Namoyish etuvchi dasturiy vositalar
Kompyuterli о‘qitish muhitlar nima
Download 43.42 Kb.
|
Pedagogik dasturiy vosita nima
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. О‘rgatuvchi dasturlar.
7. Kompyuterli о‘qitish muhitlar nima.
Kompyuterli о’qitish muhitlari – zarur bо’lgan axborotlarni kompyuter orqali о’rganib olish uchun mо’ljallangan; Bunga modellashtiruvchi dasturlar – ob'yekt, jarayon va hodisani о’rganish va tadqiqot qilish maqsadida uning modelini yaratish uchun mо’ljallangan. Imitatsion vositalar – voqelikning biror-bir ma'lum jihati, funktsional xarakteristikalarini cheklangan parametrlar orqali о’rganish uchun mо’ljallangan. Kompyuterlashtirilgan o’qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan o’qitishdir. O’qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarda bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o’qitish g’oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lgan o’qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning shiddatli o’sishi bilan belgilanadi. Tahsil oluvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni boricha eng ko’p xajmida axborotni o’zlashtirish, faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ya'ni o’qitishning kompyuter texnologiyasi asosida o’quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin. 8. О‘rgatuvchi dasturlar. О’rgatuvchi dasturlar–yangi materialni о’quvchilar tomonidan о’rganish, о’zlashtirish uchun mо’ljallangan bо’lib, maxsus dasturlar asosida ishlab chiqiladi. Masalan, Autoplay, Adobe Flash, Html va Javascript, Micromedia Dramveawer, Delphi, Visual Basic, C++ va boshqa zamonaviy dasturlash tillari yordamida. Trenajyorlar–о’rganilgan materiallarni takrorlash va mustahkamlash orqali malaka va kо’nikmalar shakllantirish uchun mо’ljallangan; "Trenajer" sо’zi - XX asrning oxirida paydo bо’lgan neologizm(ekchadan, yangi sо’z), madaniyat taraqqiyotining boshlanich bosqichida qо’llanila boshlangan tushunchaning о’zida insonni о’qitish va unda muayyan kо’nikmalarni yaratish uchun qurilma ma‘nosini beradi. «Men kabi bajar » printsipi bо’yicha amalga oshiriladi. O`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi; Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta`lim tizimlarida turli o`rgatuvchi dasturiy vositalardan keng foydalanilmoqda. O`rgatuvchi ko`rgazmali dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta`minotlari yordamida yaratiladi. Ta`lim jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va vazifalarni bajarishda o`quvchi bir vaqtning o`zida eshitib, ko`rib, o`zlashtiradi. Mualliflik dasturiy ta`minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida qo`llaniladi. Mualliflik dasturiy ta`minotlar yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay. Download 43.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling