Namoyish etuvchi dasturiy vositalar
Ta‘limda kompyuterli ta‘lim konsepsiyasi deb nimaga aytiladi?
Download 43.42 Kb.
|
Pedagogik dasturiy vosita nima
19. Ta‘limda kompyuterli ta‘lim konsepsiyasi deb nimaga aytiladi?
Kompyuter vositalarining mustaqil ishni tashkil etish imkoniyatlari nuqtai nazaridan tahlil etilganida, uning interaktivligi, bevosita muloqot orqali о’quv rejasida kо’rsatilgan fanlar bо’yicha yaratilgan maxsus dasturiy ta‘minot yordamida talabalarga mustaqil bilim olish imkoniyatini yaratishi bilan alohida ahamiyat kasb etishi aniqlandi. Kompyuter vositasi talaba yoxud pedagog murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «muloqotga kiradi» va ular kompyuter ta‘limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan sanaladi. Kompyuterli о’qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati –о’qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan, yangi о’quv materiallarini tushuntirishda, takrorlashda, umumlashtirishda, talabalarning fan bо’yicha erishgan bilim, kо’nikma va malakalarini tekshirishda namoyon bо’ladi. Bunday jarayonlarda kompyuter talaba uchun turli vazifalarni, xususan pedagogik, ta‘lim vositasi, ta‘lim obekti, о’zaro muloqot hamkori kabi funksiyalarni bajaradi. Kompyuterning pedagogning ayrim vazifalarini bajarishi quyidagilarda kо’rinadi: о’quv axborotining manbai (pedagogni yoki darslikni qisman, ba‘zan tо’la о’rnini bosuvchi sifatida); kо’rgazmali qо’llanmalar (multimedia-telekommunikatsiya imkoniyati bо’lgan yangi sifat darajasida); individual axborot muhitining yaratilganligi; mashq qildirgich; talaba bilimi, kо’nikma va malakasini tashxisi va nazorati muhiti. Ta‘lim vositasi sifatida kompyuter quyidagicha namoyon bо’ladi: matnlarni tayyorlash va saqlash muhiti; matnlar muharriri; grafiklarni tuzuvchi va ularning muharriri; keng imkoniyatli hisoblash mashinasi (olingan natijalarni turli kо’rinishda ifoda etuvchi); modellashtirish vositasi. Kompyuter ta‘lim obekti sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi: dasturiy mahsulotlarni yaratish; turli axborot muhitidan foydalanish. Kompyuter va Internet yordamida keng auditoriya bilan bolanish va uning natijasi sifatida о’zaro muloqotlashuvchi hamkorlik muhiti yaratiladi Download 43.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling