Namoyish etuvchi dasturiy vositalar


Download 43.42 Kb.
bet1/21
Sana13.04.2023
Hajmi43.42 Kb.
#1352588
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Pedagogik dasturiy vosita nima


Namoyish etuvchi dasturiy vositalar
Pedagogik dasturiy vositalar kompyuter texnologiyalari yordamida о’quv jarayonini qо’yilgan maqsadga erishish uchun qisman yoki tо’liq avtomatlashtirishga mо’ljallangan didaktik vosita hisoblanadi.
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarning umumiy ta‘rifi, namoyish etuvchi dasturlar, nazorat qiluvchi dasturlar, o’rgatuvchi dasturlar, dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari, ekspert-o’rgatuvchi tizimlar, avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi tizimlar, foydalanuvchi va pedagogik-dasturiy vositalarning o’zaro hamkorligini tashkil etish metodlari.

  1. PDV tarkibiga nimalar kiradi.

Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarning mazmuni va tarkibi ta‘lim standartining talablariga mos kelishi kerak.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:

  • O’rgatuvchi dasturlar – o’quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o’zlashtirishga yonaltiradi;

  • test dasturlari – egallangan bilim, malaka va konikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qollaniladi;

  • mashq qildirgichlar - avval o’zlashtirilgan o’quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

  • o’qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.


  1. Download 43.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling