Namdu tabiiy fanlar va geografiya fakultetiBiologiya yo’nalishi 201-guruh talabasi


Mimozasimonlar kenja oilasi — Mimosoideae


Download 0.79 Mb.
bet2/5
Sana17.03.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1279379
1   2   3   4   5
Bog'liq
Burchoqnamolar qabilasdi

3.1 Mimozasimonlar kenja oilasi — Mimosoideae
Dukkakdoshlar orasida eng qadimiy sodda tuzilishli turlar bo‘lib, aksariyat qismi daraxt va butasimon o‘simlik. Gullari aktinmorf, changchilari erkin joylashgan, urug‘chisi bitta meva bargidan shakllangan. Kenja oilaga tropik va subtropik o‘lkalarda tarqalgan 56 turkumga mansub 2.800 ga yaqin tur kiradi.
Bir qadar katta hajmli turkumlardan Akatsiya (Acacia), Albitsiya (Albizzia) va Mimozalar (Mimoza) hisoblanadi.
Akatsiya (Acacia) juft patsimon bargli uncha katta bo‘lmagan daraxt, gullari aktinomorf. Changchilari och pushti rangli. Akatsiyaning tashki qiyofasi nihoyatda turli-tuman. Avstraliya akatsiyalarining barg yaprog‘i reduktsiyalangan barg bandi fillodiylarga aylangan. Afrika savannalari akatsiyalarining tanasi soyabonsimon shaklda. Turkumga 500 ga yaqin o‘simlik turi mansub. O‘zbekistonda akatsiyaning kumush akatsiya (Acacia dealbata) deb ataladigan turi manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Albitsiya (Albicia) juft patsimon bargli daraxt. Turkum tarkibida 100 ga yaqin turi bo‘lib, tropik va subtropik o‘lkalarda keng tarqalgan. O‘zbekistonda Samarqand, Toshkent, Denov shaharlarida lenkoran albitsiyasi (Ajulibrissin) deb ataluvchi turi manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Mimozalar (Mimosa) turkumining 350 dan ortiq turi, asosan, Janubiy Amerika tropiklarida tarqalgan. Kenja oilaning O‘zbekistonda keng tarqalgan turi Jinjakdir (Lagonichum farctum). Buning balandligi 30-50 sm ga qadar bo‘lgan, butacha, loy tuproqli Qarshi va Sherobod cho‘llarida tarqalgan. Uning ildizi va dukkagi tarkibida 12% ga qadar oshlovchi tannid moddasi tufayli qadimda ko‘nchilikda ishlatilgan. Tabobatda dukkagidan tayyorlangan qaynatma ich ketish kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
3.2 Sezalpinsimonlar kenja oilasi — Cesalpinideae
Botanik Sezalpin nomi bilan ataladigan bu kenja oilaning 152 turkumga mansub 2.800 turi tropik va subtropik o‘lkalarda keng tarqalgan. Ularning aksariyat qismi murakkab juft yoki toq patsimon bargli daraxt va buta shaklidagi o‘simlik. Guli zigomorf, qo‘sh gul qo‘rg‘onli, kosacha va toj barglari erkin, 10 ta changchisi 2 qator aylana hosil qilgan holda joylashgan, odatda erkin, lekin ayrim hollarda ularning tubi bir-biri bilan tutashgan. Changchilar, ayrim hollarda, 3 yoki 1 dona staminodiyga (bargsimon yoki nektarnikka o‘xshash organga) o‘zgargan yoki butunlay reduktsiyalangan. Shu tufayli, ko‘pincha, androtsey besh a’zoli bo‘ladi. Urug‘chisi bitta meva bargidan shakllangan, tugunchasi bir uyali. Mevasi dukkak. Urug‘i ayrim turlarida endospermli.
Yer sharining tropik va subtropik mintaqalarida tarkalgan bu o‘simliklar xalq xo‘jaligi uchun muhim axamiyatga ega. Undan mebel sanoatida ishlatiladigan qimmatli yog‘och olinadi, oshlovchi moddalar, bo‘yoq olishda ishlatiladi. Masalan, Braziliyada keng tarqalgan qizil fermanbuk yoki nernambuk daraxti (nomi Braziliyadagi negnambuk yurtidan olingan) Caesalpinia echinata juda qattiq, dastlab sarg‘ish qizil, biroz vaqt o‘tgach to‘q qizil tusga kiradigan yog‘ochi mebel sanoatida yuksak baholanadi. Cannan daraxti (C. sappan) Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan C. sappan daraxtidan qo‘ng‘ir-sarrish va jigar ranglarga tovlanadigan qizil rangli yog‘och olinadi.
Kassiya (Kassia) turkumiga mansub o‘simlik turlaridan Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlarida Aleksandr bargi nomi bilan yuritiladigan shifobaxsh barg olinadi. O‘zbekistonda bu kenja oilaning vakillari juda kam tarqalgan. Uning ancha keng tarqalgan va ko‘p yillardan beri daraxt sifatida bog‘larda ekiladigan oddiy gledichiyani (Gledischia tracantos) ko‘rsatish mumkin. U balandligi 10-12 metrga qadar bo‘lgan daraxt. Barglari murakkab patsimon, tikanli, dukkagi uzun bargsimon, yumaloq, pishgach qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli. Guli bir jinsli, rangsiz, nihoyatda xushbo‘y hidli, aprelning oxiri may oyining boshlarida gullaydi.
Qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lganligi tufayli cho‘l hududlarda ihota daraxti sifatida o‘stiriladi. O‘zbekistonda bu kenja oilaning arg‘uvon (Cercis siliguastrum) nomi bilan yuritiladigan daraxti istirohat bog‘larida o‘stiriladi. Uning qirmizi binafsha rangdagi nihoyatda go‘zal guli erta bahorda gullaydi. U, odatda, barg chiqqunga qadar gullaydi. Arg‘uvonning kosacha va toj barglari bir xilda qirmizi binafsha rangli, guli besh a’zoli, changchisi 10 ta, mevasi dukkak.
Bu kenja oilaning 490 turkumiga mansub 12.000 ga yaqin turi yer kurrasining tropik, subtropik va o‘rta iqlimli mintaqalarida keng tarqalgan. Daraxt, buta, yarim buta va o‘tsimon shaklidagi bu o‘simliklarning bargi patsimon, panjasimon, murakkab yoki oddiy, yonbargli. Guli zigomorf, qo‘sh jinsli, besh a’zoli, o‘zgarmas strukturali, kosachasi 5 ta tutash barglardan shakllangan. Toj barglari 5 ta (ustkisi bayroqcha, ikki yon tomonidan yelkan va ikkita pastkisi qayiqchani eslatadi), changchisi 10 ta.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling