36. Pedagogik dasturiy vositalarga qo’yiladigan estetik talablarga nimalar kiradi.
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, olchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi.
37. Pedagogik dasturiy vositalarga qo’yiladigan maxsus talablarga nimalar kiradi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yonalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, korgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiasiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik.
38. Pedagogik dasturiy vositalarga qo’yiladigan ergonomik talablarga nimalar kiradi.
Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: dostonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida oqitishga moljallangan oquv fanining oziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni kozda tutadi. Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak:
1. Pedagogik dasturiy vositalar – oquv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining ozaro bogliqligiga tayangan holda qurilishi.
2. Pedagogik dasturiy vositalar oquv materialini yuqori tartibli tuzilma korinishida taminlashi. Fanlararo mantiqiy ozaro bogliqlikning hisobga olinishi.
3. Pedagogik dasturiy vositalarda talim oluvchiga oquv materialini bosqichma-bosqich ozlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.
39. O’quv materialini o’rganishning ko’pvariantliligi haqida ma'lumot bering
40. Ma‘lumotlarni bayon qilishning turli-tumanligi deganda nimani tushunasiz.
Ma’lumotlarni bayon qilishning turli-tumanligi. Ma’lumotlarni ekranda tasvirlashda ko‘poynali holat* ham ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. «Men eshitdim va unutdim. Men ko‘rdim va eslab qoldim. Men bajardim va tushundim», - degan fikr Bebbidj maktabidagilarning shiori bo‘lgan ekan.
Darhaqiqat, ba’zi o‘quvchilar ko‘rish orqali ma’lumotni ko‘proq eslab qolsa yoki idrok qilsa, ba’zi o‘quvchilar eshitish orqali ko‘proq eslab qoladi. Shuning uchun o‘quv materialini tushuntirishda ham namoyish qilish, ham ovoz yordamida izohlash usullaridan unumli foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |