Namoyandasi sifatida
partasidan tortib dorilfunun auditoriyasida ham o’sha klassik yozuvchilarimiz
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
404-guruh o\'rolov sardor bmi
partasidan tortib dorilfunun auditoriyasida ham o’sha klassik yozuvchilarimiz asarlarini o’qib, savod chiqarganmiz. Studentlik paytlarimizda ko’cha-ko’ydami, yozuvchilar soyuzida, ommaviy yig’inlardami, ulug’ adiblarimizni uzoqdan ko’rib, ana G’afur G’ulom, ana Oybek, ana Abdulla Qahhor, deya bnr-birimizni turtib shivirlashar edik. Yotoqxonaga qaytgach, qolganlarga maqtanardik. Qarang, yillar o’tibdi… Men Oybek domla bilan u kishining xonadonida ikki marta uchrashganman. Ikki safar ham domlannng uylariga o’zlarining yo’qlamlari tufaydi borganman. Ilk daf’a Oybek romanlarining muharrirlaridan biri marhum Rustam Komilov boshliq bordim. O’sha yillar men G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida ishlab yurardim. Esimda, nashriyotda Rustam aka bir kun terlab-pishib, «Seni Oybek aka yo’qlayapti»,— deb qoldi. Endigina uch-to’rt narsasi e’lon qilingan, hali o’z qalamiga ishonib-ishonmay yurgan yosh shoirga shu tashrif qanchalik ta’sir qilganini tasaavvur etish qiyin emas. …Uyga kiraverishdagi zalda, devorga taqab qo’yilgan mo»jaz stol atrofida, domlaning ro’parasida anqayib o’tirgan o’sha daqiqalarimni bnr umr unutmasam kerak. Rustam aka meni tanishtirgach, domla mashaqqatli talaffuz bilan ismimni takrorladi. Qeyii ular Zarifa opa ishtirokida «Navoiy» romanining qayta nashri bilan bog’liq ba’zi tuzatishlarni muqokama qilib olishdi. Men bo’lsam, bu mo»tabar dargohda daf’atan nechun paydo bo’lib qolganimni tushunolmay hayron bo’lib o’tirardim. Shu orada Zarifa opa «Oybek adabiyotimizning o’zidan keyingi qoladigan vakillari, xususan, kenja avlodi bilai qiziqayotganinn, ba’zi birlarimizning mashqlarnmizni o’qiganligi, meni ham shu sababdan yo’qlaganinn» jasur bir kayfiyatda aytib qoldi. Domla nihoyatda tiyraklik bilai, ko’pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg’uborlik bilan opaning gaplarnnn tasdiq etdi. O’sha kungi qisqagina suhbat adabiy ijod zahmati 15 haqida bo’ldi. Esimda, Zarifa opa «Oybek sizlarning yoshingizda kitob o’qishdan boshqa narsani bilmasdi, Navony, Pushkin, Gyote, Dantelarni juda ko’p mutolaa qilardi, kinoga kam kirardi», — deganida butun vujudimdan muzdek ter chiqib ketdi. Men garchand kinoteatrlarga hadeb kiraverishni yoqtirmasam ham bu o’gitda vaqtingni, yoshligingni behuda o’tkazma, degan pisanda-masalni ilg’agan edim. Oybek domla bu o’gitni azbaroyi ta’kid bilan tasdiqladi. Men keyinchalik juda uzoq mahal o’sha suhbat ta’sirida yurdim… Ikkinchi daf’a Oybek xonadoniga yozuvchi do’stim Nosir Foznlov bilai ikkimiz kirib bordik. Domla hovli o’rtasida oddiygina kursida, boshida qorako’l papah, yolg’iz xayol surib o’tirgan ekan. Ichkariga taklif etdi. O’sha stol atrofida davra olib o’tirdik. Nosir aka o’ziga xos chechanlik bilan Oybek domlani gapga solardi. Men bo’lsam, jur’atsiz ahvolda mum tishlaganday jim edim. Favqulodda Oybek domla menga qarab, chap qo’li bilan xitob qilib «O’qi!» — deb qoldi. O’sha kunlari Kavkazdan qaytib, «Armaniston» degan she’rimni yozib tugallagan edim. Nima bo’lsa bo’lar, deb she’rni o’qib yubordim. O’sha uchrashuv tafsilotini Nosir Fozilov «Lenin uchquni» gazetasida keyinchalik yozib ham chiqqan. Xullas, o’sha kuni mening butun umrnmga tatirlik hodisa yuz berdi: Oybek domla yozuvchilar soyuziga kirishimga tavsiya yozib berdi. Oybek ijodi atrofida yuzlab varaq mushohadayu taassurotlar yozish mumkin. Lekin hozir gap domlaning barhayot siymosini xotirlash haqida ketayotgan ekan, men ham u kishi bilan qisqa, lekin bir umr unutilmas uchrashuvlarimni esga oldim. To’g’risini aytsam, o’sha kunlarni eslash hozir men uchun bir tomoidan maroqli bo’lsa, bir jihatdan iztiroblidir. Maroqli tomoni shundaki, Oybekday ulug’ inson, ulkan adib bilan yuzma-yuz gaplashganimdan baxtiyorman, iztirobli tomoni shundaki, menkim, bir yosh shoir u zot bilan ro’baro’ kelganimda qachondir o’sha uchrashuvlarni xotira qilpb yozarman, deb o’ylabmidim…” . 16 Oybek buyuk yozuvchi edi, lekin bu buyuklik nafaqat shoir badiiy ijodiyotining balki uning shaxsiy sifatlari bilan ham yuksakka ko`tarildi va boshqa adiblar uchun ham namuna bo`la oldi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling