Namoz o’qish


Download 14.82 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi14.82 Kb.
#235219
Bog'liq
Namoz o'qish shartdir!!!


Namoz o’qish

Alloh Taolo aytganidek, albatta namoz o’qish zarur! Umrining oxirigacha namoz o’qib, musulmon bo’lib, musulmonga uylanib (agar qiz bola bo’lsa musulmonga turmushga chiqish), iloji boricha savob ish qilib, gunoh ish qilmasak, harom narsaga harakat qilmasak, Allohni zikr qilsak, g’iybat qilmasak, tavba qilsak, ro’za tutsak, Madina va kabaga borsak albatta jannatga tushamiz! Ammo bularning aksini qilsak albatta do’zzoxga tushamiz. Shuning uchun bularni aksini qilmaslik kerak! Namoz o’qishdan avval albatta tahorat olish kerak. Agar qandaydir sabab bo’lsa unda tayammum qilsak ham bo’ladi.



Tahorat quyidagicha qilinadi:

1.Tahorat olishga niyat qilinadi. Keyin esa “A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym” deyiladi.

2.Qo’llar bandigacha uch marta yuviladi. Barmoqda uzuk bo’lsa, qimirlatib, ostiga suv kirg’iziladi.

3. “A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym” deyiladi va o’ng qo’lda suv olinib, og’iz uch marta g’arg’ara qilib chayiladi va misvoq qilinadi.

4. “A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym” deyiladi va burunga o’ng qo’l bilan uch marta suv tortilib, chap qo’l bilan qoqib tashlanadi.

5. “A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym” deyiladi va yuz uch marta yuviladi.

6. “A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym” deyiladi va avval o’ng tirsaklar bilan qo’shib ishqalab yuviladi.

7.So’ngra chap tirsaklar bilan qo’shib ishqalab yuviladi.

8. “A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym” deyiladi va hovuchga suv olib, to’kib tashlab, ho’li bilan boshning hamma qismga masx tortiladi.

9.Ko’rsatkich barmoq bilan quloqlarning ichi, bosh barmoqlar bilan esa quloq orqasi masx qilinadi.

10.Ikkala kaftning orqasi bilan bo’yin masx qilinadi.

11. “A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym” deyiladi va chap qo’l bilan o’ng oyoqni oshiq (to’piq) bilan qo’shib va barmoqlar orasini (ishqalab) uch marta yuviladi.

12.Chap oyoq ham shu tarzda uch marta yuviladi.

Diqqat! Tirnoqlarga surilgan lak, teridagi har xil bo’yoqlar ketqazilmasdan olingan tahorat sahih (xaqiqiy) hisoblanmaydi. Tahorat olayotganda gapirmaslik, ehtiyochdan ortiq suv ishlatmaslik, ust-boshga suv sachramasligi kerak.

Payg’ambarimiz: “Kim tahorat qilib bo’lib:“Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu”, desa, unga jannatning sakkizta eshigi ochilib, xohlaganidan kiraveradi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Tahoratni buzadiganlar hollar:



  1. Badanning biror joyidan qon yohud yiring chiqib oqishi.

  2. Og’iz to’lib qusish.

  3. Kichik yo katta hojat.

  4. Yel chiqishi.

  5. Milk qonab, tupurganda tupuk rangining qizil bo’lishi.

  6. Hushdan ketish

  7. Namoz o’qib turib, yonidagi odam eshitadigan darajada kulish.

G’usl:

Uyquda ehtilom bo’lib qolinganida, jinsiy aloqadan keyin hamda ayollar hayz va nifoz holatidan chiqishgach, g’usl
Download 14.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling