28. Yig'iluvchanlik tamoyili deganda nimani tushunasiz.
Yiiluvchanlik tamoyili: elektron о’quv qо’llanmalar ularni yagona elektron majmualarga birlashtirish imkonini beradigan formatlarda bajarilishi kerak, ularni kengaytirish va yangi mavzular hamda bо’limlar bilan tо’ldirish imkoniga ega bо’lishi kerak, alohida fanlar bо’yicha elektron kutubxonalarni shakllantirish imkonini berishi kerak
29. О‘quvchilarning psixo-fiziologik hususiyatlarini hisobga olish deb nimaga aytiladi.
О„quvchilarning psixo-fiziologik hususiyatlarini hisobga olish. Pedagogik dasturiy vositalarni qо’llash asosida о’quvchilarning mustaqil ta‘lim olish kо’nikma va malakalarini shakllantirishda о’quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar kо’proq ma‘lumotlarni yoritishga intilishi о’quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin.
О’z navbatida ma‘lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma‘lumotlarni о’zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, о’quvchining о’zini his qilishi va soligiga salbiy ta‘sir qiladi.
Fiziologik-gigiyenik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati о’zlashtiriladigan ma‘lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda о’zgarib borishini e‘tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
- kо’rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;
- angiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy kо’tarinkilikning tinib qolishi;
- yuzaga kelishi mumkin bо’lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy hissiyotlarning yiilib borishi;
- katta miqdordagi ta‘limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol о’zlashtirishga tо’sqinlik qiladi.
Bu holat ta‘lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |