnatsevarligi va ilmga bo`lgan chanqoqligini ko`rsatdi. SHu bilan birga yuqorimolekulyar birikmalar kimyosi fanidan hamda organik, fizik, analitik, informatika kabi fanlardan bilmlarini oshirdi. Bajarilagan ish tugallangan bo`lib, talabaning o`zi kimyogar bakalavr darajasiga loyiqdir.
Bajarilgan ish amaldagi bitiruv malakaviy ishiga qo`yilgan Nizom talablariga mos keladi va bitiruvchini bajargan ishini Davlat Attestatsiyasida ximoyaga tavsiya etaman.



Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling