25. Boshqarish tamoyili deganda nimani tushunasiz.
Boshqarish tamoyili: о’quvchi kadrlar almashishini mustaqil boshqaradi, ekranga ixtiyoriy sondagi misollarni chiqarish imkoniga ega bо’ladi (misol tushunchasi keng ma‘noga ega: о’rganilayotgan tushuncha va fikrlarni tasvirlab beradigan misollar, muayyan masalalarni yechish uchun namunalar, teskari misollar va h.k), о’ziga kerakli miqdorda masalalarni yechish imkoniyati, shuningdek nazorat savollariga javob berib yoki nazorat ishlarini bajarib о’zini tekshirish imkoniyati.
Erkin boshqarish tamoyili: o’quvchilar kompyutеr ekranidagi kadrlar almashishini mustaqil boshqarishlari, zarur matеriallarni istalgan miqdorda ekranga chiqarishlari va nazorat topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini mustaqil sinash imkoniyatlariga ega bo’lishlari kеrak.
26. Moslashuvchanlik tamoyili deganda nimani tushunasiz.
Moslashuvchanlik tamoyili: о’quv jarayonida elektron о’quv qо’llanma muayan foydalanuvchining ehtiyojlariga moslashish imkoniyatiga ega bо’lishi, о’rganilayotgan materiallarning chuqurligi va murakkabligini о’zgartirishga imkon berishi, foydalanuvchining ehtiyojlariga mos ravishda qо’shimcha kо’rgazmali materiallarni yuzaga keltirishi, о’rganilayotgan tushunchalar va masalalar natijalarini grafik va geometrik interpretatsiyasini taqdim etishi kerak.
Moslashuvchanlik tamoyili: elеktron darsliklar o’quv jarayonida ma'lum bir foydalanuvchining ehxtiyojlariga moslashuvini ta'minlashi, o’rganilayotgan matеrialning murakkabligini va chuqurligini, uning amaliy yo’naltirilganligini o’zgartirish, foydalanuvchining ehtiyojlaridan kеlib chiqib, qo’shimcha illyustrativ matеriallarni shakllantirish imkoniyatlarini ko’zda tutishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
27. Kompyuterli yordam tamoyili deganda nimani tushunasiz.
Kompyuterli yordam tamoyili: о’quvchi ixtiyoriy paytda uni zerikarli ishlardan ozod etuvchi va о’rganilayotgam materialning mohiyatiga e‘tiborini qaratishga, kо’proq misollarni kо’rish va yechishga imkon beradigan kompyuter yordamidan foydalanishi mumkin. Bunda kompyuter nafaqat qо’pol almashtirishlarni, har xil hisoblashlarni va grafiklarni qurishni bajaradi, balki ixtyoriy qiyinlik darajasidagi matematik amallarni bajaradi, shuningdek ixtiyoriy bosqichda olingan natijalarni tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |