Namoz-moʻminning-meʼrojidir pdf
Download 473,95 Kb. Pdf ko'rish
|
namoz-moʻminning-meʼrojidir
Tahajjud namozi
Bu namozning ozi 2, ko’pi 8 rakatdir. Alloh taolo bunday degan: “Kechasida tahajjud(namozi)qil, senga nofila bo’lur. Shoyadki,Robbing seni Maqomi mahmudda tiriltirsa” Ushbu oyat ila tahajjud namoziga targ’ib qilish Qur’onda kelgani eslatilmoqda. Kechasi bir uxlab turib o’qiladigan namoz “tahajjud namozi” deb ataladi. Shuningdek, bu namoz “qiyom namozi” deb ham ataladi. Avval boshida bu namoz vojib bo’lgan edi, bir yilchadan keyin vojibligi nasx qilingan. Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam:”Sizlarga kechaning qiyomi lozimdir. Chunki u sizlardan oldingi solihlarning odati. U Robbingizga qurbatdir, yomonliklarga kafforatdir, gunohlarni qaytaruvchidir”, dedilar”. Boshqa bir rivoyatda:”U jismdan dardni quvuvchidir”,ham deyilgan. (Termiziy,Ahmad,Hokim) Nafl namozlarining eng afzali tahajjud hisoblanadi. Chunki bu namoz hamma uxlab yotganda o’qilgani uchun riyodan uzoq,ixlosga yaqin bo’ladi. Izoh:Tahajjud xuftondan so’ng uxlab, kechaning ikkinchi yarmida bedor bo’lishdir. Uyg’onishiga ishonchi bo’lmasa, xufton namozidan keyin o’qib olsa ham joiz. Raddul muhtor sohiblari tahajjud namoziga:”Har bir xuftondan keyin o’qilgan namoz” deb ta’rif bergan. Afzali esa, bir uxlab turib o’qishdir. “Mo’minning me’roji” @manfaatlii Download 473,95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling