Namoyish etuvchi dasturiy vositalar
Kompyuterning texnik imkoniyatlarini hisobga olish deb nimani tushunasiz
Download 43.42 Kb.
|
Pedagogik dasturiy vosita nima
30. Kompyuterning texnik imkoniyatlarini hisobga olish deb nimani tushunasiz.
Kompyuterning texnik imkoniyatlarini hisobga olish deb nimani tushunasiz. Texnik talablarga shaxsiy kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalari, test o`tkaziladigan manbalar kiradi. PDV yaratishda asosiy e‘tibor dars davomida kompyuter vositalaridan, multimedialardan foydalanish bo’masdan, darsda o’qituvchi tomonidan qo’yilgan maqsadga erishishda kompyuter va PDV qanday yordam berishiga qaratilgan bo’moi lozim. PDVdan foydalanishda kompyuter texnologiyasi parametrlarini quyidagicha tasniflashtirish mumkin: ishlatilish darajasiga ko’ra: umumpedagogik; falsafiy asosga ko’ra: sharoitga moslasha oladigan, texnokratik; rivojlanishning asosiy omiliga ko’ra: ijtimoiy – psixologik; bilimlarni o’zlashtirish konsepsiyasiga ko’ra: assotsiativ – reflektorli; mazmuni xususiyatiga ko’ra: yondashuvli; talabalarning bilish faoliyatini boshqarish turiga ko’ra: kompyuterli; tashkiliy shakliga ko’ra: individual hamda kichik guruhlar tizimi; talaba shaxsiga yondashuv bo’yicha: hamkorlik; o’qitish metodi bo’yicha: «axborot-operatsion-muloqotli- dasturlashtirilgan o’qitish»; takomillashtirish yo’nalishiga ko’ra: tashkil etish va boshqarishning samarali yo’li; ta‘lim oluvchining toifasiga ko’ra: ko’p toifali. Kompyuter texnologiyasi bo’yicha ta‘limning konseptual holatlari sifatida quyidagilarni olish maqsadga muvofiqdir: o’qitish – bu talaba va kompyuter orasidagi muloqot; moslashuv tamoyili – kompyuterni talabaning individual xusu-siyatlariga moslashtirish; o’qitishning muloqotli xarakteri; boshqarilishi: pedagog tomonidan ixtiyoriy vaqtda o’qitish jarayoniga tuzatish kiritish imkoniyatining mavjudligi; individual va guruhli o’qitish shakllarini optimal uyunlashtirish sharoitining yaratilganligi; talabaning kompyuter bilan muloqoti uchun qulay shart-sharoitlarni ta‘minlash imkoniyatining mavjudligi. Kompyuter vositalarining mustaqil ishni tashkil etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan tahlil etilganida, uning interaktivligi, bevosita muloqot orqali o’quv rejasida ko’rsatilgan fanlar bo’yicha yaratilgan maxsus dasturiy ta‘minot yordamida talabalarga mustaqil bilim olish imkoniyatini yaratishi bilan alohida ahamiyat kasb etishi aniqlandi. Kompyuter vositasi talaba yoxud pedagog murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «muloqotga kiradi» va ular kompyuter ta‘limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan sanaladi. Download 43.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling